Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:46

Atambaevni tanqid qilgan jurnalist 130500 dollar jarimaga tortildi


Narin Ayip Qirg‘izistondagi eng taniqli jurnalistlardan biri hisoblanadi.
Narin Ayip Qirg‘izistondagi eng taniqli jurnalistlardan biri hisoblanadi.

Qirg‘izistondagi eng taniqli jurnalistlardan biri Narin Ayip prezident Almazbek Atambaev qadr-qimmatiga va obro‘siga putr yetkazganlikda ayblanib, 9 million qirg‘iz so‘mi, ya’ni 130 ming 500 dollar jarimga tortildi.

Bishkek shahar Oktabr tuman sudida 3 iyul kuni bo‘lib o‘tgan mahkamada Narin Ayipni bosh prokuraturaning uchinchi da’vo arizasi asosida 3 million so‘m jarima to‘lashga hukm qildi.

Umumiy hisobda jurnalist Narin Ayipga nisbatan bosh prokuratura sudga uchta da’vo arizasi kiritgan edi. Avvalgi sud jarayonlarida qolgan arizalar ham qanoatlantirilgan va Narin Ayip umumiy hisobda 9 million so‘m, ya’ni 130 ming 500 dollar miqdorida jarimga tortildi.

Qirg‘iziston bosh prokuraturasi mamlakadagi eng taniqli jurnalistlardan biri bo‘lgan Narin Ayipni prezident Almaz Atambaevning obro‘siga va qadr-qimmatiga putr yetkazadigan bir nechta maqola yozganlikda ayblagan.

Bu maqolalardan birinchisi ikki yil avval Zanoza.kg saytida e’lon qilingan edi. Qolgan ikki maqola ham aynan mana shu saytda nashr etilgan.

Narin Ayip o‘z maqolalarida prezidentni tanqid qilgan, jumladan, eng so‘nggi maqolasida korrupsiyada ayblanib fevral oyida qamalgan muxolifat lideri O‘murbek Tekebaev yuzasidan parlamentda bo‘lgan muhokamani, bundan avvalgi maqolasida esa dunyodagi avtoritar liderlar hisoblanadigan prezidentlarning tarjimai hollarini yoritgan edi.

Narin Ayip sudlar chiqargan hukmlarni siyosiy bosim sifatida qabul qilishini aytdi:

-Birinchidan, men maqolalarimda haqiqatan ham tanqid qilganman. Ammo tanqid mamlakatimizda taqiqlanmagan. Maqolalarim tanqidiy bo‘lgan esa-da, ularning birortasida biron bir shaxsning qadr – qimmati, or-nomusi yoki obro‘siga putr yetkazadigan so‘zlar ishlatilmagan, -dedi Narin Ayip.

Avvalroq "Fridom Xaus" xalqaro tashkiloti ham Qirg‘izistonda qator jurnalistlar hamda nashrlarga nisbatan olib borilayotgan bu kabi sud jarayonlarini tanqid qilib, hukumatni matbuotga nisbatan bosimlarni to‘xtatishga chaqirgan edi.

Parlamentdagi hukmron sotsial-demokratlar fraksiyasi deputati Janar Aqaev bu kabi chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi:

-Agar Qirg‘iziston sudlari mana shunday qarorlarni chiqarishda davom etsa, mamlakatda qurch jurnalistika yo‘qoladi. Prezident bosh bo‘lib nashrlar va jurnalistlarni millionlagan jarimlaraga tortish oxir oqibat mamlakatda yopiq jamiyat shakllanishiga sabab bo‘ladi, -dedi deputat.

Ayni paytda Qirg‘izistonda matbuot so‘z erkinligi mas’uliyatini his qilmasdan, shaxslarning qadr-qimmatiga putr yetkazuvchi tekshirilmagan maqolalarni ham chop eta boshladi, deb fikrlovchilar ham oz emas. Ulardan biri siyosatshunos Igor Shestakov mana bularni aytdi:

-Bir-ikkita sud jarayoni matbuot erkinligiga tahdid solmoqda, deb aytish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Mening bilishimcha, sudda maqolalarda aytilgan faktlar tasdiqlanmadi. Qirg‘izistonda o‘nlab nashrlar prezidentni ham, hukumatni ham tanqid qilishmoqda. Lekin ularni hech kim sudga berib, bosim ko‘rsatayotgani yo‘q, -dedi Igorь Shestakov.

Qirg‘iziston bosh prokurori Indira Joldubaeva bir necha oy oldin Zanoza.kg saytini, mazkur sayt ta’sischisi bo‘lgan "Promedia" jamg‘armasini, jurnalistlar Narin Ayip va Dina Maslova, sobiq deputat Cho‘lpo‘n Jakupovani prezident to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatganlikda ayblab sudga bergan edi.

Bu da’vo arizalari bo‘yicha bosh prokuror jurnalistlardan prezident obro‘siga putr yetkizgani uchun 24 million so‘m undirib berilishini talab qilgan.

XS
SM
MD
LG