Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:09

Karimov bergan tomorqaga qurilgan uylarni Ishtixon hokimi uch kunda buzmoqchi


Ishtixon hokimi uylarni uch kunda buzmoqchi
Ishtixon hokimi uylarni uch kunda buzmoqchi

Samarqand viloyati Ishtixon tumani hokimi Yangikkent qishloq fuqarolar yig‘ini Chillikchi qishlog‘ida yashovchi 8 xo‘jalikka uy-joylarini buzib tashlash uchun 3 kun muhlat berdi. Tuman hokimi Ozodlik bilan suhbatda mazkur xo‘jaliklar egalarini davlat yerlarini noqonuniy o‘zlashtirib olganlikda aybladi. Uylari buzilishi kutilayotgan odamlarning ba’zilari Ozodlikka umuman boshpanasiz qolishlari mumkinligini aytadi.

Sud hukmi

26 may kuni Ishtixon hokimi, prokurori, ichki ishlar idorasi boshlig‘i va sud ijrochilari nazorati ostida sakkizta xo‘jalikka qarashli tomorqalarda qurilgan poydevorlar va molxonalar buzib tashlangan.​

Uylari buzib tashlanishi mumkinligidan xavotirga tushgan Chillikchilikning Ozodlikka Telegram orqali yuborgan videotasvirlarda buldozer va ekskavator vositasida ayrim tomorqalarda qurilgan poydevorlar buzib tashlanayotganini ko‘rish mumkin.

Иштихонда "ноқонуний" томорқалар бузиб ташланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:31 0:00

"2017 yil 26 - may kuni tuman hokimi Shuhrat Negmatov boshchiligida tuman prokurori, IIB boshlig‘i va 20 dan ortiq IIB xodimlari bilan kelishib, biz fuqarolarning uyimizni ekskavator bilan buzib boshladi. Fuqarolar tuman hokimidan uy-joylarni buzmaslikni iltimos qilganida,u “oyog‘imga bosh urib, “ota”, deb yolvorsalaring ham baribir uylaringni buzaman,” deb turib oldi,” – deb yozadi uyi poydevori buzib tashlangan Chilikkchi yashovchisi.

Ammo, Ishtixon tumani hokimi Shuhrat Negmatov "noqonuniy" tomorqalarni buzish tuman xo‘jalik sudi qarori asosida amalga oshirilganini aytdi.

- Endi bu bilan sud ijro departamenti shug‘ullanayapti. O‘sha yerda sudning qarori bor. O‘sha qarorning asosida noqonuniy qurilgani uchun buzilayapti, - dedi Shuhrat Negmatov.

Hokim so‘zlarini tasdiqlagan xo‘jalik sudi vakili tomorqalarda noqonuniy qurilgan binolarni buzish qarori shu yil fevral oyida olinganini aytdi.

Unga ko‘ra, sud ishi tuman fermer xo‘jaliklari uyushmasi arizasi asosida ko‘rib chiqilgan.

"Bu davlatga qarashli ekin yerlari. Bu yerlar 90-yillar oxirida fermer xo‘jaliklarida ishlagan odamlarga tomorqa sifatida foydalanish uchun vaqtincha berilgan. Lekin, odamlar hech narsa qilmaydi, deb, o‘zlariga uy-joy, molxonayu, tovuqxona qurib olishgan. Fermer xo‘jaliklari arizasi asosida sud bu tomorqalarni buzish haqida qaror chiqardi," dedi sud vakili.

“Boshpanasiz qolamiz”

Ismi sir qolish sharti bilan Ozodlikka gapirgan chillikchiliklardan biri agar uyi buzib tashlansa, boshpanasiz qolishini aytdi.

"O‘n yildan ko‘proq bo‘ldi bu yerda uy qurganimga. Buzib tashlashsa, boshpanasiz qolamiz. Qaerga borishimizni ham bilmaymiz," – dedi u.

Biroq, Ishtixon tuman hokimi, Shuhrat Negmatov, uylari buzilishi kerak bo‘lgan xo‘jaliklarga uylarning tomlari va qurilish mollarini olib ketishga izn berilganini bildirdi.

- Ularning hammasida joyi bor. Lekin ular kelib, fermerning yerlarini noqonuniy egallab olgan, fermer bundan norozi bo‘lib sudga bergan. Sud qaror chiqargan. Buni sud ijro departamentidan so‘rash kerak. Buzishga majburmiz, - dedi Ishtixon tuman hokimi.

U bergan muhlat muddati 30 may kuni tugashi kutilmoqda.

Tomorqadan foydalanish

Tomorqa maydonlari qishloq aholisiga O‘zbekiston prezidentining aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1992 yil 3 iyulda qabul qilgan qaroriga ko‘ra, ilk bor dehqon xo‘jaliklarida mehnat qiluvchilarga 10 so‘tixdan taqsimlab berilgan edi.

Unga ko‘ra, ​dehqon xo‘jaliklariga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboylash ob’ekti bo‘lishi mumkin emas.

O‘zbekistonda aholiga tomorqa sifatida berilgan yerlarning hokimlar tomonidan tortib olinishi so‘nggi yillarda kuchaydi.

24-may kuni Buxoro viloyati Olot tumani hokimi Sherali Salomov¸ tuman prokuraturasi¸ ichki ishlar bo‘limi rahbar va xodimlari bilan birga aholining o‘n yillardan beri foydalanib kelgan tomorqa erlarini hokimlik balansiga o‘tkazishga kirishgan edi.

XS
SM
MD
LG