Линклар

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 27 may kuni bo‘lib o‘tgan 10- yalpi majlisida mamlakat konstitutsiyasining to‘rtta moddasiga o‘zgartish kiritildi.

Senat.uz saytida e’lon qilingan xabarga ko‘ra¸ O‘zbekiston asosiy qomusining 80¸ 93¸ 108 va 109-moddalari o‘zgartirilgan.

80-moddasiga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra¸ prezident taqdimiga binoan Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisini tayinlash hamda uni lavozimidan ozod etish, shuningdek Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi hisobotini eshitish Oliy Majlis Senati vakolatlaridan chiqarildi.

93-moddaga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq “Konstitutsiyaviy sud O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati tomonidan Sudьyalar oliy kengashi tavsiya etgan shaxslar orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakilini qo‘shgan holda saylanadi”.

Konstitutsiyaning 108 va 109-moddalariga kiritilayotgan tuzatishlar¸ Senat xabarida ëzilishicha¸”konstitutsiyaviy qonunlarning, xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarning imzolanguniga qadar Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish, Oliy sudning muayyan ishda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatlarini ko‘rib chiqish, shuningdek har yili Oliy Majlis palatalariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida axborot taqdim etish borasidagi Konstitutsiyaviy sudning vakolatlarini kengaytirish”ni nazarda tutadi.

Bu o‘zgartishlar¸ rasmiy xabarlarda qayd etilishicha¸ mamlakatdagi demokratik jarayonlarni “yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”.

XS
SM
MD
LG