Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:24

Shifokor maslahati: Sekinroq yeng, ozroq yeng....


Insonning ovqat hazm qilish sistemasi juda murakkab bo‘lib, uni sog‘lom saqlash o‘ta muhimdir. Kishining umumiy salomatligida mazkur tizimning yaxshi ishlashi ulkan ahamiyat kasb etadi. Quyida AQSh Sog‘liqni saqlash milliy instituti ovqat hazm qilish sistemasini sog‘lom saqlash bo‘yicha bergan olti maslahat bilan tanishishingiz mumkin.

Sekinroq yeng. Ovqatni yutishdan avval yaxshilab chaynash kerak. Shunday qilsangiz, ozroq havo yutasiz va qorningiz to‘yganini yaxshiroq sezasiz.

Ozroq yeng. Oshqozonni to‘ldirib yubormaslik uchun hamda yeganingiz yaxshiroq hazm bo‘lishi uchun o‘ta ko‘p yemang.

Qorong‘u tushganidan keyin ozroq yeng. Ovqat hazm qilish sistemasi ertalab va kunduzi eng faol ishlaydi.

Stressni boshqaring. Asabiy tanglik bilan kurashishning sog‘lom yo‘llaridan foydalaning. Masalan, jismoniy mashq qiling. Siqilish ovqat yaxshi hazm bo‘lishini mushkullashtiradi.

Muayyan vaqtda ovqatlanishga odatlaning. Har kuni ayni vaqtda yeyishga harakat qiling.

Probiotiklar haqida o‘ylab ko‘ring. Shifokoringiz bilan maslahatlashib, probiotiklar, ya’ni davolashda foydalaniladigan mikroorganizmlar olishingiz mumkin. Ular yordamida qabziyat bilan kurashish hamda ichaklarni davolash mumkin.

XS
SM
MD
LG