Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 12:32

Aka-uka Azimovlarga metrodagi terakt ishi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi


Akram Azimov
Akram Azimov

Rossiyalik tergovchilar tomonidan Qirg‘izistonda tug‘ilib o‘sgan aka-uka Abror va Akrom Azimovlarga terrorizm va qurol saqlash bo‘yicha ayblov e’lon qilindi.

Akromni tergov avvalroq Sankt-Peterburgdagi metropolitenda 3 aprelda sodir bo‘lgan teraktning tashkilotchisi, deb atagan edi. Bu terakt natijasida 15 odam halok bo‘lgan.

"Mening himoyam ostidagilarga 205-modda (terrorizm) va 222-modda (qurol-yarog‘ va portlatgichlarni saqlash)" bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan, – dedi aka-ukalarning advokati Dmitriy Dinze.

Azimovlar Moskvada va Podmoskovyening Odinsovo tumanida ushlangan edilar. Akrom Azimov o‘zining teraktga aloqadorligini inkor qilgan. Aka-ukalarning onasi ham uning o‘g‘illari teraktga aloqasi yo‘qligini va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakillari Akromni kasalxonadan o‘g‘irlaganini ma’lum qilgan edi.

Abror Azimov
Abror Azimov

Biroq tergov ta’kidlashicha, Abror Azimov taxmin qilinayotgan hudkush Akbarjon Jalilov bilan yaqin aloqada bo‘lgan va teraktni tashkil qilishga pul to‘plash bilan shug‘ullangan. Uning akasi Akrom Azimov, tergovchilarning fikriga ko‘ra, "Rossiya Federatsiyasiga xalqaro terroristik tashkilot a’zolarining kirib kelishi uchun hujjatlarni soxtalashtirish bilan shug‘ullangan ", – deyiladi qamoqqa olish to‘g‘risidagi qarorda.

Aka-ukalar 2013 yilda RF fuqaroligidan mahrum qilingan. IIV aka-ukalarning o‘zi va ularning ota-onalari Rossiya fuqaroligiga ariza berishayotgan vaqtda o‘zlari to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot berishgani to‘g‘risida bayonot bergan.​

XS
SM
MD
LG