Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:36

Ukraina prezidenti: YeIga vizasiz rejim - bizdan Rossiya imperiyasiga “alvido”!


Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko
Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko

Ukrainaliklar 11 iyun kuni ertalabdan, rasman, Yevropa Ittifoqiga vizasiz borib-kelish huquqiga ega bo‘ldi. Mamlakat prezidenti ushbu qadamni “Rossiya imperiyasi bilan so‘nggi “xayrlashuv”, deya olqishladi.

Prezident Petro Poroshenko 11 iyun kuni Ukraina bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida vizasiz rejim kuchga kirishidan oldin - kunduzgi soat 12 dan boshlab, soatni teskari sanashni boshlash marosimida nutq so‘zladi.

“Bu Rossiya imperiyasiga so‘nggi “xayr”imiz bo‘ladi. Bundan buyon “SSSRga qaytish” degan so‘zlarni faqat “Bitlz” ansamblining qo‘shig‘ini tinglayotganda eshitish mumkin. Endi hech qachon Sovet Ittifoqiga qaytmaymiz, chunki biz mag‘rur va erkin demokratik mamlakat sifatida Yevropa millatlari oilasiga qaytyapmiz. Men shu ishni uddalaganimizdan faxrlanaman”, dedi Ukraina prezidenti.

Ukrainaning chegara xizmati rasmiylari yangi qoidalar kuchga kirishi bilan chegara punktlaridan o‘tuvchi yo‘lovchilar oqimi 30 foizga oshishini kutmoqda.

Yevropa Ittifoqining Ukrainadagi delegatsiyasi rahbari Hyug Mingarellining ma’lum qilishicha, ukrainaliklar “hech bir viza talabisiz G‘arbiy Yevropaning 33 mamlakatiga safar qilish imkoniga ega bo‘ladi”.

Ya’ni, biometrik pasporti bo‘lgan Ukraina vatandoshlari 180 kunlik muddat mobaynida Irlandiya va Buyuk Britaniyadan boshqa Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarga hech bir vizasiz 90 kunga borib kelishi mumkin. Ushbu qoida YeIga a’zo bo‘lmagan, ammo Shengen zonasiga a’zo mamlakatlar: Norvegiya, Islandiya, Lixtenshteyn va Shveysariyaga ham tegishli.

Poroshenkoning o‘tmishdoshi Viktor Yanukovich 2014 yili YeI bilan yaqin aloqalar o‘rnatish rejasini imzolashdan bosh tortgandan so‘ng, Yevropa tarafdorlarining ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan va natijada u hokimiyatdan chetlatilgan edi.

YeIning tashqi siyosat mahkamasi rahbari Federika Mogerini ham bu hodisani olqishladi:

“Bugun biz Ukraina va Yevropa Ittifoqi xalqlari o‘rtasidagi to‘siqni o‘rtadan olib tashlayapmiz. Bundan buyon mamlakatlarimiz o‘rtasida qisqa muddatli safarlar uchun viza talab qilinmaydi. Bu ishni uddaladik, birgalikda uddaladik. Ukraina vatandoshlari ulardan talab qilingan islohotlarni amalga oshirdi. Mana endi biz Yevropa Ittifoqida turib, bergan va’damizni bajardik”, dedi YeI mulozimi.

XS
SM
MD
LG