Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:10

OzodDayjest: Toshkentdagi tungi klublar fohishalarning xufiya maskaniga aylangan


Toshkentda “qo‘shmachilar va fohishalar maskani” bo‘lgan tungi klublarni yopish so‘ralmoqda. Militsiyaga ishga kirmoqchi bo‘lgan sportchi qizdan 2500 dollar talab qilindi. Masjid yaqinidagi jinoyat kuzatuv kamerasi yordamida fosh etildi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

_____________________________________________________________

Toshkentda fahsh maskaniga aylangan tungi klublarni yopish taklif etildi

Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan tungi klublar qo‘shmachilar va fohishalarning xufiya maskani bo‘lib qolmoqda (“Hurriyat”, 31 may). Gazeta muxbiri shahardagi “Pandora”, “Legion”, “Yaguar” kabi tungi klublarida o‘tkazgan tekshiruvlariga tayanib shunday xulosaga kelgan. Qayd etilishicha, tungi klublarda hayoli deya maqtaladigan ayrim o‘zbek qizlari iffat pardasiga tupurib, ming bir hunar ko‘rsatmoqda. “Klubda uch soatdan ziyodroq vaqtimni o‘tkazgan bo‘lsam, shu vaqt oralig‘ida ko‘p voqealar guvohiga aylandim. Agarda ularni boricha yozadigan bo‘lsam, qalam uchi sinib, qog‘oz yirtiladi”, deya ta’kidlaydi muallif. Maqolada aytilishicha, bunday hol Chilonzor tumanidagi “Don”, “Dinara”, “Black star”, Yunusobod tumanidagi “Tet a tet”, “Reles”, Yashnobod tumanidagi “777”, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Shambala”, “Alis” kabi tungi klublarga ham xos. Shu sababli bu borada nazoratni kuchaytirib, fohishalik bilan shug‘ullanayotgan klublar faoliyatiga chek qo‘yish lozim.

“Mushuk ham tekinga oftobga chiqmaydi, IIBga ishga kirish uchun 2500 dollar berasiz!”

Navoiy viloyati yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining sobiq xodimi ichki ishlar idorasiga ishga kirmoqchi bo‘lgan sportchi qizdan 2500 dollar pul talab qildi (“Postda”, 27 may). Ismi oshkor etilmagan sobiq xodim bugungi zamonda mushuk tekinga oftobga chiqmasligi, bu pulni boshqarmadagi tanishlariga berishini aytgan. Hujjatlarini IIB kadrlar bo‘limiga topshirib, dastlabki imtihonlarni topshirgan sportchi qiz dastlab pora orqali bo‘lsa-da, tezroq ishga kirishni mo‘ljallagan. Keyinroq niyatidan qaytib, huquq idorasiga pul talab qilinayotgani haqida xabar bergan. IIBning sobiq xodimi talabgor sportchi qizdan pul olayotganda qo‘lga tushirilgan.

Masjidga kelgan namozxonning mashinasiga o‘g‘irlab ket gan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi “Hamd” jome masjidiga kelgan Shokir Ahmadjonovning “Spark” mashinasi o‘g‘irlab ketilgan (“Huquq”, 1 iyun). Aybdorlarni topishda esa masjid hududiga o‘rnatilgan kamera asqotgan. Kamera yozuvlari ko‘zdan kechirilganda ikki yigit kalit tanlash yo‘li bilan mashinani ochib, olib qochib ketgani aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu jinoyatni 2000 yilda tug‘ilgan Abdusaxiy Sultonov voyaga etmagan ukasi Abdusalom bilan sodir etgan. Zangiota tumani prokurori Baxtiyor Babadjanovga ko‘ra, keyingi paytlarda bir qator jinoyatlar kuzatuv kameralari yordamida fosh etilmoqda.

XS
SM
MD
LG