Линклар

14 декабр 2017, Тошкент вақти: 09:21

Eron poytaxti Tehronda qurollilar mamlakat parlamenti binosi hamda Oyatulloh Humayniy maqbarasiga hujum qilgan. Har ikki hujum oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 39 odam yaralandi. Tasnim agentligi va Eron davlat televideniyasining xabar berishicha, parlament binosiga bir nechta qurolli bostirib kirgan. Ayrim xabarda qurollilar odamlarni garovga olgani aytiladi. Hujumga mas’uliyatni “Islomiy davlat” ekstremist guruhi zimmasiga oldi.

Ayrim manbalarda parlamentga hujum qilgan qurollilar soni uch, boshqa manbalarda to‘rt nafar ekani, ular pistolet va Kalashnikov avtomatlari bilan qurollangani aytiladi.

Eron parlamenti binosi oldiga odamlar yig‘ilmoqda.
Eron parlamenti binosi oldiga odamlar yig‘ilmoqda.

Parlament binosida odamlarni garovga olgan to‘rt hujumchi Eron xavfsizlik kuchlari tarafidan otib o‘ldirildi.

Ayni vaqtni o‘zida boshqa qurollangan guruh Tehrondagi parlament binosidan 20 kilometr uzoqliqdagi Oyatulloh Humayniy maqbarasiga bostirib kirgan.

Humayniy maqbarasi parlament binosidan 20 kilometr olisda joylashgan.
Humayniy maqbarasi parlament binosidan 20 kilometr olisda joylashgan.

Maqbara matbuot xizmati rahbari Ali Haliliyning aytishicha, hujumchilardan biri belidagi hudkushlik kamarini harakatga keltirgan va o‘zini o‘zi portlatib yuborgan.

Yana bir hujumchi xavfsizlik kuchlari tarafidan otib o‘ldirilgan, qolgani qo‘lga olingan.

Tehrondagi Oyatulloh Humayniy maqbarasi.
Tehrondagi Oyatulloh Humayniy maqbarasi.

Mahalliy matbuotga ko‘ra, Tehrondagi har ikki hujum oqibatida 12 odam halok bo‘lgan. 35 odam turli jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Eronda parlament va Humayniy maqbarasiga hujum aholini larzaga soldi.

Eronliklar 1979 yilgi islomiy inqlobdan so‘ng mamlakat qo‘shnilardagidan osoyishtaroq ekani haqida fahrlanib kelishgan.

XS
SM
MD
LG