Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:07

Tojikiston kompaniyasi avtobus qatnovini qayta tiklash uchun Toshkentdan javob kutmoqda


Dushanbe shahridagi avtovokzal.
Dushanbe shahridagi avtovokzal.

Asian Express Terminal kompaniyasi Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida avtobus qatnovini tiklash borasidagi taklif yuzasidan Toshkentdan javob kutmoqda. Bu haqda kompaniya vakili Alijon Valiev bayonot berdi.

Valievning aytishicha, avtobus qatnovini tiklash borasidagi masala O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi vakillari bilan muhokama qilingan. Ijobiy javob bo‘lgan taqdirda shu yilning kuz oylarida Asian Express Terminal kompaniyasining avtobuslari Dushanbe-Toshkent-Dushanbe, Dushanbe-Samarqand-Dushanbe va Dushanbe-Buxoro-Dushanbe yo‘nalishlari bo‘yicha qatnay boshlaydi.

Valievning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston bilan avtobus qatnovlarining tiklanishi Tojikiston fuqarolarining Rossiyaga borishini engillashtiradi. Chunki, bugungi kunda kompaniya avtobuslari Rossiyaga Qirg‘iziston orqali boradi. O‘zbekiston bilan avtobus aloqasi tiklanganidan so‘ng, Rossiyaga boruvchi yo‘lovchilar soni ko‘payadi, deydi suhbatdosh.

2017 yilning 11 aprel kuni so‘nggi 25 yilda Dushanbe aeroportiga “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasiga tegishli samolyot qo‘ndi. 10 fevral kuni Tojikistonning «Somon Eyr» aviakompaniyasi samolyoti Toshkentga sinov tariqasida parvoz qilgan edi.

Vaziyatni o‘rgangan tomonlar, hozircha Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar faqat “O‘zbekiston havo yo‘llari” orqali amalga oshirilishiga kelishib oldilar.

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi avtobus qatnovlari va samolyot parvozlari Tojikistonda fuqarolar urushi boshlangan keyin, 1992 yilda to‘xtatilgan edi.

XS
SM
MD
LG