Линклар

17 декабр 2017, Тошкент вақти: 17:01

Toshkent shahridagi restoran va kafelar iftorlik o‘tkazish uchun cheklanmagan miqdorda buyurtma qabul qilmoqda. Aytilishicha¸ joriy ramazonda avvalgi yillardagi kabi kafe-restoranlarda iftorlik o‘tkazishga qat’iy taqiq qo‘yilmagan. Ayni paytda¸ diniy idora mas’ullari iftorlikni jamoat joylarida emas, xonadonlarda o‘tkazishni maslahat bermoqda.

Oshxonalar saharlik berayapti

Toshkentlik ro‘zador Toshbek¸ bu yil ramazon oyida poytaxtdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarida ro‘zadorlarga turli xil xizmatlar ko‘rsatish tarmog‘i ancha kengayganini aytadi:

- Bu yilgi Ramazon oyida ancha o‘zgarishlar bor. Avvalgi yillarda kechasi bilan ishlab, ro‘zadorlarga saharlik taom tayyorlaydigan shoxobchalar yo‘q edi. Ular uzog‘i bilan soat 11 kechasi yopilardi. Hozir esa, saharlik uchun osh va boshqa taomlarni yarim kechasi ham sotib olishingiz mumkin, deydi Toshbek.

O‘zbekistonda iftorga taklif
O‘zbekistonda iftorga taklif

Bu yil restoran va kafelar iftorlikka buyurtma olayapti

Suhbatdosh, kafe va restoranlarning iftorlik o‘tkazishga buyurtma qabul qilayotganini bu yilgi "ikkinchi yangilik" deb atadi:

- Hozir kafe va restoranlar iftorlik uchun zakaz olishayapti. O‘tgan yil bu umuman taqiqlangan edi. Bonuslik iftorlik menyulari paydo bo‘layapti. Bu bonuslarda suv, xurmo, uzum, yoki tarvuz kabi mevalar tekinga berilishi yozilgan, deydi Toshbek.

Toshkentdagi Ozodlik bog‘langan bir necha kafe xizmatchilari iftorlik uchun cheklanmagan miqdorda buyurtma qabul qilishga tayërliklarini bildirdi:

- Yuz kishigacha odamga buyurtma qabul qila olamiz, suyuq va quyuqlari bilan taomlar bo‘ladi, dedi Sirg‘ali dahasidagi kafelardan birining boshqaruvchisi.

O‘zbekistonda iftorga taklif
O‘zbekistonda iftorga taklif

Bolalar hali ham masjidga qo‘yilmayapti

Ozodlik suhbatlashgan namozxonlar¸ bu yilgi ramazonda ham bolalarning juma va taroveh namozlariga qo‘yilmayotgani bildirdi.

“Bu sohada hech qanday o‘zgarish bo‘lmadi. Bolalar masjidlarga kiritilmayapti. Avvalgiday eshik oldida ularni qaytaradigan “qorovullar” turibdi”, dedi toshkentlik namozxonlardan biri.

Suhbatdosh, shuningdek, masjidlarda iftorlik berish taqiqlanganicha qolaëtganini qo‘shimcha qildi.

O‘zbekistonda iftorga taklif
O‘zbekistonda iftorga taklif

“Masjid ovqat yeyish uchun emas, ibodat uchun bino qilingan!”

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur Ozodlik bilan suhbatda, iftorliklarni kafe va restoranlardan ko‘ra, xonadonlarda o‘tkazish har tomonlama qulay, degan fikrni aytdi:

- Iftorliklarni to‘yxonalarda qilish bir qancha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Birinchidan, hozir odamlarda mashina ko‘p, iftordan chiqib tirband bo‘lib, masjidga yetib olish qiyin bo‘ladi. Ikkinchidan, iftorlikka chaqirilganlar orasida parhez taom yeydiganlar ko‘p bo‘ladi. Ular xafa bo‘lib qolmasligingiz uchun¸ majbur siz qo‘ygan ovqatni yeydi va kasal bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun, biz iftorliklarni xonadonlarda qilinglar¸ deb maslahat berayapmiz. Masjidlarda iftorlik qilish ham ortiqcha narsa. Masjid ovqat yeyish uchun emas, balki ibodat uchun bino qilingan, dedi shayx Abdulaziz Mansur 30 may kuni Ozodlik muxbiri bilan suhbatda.

Diniy idora mulozimi bolalarning juma va taroveh namozlariga qo‘yilmayotganini tasdiqladi:

- Yaxshi ishlar boshlanayaptiku, Xudo xohlasa¸ bunga ham sekin yetib boramiz. Hozir prezidentimiz o‘zlari “yosh bolaga yoshligidan islom dinini va uning boshqa dinlardan farqini o‘rgatib borishimiz kerak”, deyapti. Hozir shunga dinshunoslik bo‘yicha darsliklar, qo‘llanmalar tayyorlanayapti. Hammasi asta-sekin yaxshi bo‘ladi, dedi O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari¸ shayx Abdulaziz Mansur.

XS
SM
MD
LG