Линклар

Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida yashovchi 23 yoshli Erbo‘lat O‘zbekistonda o‘zi mansub bo‘lgan jinsiy ozchilik vakillariga nisbatan toqatsizlik va kamsitishlar tufayli ishidan ham ayrilganini bildirdi. Nukus shahridagi shifoxonada massajchi bo‘lib ishlgan Erbo‘lat bosh vrach uni gey bo‘lgani uchun ishdan bo‘shatganini aytdi.

Ozodlik bilan suhbatda Erbo‘latjinsiy orientatsiyasi sabab ishdan bo‘shatilgani, hozirda ayni sababga ko‘ra ish topa olmayotganini gapirib berdi.

- Bosh vrachimiz men gey ekanim haqidagi iqrorimni bilib qolgan. Shuni ro‘kach qilib, "bizni sharmanda qilib yuribsan, bizga senday geylar kerak emas, arizangni yoz", dedi. Yozib berishga majbur bo‘ldim. Shundan buyon ishsizman. Hech qaerga olishmayapti, - deydi Erbo‘lat.

Ozodlik Erbo‘lat ishlagan Nukusdagi kasalxonaga bog‘landi. Kasalxona kadrlar bo‘limi mulozimi uni hech kim bo‘shatmagani, o‘z arizasiga binoan ketganini aytdi.

O‘zbekistonda gey va lesbiyanlarga nafrat bilan qarash hali ham kuchli, jinsiy orientatsiyasi sabab ularning muntazam kamsitilishi odatiy xoldir.

Bundan tashqari ushbu mamlakatda gomoseksualizm jinoyat darajasiga ko‘tarilgan.

"Gomoseksualizm o‘zbeklar uchun jirkanch"

O‘zbekiston Jinoyat Kodeksida "besoqolbozlik" sifatida tasniflangan gomoseksualizm o‘rtacha og‘irlikdagi jinoyat sanaladi va gomoseksualizm bilan shug‘ullangan fuqarolar 3 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishlari mumkin.

O‘zbekistonda gomoseksualistlar jamoat nafratidan qo‘rqqani bois¸ o‘z jinsiy orientatsiyalarini ochiq ayta olishmaydi.

-Bu yerda yakkalanib qolganman. Jinsiy orientatsiyam sababli hamma ustimdan kuladi, mazah qiladi. Lekin, bunday qarasa gomoseksualist odamlardan ko‘ra boshqalarni qo‘lidan ko‘p jinoyatlar qilinyaptiku. Ularni hech kim yomonlamaydi. Gomoseksualistlarni butunlay qoralab tashlash noto‘g‘ri, -deydi Erbo‘lat.

O‘zbekistonning avvalgi prezidenti Islom Karimov o‘z chiqishlaridan birida “gomoseksualizm o‘zbeklar uchun jirkanch” deb ta’kidlagan edi.

XS
SM
MD
LG