Линклар

Tashqi ishlar vaziri mamlakatdagi va chet eldagi vatandoshlar bilan muloqot o‘tkazadi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov

Abdulaziz Komilov O‘zbekistondagi va xorijdagi vatandoshlar savollariga 5 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 14.00 dan 16.00 ga qadar javob beradi. Videokonferentsiya shaklida bo‘lib o‘tadigan tadbirda O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari va bosh konsulxonalari rahbarlari ishtirok etadi.​

Bu haqda xabar qilgan tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, vazirning vatandoshlar bilan mulofoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan e’lon qilingan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da belgilangan topshiriqlarni amalga oshirish doirasida o‘tkazilmoqda.

“Muloqot doirasida O‘zbekiston va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari qarshisida vatandoshlarimizning TIV faoliyati bilan bog‘liq dolzarb muammolari ko‘rib chiqiladi”, deyilgan TIV matbuot xizmati xabarida.

Tashqi ishlar vazirligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish imkoniga ega bo‘lmagan O‘zbekiston fuqarolari matn, audio va video ko‘rinishdagi o‘z savollarini Vazirning virtual qabulxonasiga, muloqot@tiv.uz rasmiy elektron manziliga, shuningdek, TIVning “Feysbuk”dagi rasmiy sahifasi va “Telegram”dagi kanalga oldindan jo‘natishlari mumkin.

TIV matbuot xizmatining ogohlantirishicha,“anonim xatlar, odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yoxud haqoratli iboralar, mantiq va ma’nosi bo‘lmagan takliflar va boshqalar), murojaat matnida tushunarsiz qisqartirishlar mavjud bo‘lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo‘lmagan murojatlar ko‘rib chiqilmaydi”.

Murojaatlar 2017- yil, 5iyul, Toshkent vaqti bilan soat 16.00gacha qabul qilinishi aytildi.

XS
SM
MD
LG