Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:05

OzodMikrofon: “Vrachlar xatosi tufayli xotinim yana to‘rt marta operatsiya qilindi”


Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida istiqomat qiladigan Yo‘ldosh Odilov OzodMikrofon ga qo‘ng‘iroq qilib, xotini Oysha Odilovani Respublika perinatal markazida noto‘g‘ri operatsiya qilingani va buning oqibatida u bir o‘limdan qolganini iddao qildi.

Yo‘ldosh Odilovning aytishicha, vrachlar operatsiya vaqtida ayolining bachadonini undan so‘ramasdan olib tashlab, buning ustiga siydik yo‘lini bichib qo‘ygan.

Yo‘ldosh Odilovning bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi va prokuraturaga qilgan murojaatlari natijasiz qolyapti.

Янгийўллик Йўлдош Одилов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:30 0:00
Бевосита линк

“O‘ligim uyimdan chiqsin”

Navoiy shahrida yashaydigan 70 yashar Hafiza Sohibova shaharda yangi qurilayotgan uylardan ipotekaga sotib ololmayotganidan shikoyat qildi. Hafiza opa kasalxonada 40 yil oddiy xizmatchi bo‘lib ishlaganini va yotoqxonada yashashini aytar ekan, u “o‘ligim yotoqxonadan emas, o‘z uyimdan chiqishini orzu qilaman”, deydi.

Навоийлик 70 яшар онахон Ҳафиза Соҳибова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:00 0:00
Бевосита линк

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 602 612 713 va +420 724 971 539 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG