Линклар

AQSh Namoyandalar palatasi Turkiya prezidenti qo‘riqchilarini javobgarlikka tortishni talab qilmoqda


6 iyun kuni Kongressning Namoyandalar Palatasi bir ovozdan AQSh hukumatini o‘tgan oyda Vashington shahrida norozilik namoyishchilariga hujum qilgan Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘onning qo‘riqchilarini jinoiy javobgarlikka tortishga da’vat qildi.

Qonun chiqaruvchilar 16 may kuni Turkiya elchisi qarorgohidan tashqarida o‘tkazilayotgan tinch namoyish ishtirokchilaridan 11 kishi yaralanishiga sabab bo‘lgan va ko‘pchilik “qo‘pol” deb atayotgan hujumdan g‘azablangan Namoyandalar palatasi a’zolari bir ovozdan (397/0) qaror qabul qildi.

“Turkiyaning ko‘plab xavfsizlik xizmati xodimlari qurolsiz namoyishchilarni urdi, tepdi va bo‘g‘di”, deyiladi qarorda NATO bo‘yicha ittifoqchiga xos bo‘lmagan keskin ohangda.

“Tinch norozilik namoyishini noqonuniy tarzda bostirishga uringan Turkiya xavfsizlik kuchlari xodimlariga buyruq bergan, kuzatib turgan yoki amaliyotda ishtirok etgan turk xavfsizlik xizmati xodimlari... Qo‘shma Shtatlar qonunchiligi bilan ayblanishi va jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak”.

AQSh namoyandalar palatasining noma’lum xodimi:

“Ushbu qaror 2017 yil 16 may kuni Turkiya elchisi qarorgohi tashqarisidagi tinch norozilik namoyishchilariga qarshi zo‘ravonlikni qoralaydi hamda aybdorlarni sud qilish va kelgusida bunday noxush voqealar sodir bo‘lishi oldini olishga da’vat qiladi”.

Kuch ishlatish bilan bog‘liq ushbu voqeaga javob sifatidagi chora AQSh Senatida ham tayyorlanmoqda, ammo qabul qilinadigan hujjat kimningdir hibsga olinishi bilan yakun topish-topmasligi noma’lum. Hujum qilishda ayblanayotgan turk qo‘riqchilari Turkiyaga qaytib ketib bo‘ldi.

Vashington shahri politsiyasi va AQShning boshqa hukumat amaldorlari Erdo‘g‘on qo‘riqchilarini uning ushbu mamlakat poytaxtiga safari vaqtida kurdparast norozilik namoyishchilarining kichik guruhiga hujum qilgani uchun ayblamoqda.

AQSh Davlat departamenti zo‘ravonlikni “o‘ta tashvishli hol” deb, AQShning ko‘plab qonun chiqaruvchilari esa Erdo‘g‘onning avtokratik boshqaruvga moyilligi hamda inson huquqlari va fuqarolar huquqlari himoyasini mensimasligining yaqqol namunasi deb atadi.

Turkiya mas’uliyatni tartibsizliklarni tashkil etishda faoliyati taqiqlab qo‘yilgan Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) tarafdorlariga yukladi, ular o‘sha namoyish chog‘ida Erdo‘g‘an tarafdorlari bo‘lgan turklar bilan mushtlashgan.

PKKni Vashington ham, Anqara ham terrorchilar guruhi deb hisoblaydi, ammo Turkiya PKK jangarilari voqea ro‘y bergan joyda hozir bo‘lgani xususida hech bir isbot keltira olmadi.

O‘z navbatida Turkiya ham Vashington politsiyasining “agressiv va professional bo‘lmagan xatti-harakatlari”ga qarshi norozilik bildirdi. Olingan videotasvirlardan ma’lum bo‘lishicha, noxush voqea payhimoya qilish uchun kurashgan.

Qonun chiqaruvchilar Anqaraning ushbu to‘qnashuvga oid nuqtai nazarini inkor qildi.

Namoyondalar Palatasi qarorida Davlat departamenti oldiga Turkiyadan ushbu voqeaga aralashib qolgan kishilarning diplomatik immunitetini bekor qilishni talabini qo‘yish so‘raldi.

To‘qnashuv sodir bo‘lishi bilanoq ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan videotasvirlardan ma’lum bo‘lishicha, Turkiya xavfsizlik xizmatining kostyum kiyib olgan xodimlari yig‘ilgan odamlarni urib kaltaklagan va kamida bir holatda yerga yiqilib qolgan ayolni tepgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi bir videotasvirda Erdo‘g‘an ushbu mushtlashuvni mashinasidan kuzatib turgani va keyinroq uni mashinadan tushib tomosha qilgani aks etgan.

Vashington shahri politsiyasi Erdo‘g‘anning ikki nafar qo‘riqchisini mushtlashuvdan so‘ng hibsga oldi, ammo keyinchalik qo‘yib yubordi va ular Erdo‘g‘an bilan Turkiyaga qaytib ketdi.

Namoyandalar palatasi qabul qilgan qaror qonun kuchiga ega emas, ammo Tramp ma’muriyati qarorni bajarishga kirishadigan taqdirda Turkiya xavfsizlik xizmati xodimlariga qarshi chora ko‘rishda qo‘l kelishi mumkin. Davlat departamenti ushbu voqea yuzasidan ham hali ham surishtiruv olib borayotganini ma’lum qildi.

XS
SM
MD
LG