Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:06

Mirziyoev sudlarni "xalqparvar va adolatli" qilmoqchi


13 iyun kungi kengaytirilgan videoselektor majlisini asosan sud tizimidagi adolatsizlik va poraxo‘rlik tanqidiga bag‘ishlagan prezident Mirziyoev¸ "odamlarning sud ostonasidan davlatga do‘st bo‘lib chiqib ketishi" uchun har qanday keskin choralarga qo‘l urajagini bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 13 iyun kuni o‘tkazgan videoselektor mamlakat sud tizimidagi bugungi vaziyat¸ odil sudlovni ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.

Prezident matbuot xizmatining bildirishicha¸ bu yig‘inda Oliy Majlis ikkala palatasi rahbarlari, Bosh vazir, Sudyalar oliy kengashi a’zolari, Oliy sud raisi, huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari, viloyat, tuman va shahar sudlari sudьyalari¸ shuningdek videoaloqa orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimlari, huquq-tartibot idoralarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari, faxriylar, jamoatchilik vakillari qatnashgan.

Prezidentning bu majlisda qilgan tanqidiy nutqi nishoni sud tizimi¸ unda adolat qaror toptirishning nechog‘li qiyinligi¸ sudyalarning poraxo‘rligi va ma’naviy saviyasining pastligi bo‘ldi:

- Fuqarolar adolatni qaror toptirish uchun oylab¸ yillab sarson-sargardon bo‘lib najot izlab prezidentga murojaat qilmoqda. Shuning o‘zi sudlar faoliyatiga xalq tomonidan berilaëtgna xolisona baho emasmi? -dedi prezident jumladan.

Sud tizimidagi ayanchli ahvol ifodasi sifatida prezident ayrim raqamlarni tilga oldi:

- Oxirgi yillarda qariyb 50 nafar sudya jinoiy javobgarlikka tortildi. Joriy yilning o‘tgan olti oyida 7 sudya jinoyatga qo‘l urdi. Asosiy vazifa va burchi oqni oqqa¸ qorani qoraga ajratish¸ adolatni himoya qilishdan iborat bo‘lgan sudya qonunga¸ o‘z kasbiga xiyonat qilsa¸ dodini kimga aytadi odamlar? Adolat izlab qaerga boradi? - degan prezident Andijon viloyat Xo‘jalik ishlari sudi raisi o‘rinbosari Abdullaevning 150 ming dollar pora olayotgan mahal qo‘lga olinganini misol qilib keltirdi.

“Sudlar ishiga bundan so‘ng xalqning o‘zi baho beradi”¸ “sud ostonasiga qadam qo‘ygan xalqimiz davlatga do‘st bo‘lib chiqishi kerak”¸ "sudlar xalqparvar¸ adolat qo‘rg‘oni bo‘lishi uchun¸ kerak bo‘lsa konstitutsiyani ham o‘zgartiramiz"¸ degan Mirziyoev¸ Sudyalar oliy kengashiga bir oy ichida bu maqsadga eltuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasini topshirdi.

Prezident kengashga xususan¸ sudyalar faoliyatiga har qanday aralashuvga barham berishga oid taklif kiritishni buyurdi.

- Bir odam aralashdimi¸ jazo muqarrar aralashgan odamga. Qanday og‘ir bo‘lmasin¸ shu qarorni qabul qilamiz¸ dedi jumladan prezident.

Prezident Mirziyoevning 13 iyun kungi nutqiga munosabat bildirgan andijonlik tadbirkor Mahmudjon Baratov¸ sud tizimini mamlakatdagi eng korrupsiyalashgan sistema ekanini va uning prezident devoni¸ MXX va prokuratura qo‘lidagi qo‘g‘irchoqqa aylanganini aytadi.

- Nihoyatda korrupsiyalashgan tizim bu. Yoki kimlarningdir buyurtmasini bajaradi¸ yoki adolatni kimoshdiga qo‘yadi. Porasini bersangiz¸ oqni qora¸ qorani oq deb hukm chiqarib beradi. Karimovdan qolgan eski¸ poraxo‘r sdu’yalar bilan Mirziyoev bu ahvolni qanday o‘zgartiradi¸ shunga hozircha tushunmayroq turibman¸ - deydi yillardan beri sudlardan adolat topolmay kelayotgan Mahmud Baratov.

Qumqo‘rg‘on neft-gaz kollejining sobiq direktori Anvar Murodov ham ikki yildan beri o‘ziga nisbatan nohaqlikka barham berilishini so‘rab¸ sudlar eshigini qoqib kelayotgan o‘zbekistonliklardan bittasi.

Ozodlik bilan suhbatda Murodov¸ Mirziyoevning xalqqa xush ëqadigan bunday tanqidlarining sud tizimidagi ahvolni o‘zgartirishiga ishonchi yo‘qligini aytadi:

- O‘zbekistonda davlat bergan vakolatdan o‘z g‘arazi uchun foydalanayotgan poraxo‘r sudmyalar uchun o‘lim jazosi kiritish kerak. Shunda bular xalqqa bu qadar adolatsizlik qilishdan ozgina tiyilishi mumkin. Boshqasi faqat quruq gap¸ deydi Murodov.

Ozodlikning 15 iyun kungi “Qurultoy”i O‘zbekiston sudlarini ijro hokimiyatidan mustaqil¸ adolatli tizimga aylantirish uchun nimalar qilish kerak¸ degan savol muhokamasiga bag‘ishlanadi. Bu boradagi fikr-mulohazalaringizni Ozodlikka saytimizda sharh qoldirish¸ yoxud ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG