Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:08

Toshkentda yashagan mashhur rassomlar ijodxonasini buzish ishlari vaqtincha to‘xtatildi


Toshkentdagi Rassomlar uyi buzilmoqda
Toshkentdagi Rassomlar uyi buzilmoqda

Toshkent metrosining "Buyuk Ipak yo‘li" bekatini Qurolli kuchlar muzeyi bilan bog‘laydigan Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasiga yondosh Musavvirlar ko‘chasida joylashgan Rassomlar uyini buzish vaqtincha to‘xtatilgani ma’lum bo‘ldi.

Pishiq g‘ishtdan qurilgan ikki qavatli bino - Rassomlar uyida o‘nga yaqin rassomning, jumladan O‘zbekiston xalq rassomi, marhum Ne’mat Qo‘ziboevning ustaxonasi bor.

Тошкентдаги рассомлар устахонаси бузиб ташланиши мумкин
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:09 0:00

Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi mulozimining aytishicha¸ taniqli rassomlar ijod qilgan ustaxonalarni buzish jaraëni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlar uyushmasi talabidan keyin vaqtincha to‘xtagan:

- Uyushma rahbari Radik Azizov imzo qo‘ygan hujjatda bu ustaxonalar devoriga yodgorlik taxtasi o‘rnatish so‘raladi. Shu bilan birga, bu hujjatda, hozirda O‘zbekiston xalq rassomi Ne’mat Qo‘ziboevning bevasi Maryam Qo‘ziboevaga tegishli bo‘lgan ustaxonaning kadastrda qayd qilinmagan qo‘shimcha qismini buzish ishlari to‘xtatilishi so‘ralgan. Shu asosda buzish ishlari vaqtincha to‘xtatildi, dedi mulozim.

Buzilaëtgan ijodxonada yashagan taniqli rassomlar. Ne’mat Qo‘ziboev¸ Ro‘zi Choriev. Hakimjon Turdiev.
Buzilaëtgan ijodxonada yashagan taniqli rassomlar. Ne’mat Qo‘ziboev¸ Ro‘zi Choriev. Hakimjon Turdiev.

"Vandalizm"

O‘zbekiston Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasida ishlaydigan xodimga ko‘ra¸ Musavvirlar ko‘chasida joylashgan ustaxonalar buzilish xavfi ostida qolmoqda:

- Shu kunlarda Moskvada namoyish qilinayotgan Nukus kolleksiyasiga oid shedevr rasmlarni chizgan ulug‘ rassomlar: Nadejda Kashina¸ Karaxan, O‘rol Tansiqboevlar mana shu ustaxonalarda ijod qilishgan. Hozir qandaydir biznes guruh bu ustaxonalar o‘rnini olish uchun tirishib yotibdi. Ular - “qora rieltor”lar kommunal xizmatlar¸ IIV xodimlari va tuman hokimini ishga solib shu ustaxonalar o‘rnini olib, sotib yubormoqchi. Bu yerda yashagan legendarniy rassomlar xotirasi ular uchun bir pul. O‘zbekistonni dunyoga tanitgan rassomlar ustaxonalariniing buzilishi vandalizmdir, dedi mulozim.

Ijodxona o‘zbek rassomlari uchun maktab bo‘lgan
Ijodxona o‘zbek rassomlari uchun maktab bo‘lgan

Rassomlar puliga qurilgan edi

Musavvirlar ko‘chasida ijodxonasi bo‘lgan rassom gapiga quloq solamiz:

- Bu ijodxonalarni bizga 1960 yilda o‘zimizning pulimizga qurib berishgan edi. Bino rassomlar Badiiy jamg‘armasi tarafidan qurilgan. Jamg‘armaga biz buyurtma bajarganda chegirma to‘lab turganmiz. Hozir esa joylashgan joyiga qiziqib, bu ustaxonalarni bizdan tortib olishmoqchi. Ikki yildan beri kommunal xizmatlar¸ IIV hamda soliq idorasi hodimlari bizga ataka qilmoqda. Ularning ortida esa, ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan tovlamachi qora rieltorlar turibdi. Ular rassomlar ijod qilaëtgan Toshkentdagi so‘nggi maskanni ham bizdan tortib olmoqchi, dedi rassom.

