Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:57

Davlat va xususiy sektor hamkorligi to‘g‘risida qonun muhokamaga qo‘yildi


Farg‘onalik tadbirkor qurgan bino
Farg‘onalik tadbirkor qurgan bino

O‘zbekistonda qabul qilinayotgan Normativ-huquqiy aktlar portalida "Davlat va xususiy sektor hamkorligi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihada davlatga qarashli bo‘lgan ob’ektlar, masalan, metro, shifoxona, qozonxonaning qurilish yoki ta’mirini manfaatli kelishuv asosida xususiy sektorga berish taklif qilingan.

Gazeta.uz saytining yozishicha, qonun loyihasida belgilangan "o‘zaro manfaatli hamkorlik" sxemasiga binoan "davlat mavjud ishlab turgan ob’ektlarning egasi bo‘ladi, qurilish yoki ta’mirlash uchun g‘aznadan mablag‘ sarflamaydi".

Bu ishni xususiy sektor vakillari amalga oshiradi. Ya’ni, "xususiy tadbirkorlar mavjud ob’ektlarning keyinchalik ekspluatatsiyasi uchun mablag‘ ishlab topadi".

Adliya vazirligi ishlab chiqqan loyihaga berilgan izohda bunday sxema Germaniya, Fransiya, Braziliya, Latviya, Yaponiya va Janubiy Koreyada qo‘llangani, natijada, "ijtimoiy muammolarning hal qilinishida davlat byudjetidan bo‘ladigan harajtlarning qisqarishiga olib kelgan"i ta’kidlangan.

Mazkur qonun loyihasiga ko‘ra, davlat xususiy sektor bilan hamkorlikda ishlatadigan ob’ektning realizatsiyasi tartibi, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv talablarini o‘zi belgilaydi. Shuningdek, bu hamkorlikni kafolatlaydi va qo‘llab-quvvatlaydi.

Loyihaga berilgan izohda tilga olingan davlatlarda ko‘proq ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ob’ektlar, masalan, jamoat transporti (metro, temir yo‘l qurilishlari), kommunal xizmat infrastrukturasi, axlatni qayta ishlash, shifoxona, mehribonlik uylari qurilishi yoki ta’miri kabi sohalarda davlat va xususiy sektorning o‘zaro manfaatli hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.

Ya’ni, bu ob’ektlar davlatga qarashli bo‘ladi, ammo ulardagi qurilish yoki ta’mirlash ishlarini xususiy sektor vakillari o‘zaro manfaatli hmkorlik asosida amalga oshiradi.

Bunday qonun, ayni paytda, sobiy sovet davlatlaridan Rossiya, Belorus, Ukraina, Moldova, Qozog‘iston va Tojikistonda qabul qilingan.

Hozircha davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikni O‘zbekistonning ilmiy-texnikaviy sohalar, innovatsion texnologiya, telekommunikatsiya, metallurgiya, tibbiyot, uy-joy va kommunal xizmat, agrosanoat kabi jami 16 sohada yo‘lga qo‘yish taklif qilindi.

XS
SM
MD
LG