Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:26

Senator hokim buyrug‘i bilan Payariq qishloqlari besh kundan beri elektrsiz yashamoqda


Samarqand viloyati Payariq tumani qishloqlari besh kundan buyon elektr tokidan tamoman uzilganicha qolmoqda. Payariq elektr idorasi rasmiylari transformatorlar o‘chirilganini tasdiqlar ekan, bu tadbirning aholidan qarzdorlikni undirish maqsadida boshlanganini aytdi.

Ismi sir qolishini so‘ragan payariqlik o‘qituvchilardan biri Ozodlikka tuman qishloqlari besh kundan buyon elektr tokidan uzib qo‘yilganini xabar qildi.

“Payariqda bo‘layotgan ishlarni Shavkat Miromonovich bilmasa kerak yoki senator hokimimiz Abdumo‘min Jo‘raev uchun prezident qarorlari ahamiyatini yo‘qotgan. Chunki, bugungi beshinchi kun elektrchilar svetni transformatordan uzib qo‘ygan. Ro‘zadorlar bor, yosh bolalar otravlenie bo‘layapti. Qarzi bor-yo‘qligidan qat’iy nazar¸ har bir xo‘jalik hisobidan 20 ming so‘mdan yig‘dirayapti. Agar shu pulni yig‘ib bersak, svetni yoqib berar ekan”, deb yozdi payariqlik o‘qituvchi.

Xalqobod qishlog‘idagi vrachlik punktida ishlaydigan hamshiralardan biri ham elektr toki bilan ishlaydigan apparatlar o‘chgani bois, bemorlarni markaziy kasalxonaga yuborishayotganini aytdi.

“O‘qituvchilarning ham, bizlarning ham har oyligimizdan svet va gaz uchun doim pul ushlab qolinadi. Shaxsan hozir men qarzdor emasman, balki ular qarzdor. Bog‘chada, maktabda, kollejda, kasalxonada ishlaydiganlarning umuman qarzi yo‘q. Lekin, bizning qishloqda 8ta transformator bo‘lsa, hammasini o‘chirgan. Mahalla raisi hammadan 20 ming so‘mdan yig‘dirib, bankka olib borib topshirtirayapti", deydi hamshira.

Uning aytishicha, yoz kunida mahsulotlarning aynib qolishi ortidan bolalarning ovqat va mevalardan zaharlanish holatlari ko‘paygan.

“Kecha bir fermerning kichkina bolasi achigan mevani yeb otravlenie bo‘ldi. Undan keyin yana bir katta odam achigan ovqatni yeb zaharlandi. Ularni markaziy kasalxonaga yubordik. Xolodilniklar ishlamayapti. Iftor va saharlik paytida svetning yo‘qligi, ayniqsa, ro‘zador odamlarni juda qiynab yubormoqda. Odamlar iftorlik qilsa, dvijoklardan foydalanayapti. Bu kattalar, insofni ham yeb, yutib yuborgan shekilli. O‘zlari va farzandlari konditsionerlik uylarda mazza qilib yotibdiyu, oddiy xalq azob tortmoqda”, deydi hamshira.

Payariq tumani Elektr tarmoqlari idorasining o‘zini tanishtirmagan mulozimi, aholi yoppasiga elektr tokidan uzilganini tasdiqlar ekan, bu tuman hokimining buyrug‘i bilan bo‘layotgani ta’kidladi:

- Qarzdorlik tufayli hamma transformatorlar o‘chirilgan. Hokim shunday buyruq bergan, bajarayapmiz, dedi mulozimi.

Tuman elektr tarmoqlari idorasi boshlig‘i Ne’mat Galavaev esa Ozodlikka qishloqlarning yoppasiga elektr tarmog‘idan uzilishi prezident farmoniga ko‘ra amalga oshirilayotganini iddao qildi:

- Bizda qarzdor pulini to‘lamasa¸ o‘chir degan qonun bor. Yangi qonunga ko‘ra, agar mijoz qarzdor bo‘lsa, uzganimizdan keyin yana yoqish uchun qarzidan tashqari eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida pul to‘lashi kerak, dedi Elektr tarmoqlari idorasi boshlig‘i.

Ne’mat Galavaevning aytishicha, o‘zidagi ro‘yxat bo‘yicha elektrdan qarz bo‘lmagan xonadon yo‘q va shuning uchun ham tokni transformatordan o‘chirishga qaror qilingan:

- Yo‘q, yo‘q, agar qarzsiz xonadonlar bo‘lsa, yoppasiga uzishga haqqimiz yo‘q. Biz debitor qarzi bor bo‘lgan qishloqlarni uzayapmiz. Og‘iz ochish paytidan to ertalab soat 3 yarimgacha yoqib berayapmiz, dedi Ne’mat Galavaev.

Elektr tarmoqlari idorasi boshlig‘ining bu gaplarini payariqlik hamshira "mutlaq yolg‘on" deb baholadi.

“Bu odam g‘irt yolg‘on gapiribdi. Elektrga ortiqcha yuz-ikki yuz ming, hatto million so‘mgacha ortiqcha pul to‘lab qo‘yganlar bizning qishloqda juda ko‘p. Yana "ro‘za kunida svet berayapmiz"¸ deb yolg‘on gapirib, gunohga botibdi. Mana bugun beshinchi kun, bir gramm ham svet bergani yo‘q”, dedi payariqlik hamshira ayol.

Payariq tumani hokimi senator Abdimo‘min Jo‘raevning mobil telefoni o‘chirilgani bois, u bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 29-mayda imzolagan farmoni bilan aholining debitorlik qarzini to‘latish borasida kuch ishlatar idoralari oldiga qattiq talablar qo‘ygan edi.

Bu farmonga binoan, bundan buyon qarzlarni to‘latish bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida tashkil etiladigan Majburiy ijro byurosi shug‘ullanadi.

XS
SM
MD
LG