Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:00

Fransiya prezidenti Putin bilan so‘zlashuvlarda “qattiq turmoqchi”


Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Rossiya prezidenti Vladimir Putin
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Rossiya prezidenti Vladimir Putin

Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Parij tashqarisidagi Versal saroyida 29 may kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuv chog‘ida «talabchan» bo‘lishini aytdi.

7 may kuni yaqqol ustunlik bilan g‘alab qozongan Makron, “Rossiya bilan muzokara qilish zarur, chunki bir qancha xalqaro masalalarni ular bilan keskin muloqotsiz hal etib bo‘lmaydi”, dedi.

Ikki prezident muhokama qilishi kutilayotgan murakkab masalalar orasida Moskvaning Fransiya prezidenti sayloviga aralashgani gumon qilinayotgani, uning Suriyada davom etayotgan fuqarolar urushida prezident Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlayotgani, Ukrainaning ichki ishlariga aralashayotgani bor.

Makron uchrashuvni rus podshosi Buyuk Pyotrga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan mos tushishi uchun sobiq qirol saroyiga tayinladi. Prezidentlar uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 16:45 da boshlanishi belgilangan.

Gvenola Farman, Versal saroyi va Fransiya-Rossiya diplomatiya munosabatlari 300 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma mutasaddisi:

“Ko‘rgazma Buyuk Pyotrning ulkan portreti bilan ochilishini ko‘ramiz, chunki uning bo‘yi 2 metru 4 santimetr bo‘lgan. Bu uning bo‘yi barobar portretidir”.

“Men Rossiya [vakillari bilan] fikr almashayotganda talabni qattiq qo‘yaman», dedi Makron 27 may kuni. O‘sha kuni «Yettilar guruhi» (G7) rahbarlari, agar Ukrainadagi vaziyat o‘nglanmaydigan bo‘lsa, Moskvaga qarshi yangi choralar ko‘rishga kelishib oldi.

Makron “birlashgan Yevropa rahbarlaridan biri sifatida o‘zining yangi maqomini belgilab olish”ga intilmoqda, dedi Moskvadagi Siyosiy texnologiyalar markazining Fransiyada istiqomat qiluvchi tahlilchisi Tatyana Stanovaya “Doyche Velle” radiosiga.

Putin Fransiyaning eks prezidenti Fransua Olland bilan munosabatlari sovuq bo‘lgani sababli, yangi prezident, 39 yashar Makron bilan yangi aloqalar o‘rnatishni mo‘ljallamoqda.

64 yashar Putin Olland, men u bilan faqat Suriya masalasida muzokara qilish uchungina ko‘rishishni istayman, deganidan so‘ng oktabr oyidagi safarini bekor qilishga majbur bo‘lgan edi.

Fransiya prezidenti saylovi kampaniyasi vaqtida Putin xush ko‘rgan nomzod Marin Li Pen bilan kurashgan Makronning komandasi Rossiyani hakerlik hujumi uyushtirish va jamoatchilikni noto‘g‘ri axborot berish yo‘li bilan chalg‘itishda aybladi.

Makron komandasining aytishicha, Li Penga qarshi prezident saylovining ikkinchi turdan bir necha kun oldin saylov kampaniyasi vaqtida almashilgan va keyinchalik elektron pochtalarga buzib kirib o‘g‘irlangan minglab xabarlar Internetga sizdirildi. Bu ishni Rossiyaning harbiy razvedkasiga aloqador guruhga tegishli ayrim tahlilchilar amalga oshirgani gumon qilinmoqda.

Moskva saylovga aralashgani xususidagi iddaolarni rad etib keladi.

Ayni choqda mashhur “Hyuman Rayts Uotch” inson huquqlari xalqaro tashkiloti Makrondan Putin bilan uchrashuv chog‘ida inson huquqlari masalasini ko‘tarishni talab qilib chiqdi. Tashkilot vakillari Putinni siyosatidan norozi kishilarni jazolash, huquqni muhofaza qilish idoralarining o‘zboshimchaliklariga ko‘z yumayotganlikda ayblamoqda.

Kremlparast senator, Rossiya parlamenti yuqori palatasining xalqaro masalalar bo‘yicha mashhur so‘zlovchisi Aleksey Pushkov, Makron masalalarga “pragmatik” yondashadi, deb umid bildirdi.

XS
SM
MD
LG