Линклар

17 декабр 2017, Тошкент вақти: 01:38

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboev davlat rahbarining navbatdagi saylovi 15 oktabrda o‘tkazilishini aytdi. Saylovning yangi sanasi haqida prezident mamlakat Qurolli kuchlarining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda chiqishi davomida e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 15 oktabrda xalq yangi davlat rahbarini saylaydi. “So‘nggi oylar davomida men o‘tgan kunlarni eslab, prezident sifatida amalga oshirgan sa’y-harakatlarimni tahlil qilib kelyapman. Ollohga shukur! Uning marhamati bilan so‘nggi 5-6 yil ichida mamlakatni bezovta qilib kelgan ko‘p masalalar o‘z yechimini topdi”, - dedi Atamboev.

Prezident so‘nggi yillarda mamlakatning qo‘lga kiritilgan yutuqlarini sanab o‘tdi. “Birinchi navbatda, bu – o‘rnatilgan tinchlik va barqarorlik. Odamlarda uyg‘ongan ajdodlar ruhi va qudrati”, - deb ta’kidladi u.

Fevral oyida MSK raisi Nurjan Shayldabekova bilan uchrashuvi davomida Atamboev Konstitutsiyaga binoan saylov 19 noyabrda bo‘lib o‘tishi haqida aytgan.

Keyinroq «Ata Meken» parlament fraksiyasi saylov noyabrning oxirida o‘tkazilgan taqdirda bu Konstitutsiyaning o‘zini buzish hisoblanishi deya izohlab, saylovni avgustda o‘tkazishni taklif qilgan.
Davlat rahbari navbatdagi saylovining sanasi hali tasdiqlanmadi.

Parlament saylov sanasining noyabrning uchinchi yakshanbasidan oktabrning uchinchi yakshanbasiga o‘zgartirilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu yil u 15 oktabrga to‘g‘ri kelmoqda.

XS
SM
MD
LG