Bu uyda taniqli rassomlar ijod qilgan
Bu uyda taniqli rassomlar ijod qilgan

Uning yana ta’kidlashicha¸ rassomlar shu paytgacha foydalanib kelgan imtiyozlardan ham mahrum qilinmoqda.

- Rassomlar ustaxonalarining ijodxona sifatidagi imtiyozini bekor qilib, binoga kommercheskiy status berdirishmoqchi¸ dedi u.

Ismi aytilmasligi sharti bilan Ozodlikka gapirgan toshkentlik me’mor rassomlar ustaxonalari bilan bog‘liq vaziyatga aniqlik kiritdi:

- "Imtiyoz bekor bo‘ldi¸ kommunal xizmatdan qarz", degan gaplar - bahona. Buyuk ipak yo‘li metrosiga yaqin joylarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan puldorlarning metodi bu. TSJ ham¸ arxitektura ham o‘sha yerni sotib olmoqchi bo‘lgan boyvachchalarni obslujivat qiladi. Shu paytgacha chet elga ko‘chib ketgan yoki o‘lib ketgan rassomlarning ustaxonalarini tortib olib¸ buzib o‘rniga boshqa bino qurish niyati bor ularda, dedi suhbatdosh.

Bu ko‘chada taniqli o‘zbek rassomlari Ne’mat Qo‘ziboev¸ Isfandiyor Haydarov va Lekim Ibrohimovlarning ustaxonalari bor.

Uyushma rahbari Radik Azizov ustaxonalarni himoya qilmoqchi
Uyushma rahbari Radik Azizov ustaxonalarni himoya qilmoqchi

Vaziyatdan yaxshi xabardor me’morga ko‘ra¸ "Charos Kommunal servis" deb ataluvchi shirkat rassomlarni siqib chiqarib¸ ularga tegishli ustaxonalarga “tijoriy ko‘chmas mulk” maqomini berish uchun hokimiyatga murojaat qilgan.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ ayni uyda yashovchi O‘zbekiston xalq rassomi marhum Nig‘mat Qo‘ziboevning bevasiga “seni sudga beramiz”, degan tahdidli oltita maktub tashlab ketishgan.

“Charos Kommunal servis" tomonidan yuborilgan bu maktublar nusxalari Ozodlikda mavjud.

Ozodlikka yana ma’lum bo‘lishicha¸ taniqli grafik rassom Kaydalovning nevaralari istiqomat qilayotgan uyning gazini kesib tashlashgan.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi mulozimining aytishicha¸ ustaxonalarni «qora rieltor» va «korrupsioner» mulozimlardan himoya qilish uchun akademiya huquqshunosi «jiddiy kurash» olib bormoqda.

Mulozimning ishonishicha , «Ustaxonalar buzilishinig vaqtincha to‘xtatilishi» ana shu kurash samarasidir.

“Qora rieltor”lar "qamalida" qolayotgan rassomlar uyida bir paytlar Nadejda Kashina¸ Karaxan¸ Kaydalov¸ Rempel, Ne’mat Qo‘ziboev, Mannon Saidov, Ro‘zi Choriev kabi o‘nlab taniqli rassomlar ijod qilgan.

Rassom Omon Aziz
Rassom Omon Aziz

Rassomlar uyiga Toshkentdagi diplomatlar va chet eldan kelgan delegatsiyalar muntazam borib turadi.

"Bu maskan o‘zbek badiiy estetikasi beshigi sifatida saqlab qolinishi kerak", deydi hozir AQShda istiqomat qilayotgan taniqli o‘zbek rassomi, 76 yashar Omon Azizov.

Омон Азиз билан суҳбат
Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:28 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG