Линклар

Shu yilning 6 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi hay’ati O‘zbekiston inson huquqlari mustaqil tashkiloti Samarqand viloyati bo‘limi raisi Aliqul Yusupovga nisbatan chiqarilgan sud hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.

O‘zbekiston inson huquqlari mustaqil tashkilotiga ko‘ra, Aliqul Yusupov shu yilning 27 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Narpay tumani sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (Firibgarlik) va 192-moddasi (Raqobatchini obro‘sizlantirish) bilan ayblanib, 2 yilga muayyan huquqdan mahrum qilingan.

Shuningdek, huquq faoliga nisbatan eng kam ish haqining 115 baravari miqdorida jarima solingan.

“Mahalliy fuqarolardan birining shikoyatiga asosan ochilgan jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilib, Yusupov moddiy va mas’ul mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqin ikki yilga mahrum qilindi. Unga nisbatan 17 224 125 so‘m miqdorida jarima solindi.

Sud hukmidan kelib chiqib, tashkilotimiz Yusupovni 2017 yilningn 19 aprelidan a’zolikdan chiqardi” deyiladi tashkilot bayonotida.

Jinoyat ishi materiallariga ko‘ra, muqaddam firibgarlik jinoyati bilan sudlangan Yusupov Aliqul Solievich bir necha mahalliy fuqarolarning ishonchiga kirib, o‘zining inson huquqlari tashkilotida mas’ul lavozimda ishlashini aytib, pul olgan.

O‘zaro munosabatlarda huquq faoli fuqarolarning mablag‘larini qaytarmay, o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatib yuborgan.

Shuningdek, pullarini so‘rab kelgan shaxslarni obro‘sizlantirishga qaratilgan, ularning sha’n, qadr-qimmatini yerga uruvchi materiallar tarqatgan.

Tergov va sud jarayonlarida Samarqand viloyati Narpay tumani IIB tomonidan huquq faolining aldoviga uchragan, undan jabrlangan shaxslarning huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishi so‘ralgan.

XS
SM
MD
LG