Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:51

OzodDayjest: Xorazmda “samosud” qilingan yigit o‘lib qoldi


Xorazmda qarindoshlari g‘ayriinsoniy usulda jazolagan yigit olamdan o‘tdi. Videokameraga tushgan 5627 ta avtoulov jarima maydoniga keltirildi. O‘zbekistonda go‘daklar va onalar o‘limiga ko‘pincha anemiya (kamqonlik) sabab bo‘layotgani urg‘ulanmoqda.

________________________________________________________________

Xorazmda qarindoshlari tomonidan “samosud” qilingan yigit hayotdan ko‘z yumdi

Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi 20 yoshli yigit qarindoshlari tomonidan jazolanishi oqibatida olamdan o‘tdi (“Huquq”, 8 iyun). Otasi Rossiyaga ishlagani ketgach nazoratsiz qolgan yigit egri yo‘llarga yurib, onasiga bo‘ysunmay qo‘ygan. Bundan xavotirlangan ona qarindoshlarini chaqirib, o‘g‘lining aqlini kirgizib qo‘yishni so‘ragan. Qarindoshlar esa bebosh jiyanlarini chala qurilgan uyga qoziq qoqib bog‘lab qo‘ygan. Bir necha soat qo‘li bog‘liq holda qolib ketgan yigit nafas olishga qiynalib, jon taslim qilgan. Marhum yigitni qonunga xilof ravishda, g‘ayriinsoniy usulda jazolagan qarindoshlari jinoiy javobgarlikka tortilgani xabar qilingan. “Faqat qonungina insonni jazoga tortish huquqiga ega”, deb eslatadi prokuratura nashri.

“GAI” jarima to‘lamagan haydovchilarning mashinalarini jarima maydonlariga olib ketmoqda

Toshkent shahrida videokuzatuv moslamalari orqali qayd etilgan qoidabuzarliklarni sodir etgan va 60 kun davomida belgilangan jarimani to‘lamagan haydovchilarning avtoulovlari jarima maydonlarida olib ketilmoqda (“Postda”, 3 iyun). Joriy yil 1 iyun holatiga ko‘ra, 5 ming 627 ta transport vositasi jarima maydoniga qo‘yilgan. Ma’lum qilinishicha, eng ko‘p qoidabuzarlik (32 marta) sodir etgan B.A. ga tegishli “VAZ-2103” (davlat raqami belgisi 10 J 506 FA) mashinasi ham ayni paytda jarima maydonida saqlanmoqda. 21 marta qoidabuzarlik sodir etib, jarima to‘lashni paysalga solgan “Spark” (davlat raqami belgisi 01 T 885 TA) avtoulovini esa ushlash choralari ko‘rilmoqda. IIV nashri qoida buzgan haydovchilarni 60 kundan oshmasdan jarimalarni to‘lashga va yo‘l qoidalariga rioya etgan holda harakatlanishga chorlagan.

Matbuot: Nega ayrim viloyatlarda bolalar o‘limi yuqoriligicha qolmoqda?

2017 yilning ikki oyi davomida O‘zbekiston bo‘yicha 1103 nafar chaqaloq nobud bo‘lgan (“Oila davrasida”, 8 iyun). Xotin-qizlar qo‘mitasiga ko‘ra, bu holat Farg‘ona viloyatida 98 ta, Sirdaryoda 46 ta, Namanganda 129 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 75 tani tashkil etgan. “Homilaning yetarli rivojlanmasligi sabablari turlicha. Asosiysi – homilador ayolda tibbiy savodxonlik yetishmasligi va loqaydligidir. Go‘daklar va onalarda qayd etilayotgan o‘lim ko‘pincha anemiya (kamqonlik) oqibatidir”, deydi Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi akusher-ginekolog Malohat Yunusova. Homilaga salbiy ta’sir etuvchi sabablar sifatida nurlanish (telefon va kompьyuterdan me’yordan ortiq foydalanish), shamollash, tug‘ruq orasidagi muddatning qisqaligi, qarindoshlar nikohi, erta homiladorlik, to‘yib ovqat yemaslik, turli infeksiyalar kabilar ham ko‘rsatilgan.

XS
SM
MD
LG