Линклар

“Mirziyoevni ham “o‘zbeklashtirish”ga ulgurdikmi yoki o‘zi "o‘zbek"midi?”


Ozodlikka kelgan va quyida e’lon qilayotganimiz maktub muallifi “o‘zbeklashtirish”, der ekan, kinoya qilayotgani ayon ko‘rinib turibdi. Xat muallifi fikricha, “o‘zbeklik” yo‘qni bor, siniqni butun, qiyshiqni to‘g‘ri qilib ko‘rsatishga urinishdir,“o‘zbeklik” xushomaddir. Be - xat muallifining fikri. Balki bunday emasdir? Xatni o‘qib, o‘zingiz xulosa chiqaring.

***

Mirziyoevning Andijonga tashrifi payti men shuni angladimki, bu tashrifning Qoraqalpog‘istonga, Qashqadaryoga qilgan oldingi tashriflaridan farqi - u oddiy xalqdan yana ihotalana boshladi.

Ihotalanishi uning Karimovga o‘xshab o‘ziga oldindan marshrutlar, borilajak xonadonlarni belgilab olganidan ko‘rinib turibdi.

Eh, Shavkat Miromonovich, Karimovning ham viloyatlarga borishidan oldin u yerlarda shunday tayyorgarlik ko‘rilar edi, hatto prezident keladigan yo‘llardan pashsha uchib o‘ta olmas edi.

Siz ham shuni boshlabsizda, janob Prezident! O‘zi ma’lum edi oldindan Sizning do‘q-po‘pislaringiz, portalingiz ham o‘yinchoqligi.

Eh, yoki Sizni biz o‘zbeklashtirib ulgurdikmi?!

Portalga yozgan bilan foydasi yo‘q, hokimni bo‘shatgan bilan foydasi yo‘q, baribir o‘sha svet va gaz o‘chib turibdi, zapravkalarda esa benzinlar hamon taqchil.

Dunyoda neft suv tekin, yonginamizda esa neftga boy Qozog‘iston bor, katta-katta 2-3 neft tozalash zavodlarimiz bor, lekin benzin qo‘lga o‘tib ketgan.

Ko‘ramiz, hali borib-borib, bola-chaqamiz bilan Rossiyaga mardikorchilikka jo‘nab ketsak kerak.

XS
SM
MD
LG