Линклар

Tramp Oq Uy xodimlari bilan bog‘liq yirik o‘zgarishlar qilmoqchi


Prezident Tramp AQShning Sitsiliya orolidagi aviabazasida nutq so‘zlamoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharq va Yevropaga to‘qqiz kunlik safaridan so‘ng Vashingtonga qaytdi. AQSh matbuotiga ko‘ra, u Oq Uyda ishlovchi xodimlar bilan bog‘liq yirik o‘zgarishlar qilishni rejalagan.

Prezident Tramp Italiyaning Sitsiliya viloyatida savdo-sotiq, terrorchilikka qarshi kurash va iqlim o‘zgarishining oldini olish masalalarini muhokama qilish uchun sanoatlashgan “Katta yettilik”ga (G-7) a’zo mamlakatlar rahbarlari bilan uchrashgandan so‘ng 27 may kuni poytaxtga qaytdi.

U birinchi xonim Melaniya bilan uni qarshi olarkan, savolga tutgan jurnalistlarga salomlashish ma’nosida qo‘l silkidiyu hech narsa demay, Oq Uyga kirib ketdi.

“Vashington Post”, “Nyu-York Tayms”, Reyter va boshqa OAVning xabar qilishicha, Tramp o‘zining prezident saylovoldi kampaniyasi va Rossiyaning 2016 yildagi AQShdagi saylovga aralashgani bilan bog‘liq tobora ko‘payib borayotgan masalalarga yechim topish uchun “operativ markaz” tashkil qilishni mo‘ljallamoqda.

Jurnalistlarga ko‘ra, taxminan, bir yil oldin kampaniya menejeri sifatida ishdan bo‘shatilgan, aslida kampaniya menejeri muovini bo‘lgan Kori Levandovski va bosh strateg Stiven Bennon “operativ markaz”ga rahbarlik qilishi mumkin.

Bundan tashqari, Oq Uyda ishlayotgan ishlovchi xodimlar bilan bog‘liq yirik o‘zgarishlar qilish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

OAV Rossiyaning saylovdagi roli va ta’siriga oid tergov Oq Uydagi Trampga eng yaqin kishilarni ham nishonga olgani to‘g‘risida xabar tarqatgach, xodimlar bilan bog‘liq yirik o‘zgarishlar qilish xususida gap-so‘zlar tarqaldi.

“Vashington Post” va “Nyu-York Tayms”ning xabar qilishicha, Trampning kuyovi va asosiy maslahatchisi Jared Kushner saylangan prezidentning 20 yanvar bo‘lib o‘tgan o‘z lavozimiga kirishish marosimidan oldin Moskva bilan maxfiy tarzda muloqot qilishga harakat qilgan.

26 may kuni Sitsiliyada bo‘lib o‘tgan matbuot konferensiyasida Oq Uy maslahatchilari H.R.MakMaster va G.Kon ushbu xabarga izoh berishdan bosh tortdi.

Oq Uy bundan ko‘ra Tramp “chin ma’noda tarixiy hafta” deb atagan ilk chet el safariga e’tibor qaratish kerakligini ta’kidladi.

G7 rahbarlari terrorchilikka qarshi kurashishda keyingi qadamlar qo‘yish borasida kelishuvga erishganini, savdo-sotiqqa xalaqit beruvchi amaliyotlardan voz kechish niyatida ekanini bildirdi.

Ammo Tramp havoga is gazini chiqarishni kamaytirish bo‘yicha 2015 yili Parijda imzolangan bitimda AQShning sodiq qolish-qolmasligi to‘g‘risida majburiyat olishdan bosh tortdi.

Sammit chog‘ida qabul qilingan kommyunikeda yettilikka a’zo qolgan mamlakatlar Parij bitimiga “og‘ishmay” amal qilishini yana bir karra ta’kidladi, ammo unda Qo‘shma shtatlar Parij bitimi va iqlim o‘zgarishi bo‘yicha “qoidalarni qayta o‘rganib chiqayotgani, ayni paytda ushbu masalada murosaga rozi bo‘lishga tayyor emasligi” qayd etildi.

Tramp chet elga ilk safarini Sitsiliyaning Sigonella aviabazasidagi AQSh harbiy xizmatchilari va oila a’zolari oldida rutq so‘zlash bilan yakunladi va safarini “chin ma’nodagi tarixiy hafta” deb atadi.

XS
SM
MD
LG