Линклар

O‘zbekistonda Odam immun taqchilligi sindromi (OITS) kasalligini yuqtirgan chinozlik 30 yoshli yigit Ozodlik bilan suhbatda umidsizlik va tushkunlik girdobida qolgani¸ kasalligi tufayli hech qaerda ishlay olmayotgani, hukumatga moddiy yordam so‘rab qilgan bir necha murojaatlari natijasiz bo‘lganini aytdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha odam immun taqchilligi sindromini yuqtirgan besh milliondan ortiq kishi qayd etilgan.

Har yili ushbu xastalikka chalinganlarning 1,5 million nafari haëtdan ko‘z yummoqda.

O‘zbekistonda 21 mingdan ortiq OITS yoki OITVni yuqtirgan odam borligi aytiladi.

Keyingi yillarda tashqi migratsiya tufayli ushbu xastalikning O‘zbekistonda ko‘payishi kuzatilmoqda.

XS
SM
MD
LG