Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:30

Bosh prokuratura tadbirkorning yonini olib, Oliy sudga protest bildirdi


Farg‘onadagi Markaziy universal magazinga doir Ozodlik fevralda xabar qilgan xo‘jalik ishi qayta ko‘riladigan bo‘ldi.

Bosh prokuraturaning Oliy xo‘jalik sudi rayosatiga kiritgan protestida bu ish bo‘yicha avval qabul qilingan uchta sud qarorini bekor qilib, ishni qayta ko‘rish uchun birinchi instantsiya sudiga yuborish so‘raldi.

54 yashar tadbirkor Hamidillo Topvoldiev 10 mlrd. so‘mlik mulki – Farg‘ona shahridagi Markaziy universal magazin binosidan ajralib qolganidan, uning ko‘rgiliklari ortida viloyat hokimi turganidan Ozodlikka arz qilgan edi.

Bosh prokuraturaning Oliy xo‘jalik sudi (hozirda Oliy sud) rayosatiga protesti 2017 yilning 20 aprelida imzolangani Ozodlikka bugun ma’lum bo‘ldi.

Protestda Oliy xo‘jalik sudidan Farg‘onadagi Markaziy universal magazin bo‘yicha, birinchi instansiya sudining 2015 yil, 3 martidagi, apellyatsiya instansiyasi sudining 2016 yil, 9 martdagi hamda kassatsiya instansiya sudining 2016 yil, 4 maydagi qarorlarini bekor qilish so‘ralgan.

Ҳамидилло Топволдиев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:01 0:00
Бевосита линк

Mojaro fabulasi

Markaziy universal magazin bilan bog‘liq ishning fabulasi,mulkning egasi – Hamidillo Topvoldievning aytishicha, budir:

Topvoldiev TsUMni rekonstruksiyalash uchun bankdan 3 mlrd 750 mln so‘mlik kredit olgan va evaziga TsUM binosini garovga qo‘ygan. Kreditni olgach, 5 mlrd. so‘mlik ish bajargan. Ya’ni kreditdan tashqari o‘z mablag‘ini ham sarflab, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirgan. So‘ng kreditni qaytarish bilan bog‘liq murakkabliklar paydo bo‘lgan. Ish sudga oshgan. Dastlabki sud Topvoldievning sarf-harajatlarini hisobga olmasdan, kredit berish uchun belgilangan bahoni boshlang‘ich baho deb olib, TsUMni sottirib yuborgan. Natijada umumiy bahosi 10 mlrd. so‘m bo‘lgan TsUM 4 mlrd. so‘mga sotilib ketgan.

Ishning tafsilotlariga to‘xtalmaymiz.

Prokuratura bu ishga nega e’tibor berdi?

Hamidillo Topvoldiev Ozodlikka fevralda murojaat qilarkan, viloyat markazidagi Markaziy universal magazin binosidan ajralib qolganidan arz qilgan va “mulkimdan ajralib qolishim ortida viloyat hokimi va uning ukasi turibdi”, deb iddao qilgan edi.

Ozodlik materiali e’lon qilinganidan ko‘p o‘tmay, martda Farg‘ona viloyatiga O‘zbekiston Prezidenti devoni tarkibida yangi tashkil qilingan "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ustidan nazorat o‘rnatish va uni muvofiqlashtirish xizmati" rahbari Tursunxon Xudoyberganov boradi va Hamidillo Topvoldiev uning qabulida bo‘ladi.

- Tursunxon Xudoyberganov meni o‘zi bilan birga kelgan Bosh prokuror o‘rinbosariga ro‘para qildi. Men unga hamma ishni tushuntirib aytdim. Viloyat hokimi reyderlik usuli bilan mulkimizni bosib olganini, sud ishlariga aralalashganini aytib berdim, dedi tadbirkor.

O‘sha uchrashuvdan so‘ng Bosh prokuratura bir oyning atrofidagi vaqt ichida Topvoldievning mulki bilan bog‘liq ishni o‘rganib chiqdi va 20 aprelda Oliy xo‘jalik sudiga protest kiritdi.

Markaziy universal magazin bilan bog‘liq yangi sudlov qachon o‘tishi hozircha ma’lum emas.

Umid...

Hamidillo Topvoldiev adolat qaror topishiga umid qilmoqda.

- Agar oraga pora aralashmasa, Bosh prokuratura o‘z protestida detallarigacha ko‘rsatib bergan kamchiliklarni sud inobatga oladi va adolat qaror topadi, dedi Hamidillo Topvoldiev.

Farg‘ona viloyat hokimi yoki uning vakilining Topvoldievning ishi yuzasidan har qanday ko‘rinishdagi izohini eshitishga va tinglovchiga yetkazishga tayyormiz.

...va ishtiboh

Tadbirkorning ishi bilan Ozodlikning bu haqdagi materiali fevralda e’lon qilinganidan so‘ng farg‘onalik inson huquqlari himoyachisi Abdusalom Ergashev ham shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi.

Yangi sud ishining perspektivasi to‘g‘risida fikr bildirarkan, Ergashev bunday dedi:

- Masalaning bir nozik jihati bor. Topvoldievning ishi bo‘yicha protest bildirilgan qarorlarni chiqargan Oliy xo‘jalik sudining sobiq raisi shu kunda Oliy sud raisi bo‘lib o‘tiribdi. Lekin bu sohada islohotlar ketayapti. Prezident aytayotgan gaplar chindan ham amalga oshadigan bo‘lsa, Topvoldiev ishni yutib chiqishi mumkin, dedi Abdusalom Ergashev.

Tadbirkorni sizlang...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev yaqinda Andijon viloyatiga qilgan safari davomida qilgan ma’ruzasida huquq-tartibot idoralari, jumladan prokurorlar yangi ish o‘rinlari yaratib, aholi turmush farovonligini oshirayotgan tadbirkorlarning hurmat-izzatini joyiga qo‘yishi, ularga “siz” deb murojaat qilishi lozimligini ta’kidlagan edi.

XS
SM
MD
LG