Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:54

Yangi Fasl? Yoki Viloyat hokimlari “yuzi ochilmoqda”


Kun. uz sayti muxbiri Xurshid Daliev
Kun. uz sayti muxbiri Xurshid Daliev

2017 ning yakuniga yetgan bahori davomida O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida ham ko‘klam isi ufurganday bo‘ldi: viloyat hokimlari mamlakat miqyosida videosuhbatlar bera boshladi.

Xususan, kun.uz sayti “Ochiq muloqot” loyihasi doirasida Andijon, Buxoro va Namangan viloyatlari hokimlari bilan suhbatlar o‘tkazdi.

Bu suhbatlardan nafaqat har bir viloyatning xos yoki barcha viloyatlar uchun mushtarak muammolar, balki hokimlar korpusi vakillarining shaxsi, ularning dunyoqarashi, hayotiy prinsiplari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish mumkin.

Ozodlik hokimlarning suhbatdoshi bilan suhbatlashdi

Viloyat hokimlari ilgari, balki, viloyat matbuoti va televideniesida ko‘rinish berib yurgandir, lekin mamlakat miqyosida ko‘rinmas kishilar edi. Ularni intervyuga ko‘ndirish qiyin bo‘lmadimi? Beriladigan savollar oldindan kelishib olindimi yoki bunday shart qo‘yilmadimi?

Shu va boshqa savollarini Ozodlik hokimlar bilan suhbatlashgan kun.uz muxbiri Xurshid Dalievga berdi:

Журналист Хуршид Далиев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:21 0:00
Бевосита линк

PRsimon suhbatlarda ko‘tarilgan mahalliy muammolar

Kun.uz ning viloyat hokimlari bilan o‘tkazgan suhbatlari xalqni qiynayotgan savollar javobini topishga urinishdan ko‘ra, hokimlarning piari sifatida tasavvur qoldiradi.

Balki, O‘zbekiston sharoitida yillar davomida bunday muloqotga kirishmagan har ikki tomon: jurnalist va hokim uchun suhbatning shunday yumshoq shakli tabiiydir.

Lekin, nima bo‘lganda ham, namanganliklar o‘zlarini qiynayotgan ba’zi savollarga o‘zlari yashayotgan viloyat hokimidan javoblar oldi.

Masalan, Xayrullo Bozorov Namangan shahrida ko‘chalaridagi tirbandlikni tan olar ekan, bunday degan:

“Sababi avtobuslarimiz yo‘q edi. Odamlarimizni tashishda faqat “Damas”larga tayanib qolgandik. Shaharda juda ko‘plab bunday mashinalar yurishi oqibatida ko‘chalarda harakatlanish qiyin bo‘lib qolgandi. Lekin bugungi kunga kelib 200 taga yaqin avtobus oldik. Yana 70 avtobus olishimiz kerak. Bu orqali shunday muammolar bartaraf etiladi”.

Ozodlik tinglovchisidan hokimning javobiga savol

Namangan shahrida yashovchi 30 yashar Shokirxon 31 may kuni Ozodlik orqali viloyat hokimiga bermoqchi bo‘lgan savollar orasida shu masala ham bor edi.

- Shaharning Sardoba mavzeida tirbandlik jonga tegdi. Shunga barham berishni hokimdan so‘ragan bo‘lardim, -dedi Shokirxon.

Suhbatlarda hokimlar tan olgan mushtarak muammolar

Kun.uz Namangan viloyat hokimi Xayrulla Bozorov bilan may oyida o‘tkazilgan suhbatdan oldin fevralda Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov bilan, martda Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoev bilan suhbatlashgan edi.

Uchchala hokim ham Ozodlik yillardan buyon aytib kelayotgan energiya va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni tan oldi.

Namangan viloyat hokimi Xayrulla Bozorov:

“Bu ko‘plab aholimizning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan masala. Ayniqsa elektr energiyasi sohasida muammolar qishki mavsumda bor”.

Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov:

“Qish kelishi bilan odamlar orasida bir gap aylanishni boshlaydi: “Ana davlat chiroqni o‘chiryapti, ana hokim u qilyapti, bu qilyapti”. Bir savol o‘rtaga chiqadi: hokimga chiroqni o‘chirishdan nima foyda? Imkon bo‘lsa, odamlarning elektr ta’minotini 24 soat qilib qo‘ysak, gazi va ichimlik suvini yaxshilasak, o‘zimizga foyda emasmi?”

Buxoro viloyat hokimi O‘ktam Barnoev:

“Ushbu lavozimda faoliyat yuritayotganimga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsa-da, tumandagi barcha faollar va tadbirkorlar bilan uchrashib chiqdim. Bu uchrashuvlarda ko‘rinib qoldiki, asosiy muammo elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti masalasi ekanligi ma’lum bo‘lyapti”.

Namangan viloyat hokimining va’dasi

Kun.uzga bergan suhbatlari davomida viloyat hokimlari qator va’dalar ham berdi. Xususan, Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov energiya taqchilligini nazarda tutib, bunday dedi:

“Bu masalaning yechimi, ertami-kechmi, baribir topiladi. To‘raqo‘rg‘on tumanida qiymati 1 mlrd 100 mln dollarlik issiqlik elektr stansiyasi qurilishi boshlandi. U 970 megavattgacha elektr quvvati ishlab chiqarishi mumkin. 2019 yilning Navro‘z bayramiga 450 megavattli bosqichi, 2020 yilning boshlarida to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu IESning ishga tushirilishi butun vodiyning elektrga bo‘lgan ta’minotini to‘liq qoplab berishi mumkin”.

Ozodlik tinglovchisining hokimning javoblaridan biriga savoli

Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashaydigan Xamidilloning Ozodlikka aytishicha, 31 may kuni uning uyida gaz yo‘q edi.

“Gaz yo‘qligiga ancha bo‘ldi. Bundan tashqari suvimiz ham yo‘q. Suvni 1 km uzoqlikdagi vodoprovoddan tashib ichayapmiz. Hokimdan shuni so‘ragan bo‘lardim”, dedi Xamidillo.

“Hashar – elga yarashar”?

Kun.uz o‘tkazayotgan suhbatlardan hokimlar korpusi vakillarining shaxsi, ularning dunyoqarashi, hayotiy prinsiplari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish mumkin.

Masalan, Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov muxbirning aholi shikoyatlariga tayanib, majburiy hasharlar to‘g‘risida bergan savoliga javoban “Hashar – elga yarashar”, dedi. Katta Farg‘ona kanali qurilishini fikriga quvvat qilib keltirdi.

XS
SM
MD
LG