Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:58

Farg‘onada prezident kelishiga beton tuvaklarga rayhon ekilib, puli aholidan undirilmoqda


Furqat tumanidan o‘tuvchi katta yo‘ldan prezident o‘tib qoladi¸ degan xavotirda¸ mahalliy hokimiyat yo‘l yoqasiga beton tuvaklarda gul qo‘yib chiqmoda¸ pulini aholi va tadbirkordan undirmoqda.
Furqat tumanidan o‘tuvchi katta yo‘ldan prezident o‘tib qoladi¸ degan xavotirda¸ mahalliy hokimiyat yo‘l yoqasiga beton tuvaklarda gul qo‘yib chiqmoda¸ pulini aholi va tadbirkordan undirmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoev viloyatlarga safar qilib¸ bu yerdagi vaziyat bilan bevosita o‘zi tanishishda davom etarkan¸ hali prezident bormagan viloyat rahbarlari bunday tashrifni hadik¸ asabiylik va oshig‘ich taraddud bilan kutmoqda. Xususan¸ safar kuni aniq bo‘lmagan bir vaziyatda Farg‘ona viloyatidagi aksar tumanlarda har kun prezident kelishiga hozirlik ko‘rilmoqda.

“Prezidentimiz yo‘llariga rayhon ekayapmiz”

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ prezident Shavkat Mirziyoevning Farg‘ona viloyatiga qiladigan tashrifi davomida uning Tojikiston bilan chegaraoldi hududlariga ham borishi kutilmoqda.

O‘zbek-tojik chegarasida joylashgan Furqat tumani hokimligi prezidentning “ana erta-ana indin” bo‘lib qolishi mumkin safariga har kun hozirlanmoqda.

“Bizga hech kim aniq vaqtini hali aytmadi. Andijonga kelganda¸ Farg‘onaga ham o‘tib qolishar¸ deb rosa kutdik. Lekin bizga kirmay¸ Toshkentga qaytib ketdilar. Prezidentimiz bormagan viloyat faqat Farg‘ona va Namangan bo‘laëtgani uchun¸ navbat bizga keldi endi. Shunga hamma yoqni obodonlashtirib¸ chiroyli qilib kutayapmiz”¸ dedi Furqat tuman hokimligi vakili va bu jarayonda hech qanday favquloddalik yo‘qligini ta’kidladi.

“Uylarimizni chiroyli qilib qo‘ysak¸ oldilarini kelinlarimizga supurtirib¸ suv septirsak¸ yo‘l bo‘ylariga rayhonu jambillar eksak¸ buning nimasi yomon? Faqat Farg‘onadamas¸ hamma yoqda shunaqa qilishayaptiku! Oldin ham prezident yo Bosh vazir kelsa¸ shunaqa bo‘lardi¸ bunga hech kimning e’tirozi yo‘q!”¸ dedi Ozodlik suhbatlashgan hokimlik vakili.

E’tiroz

Farg‘ona viloyatiga safari davomida prezident Mirziyoev Tojikistonning Asht tumaniga tutash chegara hududiga ham borishi mumkin. Bu hududga eltuvchi katta yo‘l esa¸ aytilishicha¸ Furqat tumanining Shoimbek va Bekobod qishloqlaridan o‘tadi.

Ana shu qishloqda yashovchilardan birining Ozodlikka o‘z shaxsi ochiqlanmaslik sharti bilan bildirishicha¸ prezident o‘tishi kutilayotgan katta yo‘l bo‘yiga qo‘yilayotgan beton tuvaklaru ularga ekilayotgan gullar puli aholi va tadbirkordan majburan undirilmoqda.

Furqatda katta magistral yo‘l bo‘yiga qo‘yib chiqilaëtgan beton tuvaklardan biri.
Furqatda katta magistral yo‘l bo‘yiga qo‘yib chiqilaëtgan beton tuvaklardan biri.

“Furqat tumani prezidentni kutmoqda. Ko‘chalar tozalanib¸ yo‘l bo‘yidagi uylar egalariga majburan bo‘yatilmoqda.Tuman hokimligi va obodonlashtirish tashkiloti tomonidan yo‘l chetlariga o‘rnatilayotgan kichik beton gul tuvaklar majburan yo‘l yoqasidagi uy egalari va savdo do‘koni egalariga 3500 so‘mdan sotilayapti. Aslida¸ tuman hokimligi obodonlashtirish va tuman yo‘l qurilishi hisobidan o‘rnatilaëtgan ushbu tuvaklarni majburan sottirishda¸ ayniqsa¸ Shoimbek va Bekobod qishloq fuqarolar yig‘ini raislari va posbonlari jonbozlik qilmoqda.

