Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:33

Ravon Nexia Qozog‘istonda ham yig‘ila boshlandi


GM Uzbekistan va AllurGroup Qozog‘istonning Qo‘stanay viloyatidagi "SariarkaAvtoProm"shirkati bazasida Ravon Nexia R3 avtomobilini yig‘ish ishlarini boshladi. “Birinchi yilda Qozog‘iston avtozavodida 3000 dona shu rusumdagi mashina ishlab chiqariladi”¸ deyiladi bu haqda AllurGroup kompaniyasi e’lon qilgan bayonotda.

AllurGroup shirkati rasmiy saytida e’lon qilingan ma’lumotda aytilishicha, Ravon brendining Qozog‘istondagi rasmiy distribyuteri “UzAvtoAziya” hisoblanadi. Bu shirkat AllurAuto avtomarkazlari vositachiligida savdo yuritadi.

Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan avtomashinalarni imtiyozli kreditlar dasturi bo‘yicha xarid qilish mumkin bo‘ladi.

“Loyihada¸ birinchi yilda Qozog‘iston avtozavodida 3000 dona shu rusumdagi mashina ishlab chiqarib¸ bora-bora bu raqamni 7000 ga yetkazish ko‘zda tutiladi”¸ deyiladi bu haqda AllurGroup kompaniyasi e’lon qilgan bayonotda.

O‘zbek avtomobillarini yig‘ish Qozog‘istonda ham yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risidagi birinchi axborot Toshkentda 23 fevral kuni o‘tgan O‘zbekiston-Qozog‘iston davlatlararo iqtisodiy hamkorlik komissiyasining 16-yig‘ilishidan so‘ng paydo bo‘lgan edi.

“SariarkaAvtoProm” ta’sischisi bo‘lgan Allur Group shirkati direktorlar kengashi raisi Andrey Lavrentyev yig‘ilishda: “Hozirda barcha sinov ishlari yakunlandi. Ayni paytda GM Korea shirkati bilan lizentsiya shartnomasini imzolash uchun xulosani kutayapmiz”,- deb aytgan edi.

O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov O‘zbekiston va Qozog‘iston iqtisodiy hamkorlik komissiyasining 16 -yig‘ilishida Qozog‘istonda JV MAN Avto Uzbekistan ishlab chiqarayotgan yuk mashinalarini hamda "SamAvto" avtobuslarini ham yig‘ish masalasi o‘rganilayotganini aytgan.

Qozog‘istonda o‘zbek avtomobillarini yig‘ish korxonasini tashkil etish masalasi ikkinchi marta O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning 22-23 mart kunlari Ostonaga tashrifi davomida prezident Nursulton Nazarboev bilan o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida muhokama qilingan edi.

Xabarlarga qaraganda, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro iqtisodiy hamkorlik va o‘zaro savdo aylanmasi hajmini 5 milliard dollarga yetkazish yo‘nalishida ishlamoqchi. Bugungi kunda ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 3 milliard dollarni tashkil qiladi.

XS
SM
MD
LG