Линклар

12 декабр 2017, Тошкент вақти: 23:02

O‘zbekiston Oliy sudi raisi lavozimiga Kozimjon Komilovnisaylash to‘g‘risidagi qarorni Oliy Majlis Senati 27 mayda qabul qilgan edi.

Oliy xo‘jalik sudi raisi lavozimida ishlab kelgan Kozimjon Komilov Oliy sud raisi sifatida Shoyunus G‘ozievning o‘rnini egalladi.

Prezident Mirziyoev 21 fevralda imzolagan farmonga binoan Oliy sud va Oliy xo‘jalik sudi birlashtirilib, yangi formatdagi Oliy sudga fuqarolik, jinoiy, ma’muriy hamda iqtisodiy masalalar bo‘yicha barcha ishlarni ko‘rish vakolati berildi.

Uzmetronom sayti o‘z faoliyatini 1 iyunda boshlagan yangi Oliy sud raisi lavozimiga qanday odam kelganiga o‘z o‘quvchilari e’tiborini qaratdi.

Saytning iddaosicha, Kozim Komilov vakolatlari kengaytirilgan Oliy sud raisligi uchun maqbul nomzod emas edi. Sayt xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning o‘zaro bahslarini hal qilishga ixtisoslashgan yuristlarning aytganlariga tayanib, bunday yozdi: “Ularning fikricha, K. Komilov Oliy xo‘jalik sudi raisi bo‘lib turgan paytda bu suddagi ishlarni ko‘rish kim oshdi savdosiga o‘xshab ketar, kim ko‘proq uzatsa, o‘sha yutar edi”.

Hajmi ancha katta maqolasini yakunlar ekan,Uzmetronom sayti mana bunday xulosa qilgan: “Agar mamlakat chindan ham mustaqil sudlov hokimiyatini qurishga va korruptsiyani tag-tomiri bilan qo‘porishga intilayotgan bo‘lsa, tayinlangan yangi oliy qozi O‘zbekiston uchun shu bugun zarur bo‘lgan odam emas”.

XS
SM
MD
LG