Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:04

"Husan Chayka" velosipedda endi Hajga yo‘l oldi


"Husan Chayka" laqabi bilan tanilgan o‘zbekistonlik nafaqaxo‘r Husan Hojiboev Ozodlik bilan suhbatda 2 iyun kuni Namanganning Chortoq tumanidan Haj safariga velosipedda yo‘lga chiqqanini aytdi. 75 yoshli Husan bobo uchun bu ilk Haj safaridir. U yakka o‘zi o‘tgan yili prezident Islom Karimovning Samarqanddagi qabrini ziyorat qilgan paytda sovg‘a sifatida olgan velosipedida kuniga 200 kilometr yo‘l bosib, bir yarim oy ichida Saudiya Arabistonining Makka shahriga yetib olish niyatida.

2 iyul kuni saharda Chortoqdagi uyidan velosipedda Hajga yo‘lga chiqqan Husan ota peshinga yaqin Toshkent viloyatining Angren shahriga etib kelganini aytdi.

- Angren, Ohangaronga buriladigan yo‘ldagi patir bozoridaman, tushlik qilib turibman hozir. Bugun kechga yaqin Ohangaronga borib samovarning (choyxona -tahr.) qorovulxonasida tunayman. O‘sha yerda birodarim bor. Ertaga sahar 4 da yana dalshe ketaman”, - dedi Husan Hojiboev Ozodlik muxbiriga.

Masofa 5 ming kilometr, tezlik soatiga 20 kilometr

O‘zbekistondan Hajga eltuvchi yo‘l Turkmaniston, Eron, Iroq orqali o‘tadi.

Uzoq yillar haydovchi bo‘lib ishlagan Husan bobo Saudiya Arabistoniga eltuvchi bu yo‘lni qiyinchiliklarsiz bosib o‘tishiga ishonishini aytadi.

- Buxorodan Turkmanistonga o‘taman. U yerdan Eronga, keyin Iroq. 29 may kuni Vazirlar Mahkamasida suhbatda bo‘ldim. Ularning ruhsatini oldim. Vizalarni ham oldim. Meni o‘zim shofyor bo‘lganman, to‘rtta kategoriyam bor. Hayotimni 31 yili yo‘lda o‘tgan. Yo‘lni yaxshi bilaman. Sabr-qanoat bilan shu yo‘lni velosipedda bosib o‘tamiz-da. O‘zimga ishonchim bor, ishonchim bo‘lmasa chiqmas edim, - deydi Husan bobo.

Hajga velosipedda yo‘lga chiqqan nafaqaxo‘r yo‘lda tanish-notanish odamlarning uyida yoki ochiq osmon ostida tunab qolishni rejalagan.
Hajga velosipedda yo‘lga chiqqan nafaqaxo‘r yo‘lda tanish-notanish odamlarning uyida yoki ochiq osmon ostida tunab qolishni rejalagan.

Hajga velosipedda yo‘lga chiqqan nafaqaxo‘r yo‘lda tanish-notanish odamlarning uyida yoki ochiq osmon ostida tunab qolishni rejalagan.

Nega velosipedda Hajga yo‘lga chiqdingiz, degan savolga Husan Hojiboev:

“Velosipedda borishdan maqsad, birinchidan, Haj ziyorati harajatlarini oilam ko‘tarolmaydi. Ikkinchidan, mening bobom ham o‘tgan asrning boshlarida Hajga piyoda borgan ekanlar-da. Shuning uchun men velosipedimda ketyapman”, - deb javob qildi.

"Ҳусан Чайка" лақаби билан танилган ўзбекистонлик Ҳусан Ҳожибоев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:48 0:00
Бевосита линк

"Kichik haj"dan endi kattasiga

Husan bobo velosipedda birinchi marta uzoq safarga chiqayotgani yo‘q. U o‘tgan yil sentabr oyida Chortoqdan Samarqandgacha bo‘lgan 520 km yo‘lni velosipedda bosib, prezident Islom Karimovning qabrini ziyorat qilib qaytgan edi.

Husan boboning Samarqandga velosipedda qilgan ziyoratidan so‘ng bir guruh entuziastlar pul yig‘ib, unga yangi velosiped sovg‘a qilishgandi.
Husan boboning Samarqandga velosipedda qilgan ziyoratidan so‘ng bir guruh entuziastlar pul yig‘ib, unga yangi velosiped sovg‘a qilishgandi.

Husan Hojiboevning ziyorati to‘g‘risidagi Ozodlik xabarini o‘nlab Internet nashrlar ko‘chirib bosganidan so‘ng, oqsoqol mashhur bo‘lib ketdi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Husan boboning Samarqandga velosipedda qilgan ziyoratini “kichik haj”ga tenglashtirganlar bo‘ldi.

Bir guruh entuziastlar pul yig‘ib, u kishiga yangi velosiped sovg‘a qilishgandi.

- O‘tgan yil “Ozodlik” kampaniyasi tufayli olgan birinchi klass velosipedimda mana Hajga ketyapman. Karimovni qabriga borgan eski velosipedimni muzeyga olib qo‘yishgan. O‘rniga buni sovg‘a qilishdi”, - deydi Husan bobo.

Husan Hojiboev Hajga velosipedda yo‘l olgan ilk o‘zbekistonlik emas. Yetti yil avval toshkentlik nafaqaxo‘r Abdusattor O‘rmonov Hajga velosipedda borgan edi.

Xajga velosipedda borgan toshkentlik nafaqaxo‘r Abdusattor O‘rmonov.
Xajga velosipedda borgan toshkentlik nafaqaxo‘r Abdusattor O‘rmonov.

Yetti marta Hajni ziyorat qilgan 65 yoshli Abdusattor ota to‘rt yil avval rafiqasi bilan mototsiklda Hajga borgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

Namanganlik Husanboboni Hajdan qanday qaytish hozircha uncha o‘ylantirmaydi.

- Hajga borib olsam bo‘ldi. Qaytish bir gap bo‘lar. O‘zbekiston elchixonasi yordam qilsa samolyotda qaytaman. Yordam qilmasa velosipedda qaytaveraman, - deydi Husan Hojiboev.

XS
SM
MD
LG