Ular yo‘l yoqasidagi uylarda yurib¸ bu uylar ro‘parasiga o‘rnatilgan gul tuvaklar uchun pul talab qilmoqda. Pul berishdan bosh tortgan do‘kon va uy egalarini uchastkovoy “tuzumga qarshi chiqib¸ hukumat ishlariga qarshilik qilganlikda ayblamoqda”¸ deydi shaxsan o‘zi mahallaqo‘m va posbonning shunday tahdidiga guvoh bo‘lganini ta’kidlagan furqatliklardan biri.

Bu suhbatdosh ta’kidicha¸ do‘koni qarshisiga gul tuvak qo‘yib ketilgan tadbirkorlar¸ pulini bermasa¸ soliqchi bosishidan¸ uch sutkaga hibs etilishdan ogohlantirilmoqda.

“Tuvak va gullar bor gap¸ lekin ular pulini homiylarimiz o‘z xohishi bilan to‘layapti”

Ozodlik bilan suhbatda¸ nomi tilga olingan Shoimbek va Bekobod mahallasi faollari¸ prezidentning bu hududda to‘xtashi kutilmayotgan bo‘lsa-da¸ u o‘tadigan yo‘l bo‘yini “obodonlashtirish” ishlari qizg‘in ekanini e’tirof etdi.

“Tojikiston bilan chegaraga yo‘l bizning qishloqdan o‘tadi. Bu yo‘ldan prezidentimiz Bosh vazirlik paytida ham bir necha marta o‘tgan¸ shunga yo‘l bo‘yidagi hovlilar risoladagiday bo‘yalgan. Hozir shu yo‘l bo‘yiga rayhon¸ oppoq bo‘lib ochiladigan boshqa gullarni o‘tqazib chiqayapmiz. Yo‘l bo‘yida gul ekishga¸ tuvakda gul sotib olishga qurbi yetmaydigan oilalar ham bor. Shunday joylarga qo‘yilayotgan gullarni homiylarimiz o‘z ixtiyorlari bilan olib berayapti”¸ dedi Furqat tuman Bekobod qishloq fuqarolar yig‘ini faoli.

Bu faol¸ mahalla fuqarolar yig‘ini aholi va tadbirkorni tuvak va gulga pul to‘lashga majburlayotganini inkor qila turib¸ ayni paytda¸ posbonlarning nima qilayotganidan bexabarligini qo‘shib o‘tdi.

“Rishtonda yakshanba kuni o‘qituvchi yana farroshlik qildi”

Aytilishicha¸ Andijondan keyin prezident Farg‘onaga qo‘qqisdan o‘tib qoladi¸ degan qo‘rquv bu viloyatdagi Rishton tumanidagi "to‘rtlik"ka ham uyqu bermagan va yakshanba sahardan byudjet tashkilotlari xodimlari¸ eski an’anaga ko‘ra¸ yana o‘qituvchi va tibbiyotchilar xizmatkorlikka majburlangan.

“Yakshanba¸ dam olish kuni ekaniga qaramay¸ Rishton tumani kollej o‘qituvchilari majburiy tarzda yo‘l yoqasida ishlashga chiqarildi. Sababi¸ Mirziyoevning Andijondan keyin oldindan aytmasdan¸ Farg‘onaga o‘tib qolish ehtimoli. Agar prezident tumandagi ahvoldan qoniqmasa¸ to‘rtlik – hokim¸ prokuror¸ soliq va militsiya boshliqlarini ishdan olib tashlashi mumkin. Shuning uchun amalini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqqan bu to‘rtlik pastki bo‘g‘in¸ birinchi navbatda¸ byudjet tashkilotlari xodimlariga bosim o‘tkazmoqda”¸ deydi o‘zi ham shunday bosimga uchragan rishtonliklardan biri.

"Potyomkin qishloqlari"

Marhum prezident Islom Karimovning viloyatlarga safari davomida¸ u boradigan joylar¸ o‘tadigan yo‘l bo‘ylari xo‘jako‘rsinga bo‘yab-bejashlar va “Potyomkin qishloqlari”ga mengzaladigan bunday hatti-harakatlar chiqimi ham¸ odatda mahalliy tadbirkorlar zimmasiga yuklatilar edi.

Haftalik videolektorlaridan birida yangi prezident Shavkat Mirziyoev¸ haqiqiy vaziyatni nihoyatda yaxshi bilishini ta’kidlab¸ hokimiyat vakillarini har xil ko‘zbo‘yamachiliklarni to‘xtatishga chaqirayotganiga qaramay¸ Mirziyoev Bosh vazirligi davrida keng tarqalgan prezident ko‘zini quvnatish uchun obodonlashtirish harakatlari va uning xarajat va mehnatini aholiga majburlashning yangi prezident davrida ham ayni tarzda davom etayotgani ko‘riladi

XS
SM
MD
LG