Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:15

Nevara marhum hokim bobosi uyini tunashda bosqinchi yollaganlikda gumonlanyapti


Samarqand viloyat, Narpay tuman sobiq hokimi, marhum Akbar Jamilovning uyiga 11 mayga o‘tar kechasi qora niqobli noma’lum shaxslar bostirib kirib, uy egalaridan pul berishni talab qilgan. Uydagi keksa ayol pul yo‘qligini aytib, baqirganidan so‘ng bosqinchilar qochib ketgan. Viloyat huquq-tartibot idoralaridan olingan ma’lumotga ko‘ra, bosqinchilar bir necha kun ichida qo‘lga olingan, bosqinni marhum hokimning nevarasi uyushtirgan.

Narpay tumanida qariyb 10 yil hokim bo‘lib ishlagan marhum Akbar Jamilovning xonadoniga 11 mayga o‘tar kechasi niqobli bosqinchilar bostirib kirgani haqida Ozodlikka hokim yashagan Mirabror mahallasida istiqomat qiluvchilardan biri xabar berdi:

“Bu voqeaning bo‘lganiga qariyb bir oy bo‘ldi. Oddiy o‘g‘rilikda, deb o‘ylagandik. Lekin, endi eshitishimizcha, bu bosqinchilikning tashabbuschisi hokimning o‘z nevarasi ekan deyishyapti”, deydi narpaylik.

Suhbatdosh o‘sha kungi voqea to‘g‘risida gapirarkan, bunday dedi:

“Hokim bovani uyiga nalyot bo‘pti degan gapni biz o‘sha kunning ertasi eshitdik. Qo‘shnilarning aytishicha, bosqinchilar ninzyaga o‘xshab qora niqobda bostirib kirib, uydagilarning og‘zini skochlab pul talab qilgan ekan. Chunki bir necha kun oldin Akbar Jamilovning farzandlaridan biri otasi hokimligida qurdirgan xususiy zapravkasini sotgan ekan”, dedi narpaylik.

Samarqand viloyat huquq-tartibot idoralaridan birining ismi sir qolishini so‘ragan mulozimi bu voqea yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 164 – "Bosqinchilik" moddasi bilan ish qo‘zg‘atilganini aytar ekan, boqinchilarni yollashda sobiq hokimning bankda ishlaydigan 25 yashar nevarasi gumonlanayotganini aytdi:

“Akbar Jamilovning nevarasi bu bosqinchilikni uyushtirganlikda gumonlanyapti. Tergov siri yuzasidan uning ismini oshkor qilmayman. Bu nevara hech qaerda ishlamaydigan Nodir va Baxtiyor ismli ikki yigitni o‘z momosini tunashga yollagan. O‘sha tunda ular yuzlariga qora niqob taqib, bostirib kirgan. Uyda o‘sha kuni keksa onaxon nevarasi bilan bo‘lgan. Bosqinchilar nevarani garovga olib, pulni topib bermasang, o‘ldiramiz, deb qo‘rqitgan. Bundan qo‘rqib ketgan onaxon juda ham qattiq baqirgan va bosqinchilar qo‘rqib, qochib ketishgan. Uydan hech narsa olisholmagan. Viloyat va tuman ichki ishlar xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir davomida bosqinchilar ikki kunda qo‘lga olindi. Ular bu uyga Akbar Jamilovning nevarasi navodkasi bilan borgani haqida ko‘rsatma berishgan. Hozir gumonlanuvchilarning barchasi Narpay tumani ichki ishlar bo‘limida saqlanmoqda. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligidan ham tergovchilar kelgan”, dedi mulozim.

Uning aytishicha, Akbar Jamilov qariyb o‘n yil davomida Narpay tumani hokimi bo‘lib ishlagan. O‘sha paytda O‘zbekiston Bosh vaziri bo‘lib ishlagan Shavkat Mirziyoev bu odam bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan.

2004 yilda Akbar Jamilov ishdan bo‘shatilgan.

Bir necha yil oldin Akbar Jamilov vafot etganda, uning janozasiga shaxsan Shavkat Mirziyoevning o‘zi kelgani aytiladi.

XS
SM
MD
LG