Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:51

Termiz shahar hokimi odamlar yashab turgan uylar tomini qo‘portirmoqda (VIDEO)


Termiz markazidagim buzilishga tushgan uylar
Termiz markazidagim buzilishga tushgan uylar

Surxondaryo viloyati Termiz shahri markazidagi ikki qavatli uylarning tomi egalari ruxsatisiz qo‘porib tashlanmoqda. Bu uylarda yashayotganlarning Ozodlikka aytishicha, hokimlik shu usul bilan buzilishga tushgan uylardan odamlarni chiqishga majburlamoqda. Shahar hokimligiing Ozodlik bog‘langan rasmiylari bu e’tirozlarga izoh berishdan o‘zini olib qochdi.

Termiz shahar hokimining shaharni rekonstruksiya qilish qaroriga ko‘ra, At-Termiziy ko‘chasidagi ikki qavatli 2,4,6,8-uylarning tomi qo‘porib tashlanmoqda.

Bu haqda Ozodlikka shikoyat qilganlarga ko‘ra, hokimlik shu yo‘l bilan odamlarni uyidan haydab chiqarmoqchi.

Термиз марказида уйлар бузилмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:09 0:00

18 yashar Nigina Yo‘ldasheva Ozodlik bilan suhbatda tomi qo‘porilgan uylar yozning jaziramasida juda ham isib ketayotgani bois ularda qolib yashash imkonsiz bo‘lib qolayotganini aytadi:

- Siz Termizdagi 50 daraja issiqni tasavvur qilasizmi? Biz ikkinchi qavatda turamiz. Tomimizni olib tashladi. Nafas olish imkonsiz bo‘lib qoldi. Bizga fevralь oyida uylarni buzamiz, yangi uy qurish uchun yetarli kompensatsiya beramiz, yoki shunaqa uy topib beramiz deyishgandi. Endi esa, bir xonali, barcha sharoitlari bor uyimizga shahardan ancha uzoq joydan yer va plastikka 43 million so‘m tovon puli tushirib beramiz¸ deb turishibdi. Axir bu pulga bizdek kambag‘al oilalar uy qura olmaydiku, deydi Nigina Yuldasheva.

Buzilayotgan uylar
Buzilayotgan uylar

Shu uylarning birida yashaydigan Rohila ismli ayol ham, to‘rt farzandi bilan qaerga borishni bilmay qolganini aytadi:

- Biz kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida turamiz. Xo‘jayinim 400 ming so‘m oylik oladi. Bir xonali uyda turamiz, gaz, svet bor. Lekin endi Hayraton ko‘prigi yaqinidan yer taklif qilayapti. Biz u yerda qanday qilib 43 million so‘mga uy qura olamiz? Bolalarim shahardagi maktabda o‘qiydi. Boshim qotib qoldi, deydi Rohila.

Onasi ham, o‘zi ham faqat pensiya hisobiga yashaydigan 58 yashar Dilya opaning aytishicha, uylarni narxlashda bozor bahosi hisobga olinmagan:

- Uylarimiz tavakkal narxda baholangan. Biz onam ikkimiz xususiylashtirilgan ikki xonali uyda yashaymiz. Mana senga 79 million so‘m plastikka, it topmas joydan yer, bor qurib ol, deyapti. Uy-joy to‘g‘risidagi Kodeks bo‘yicha, hokimiyat bizning uyga teng keladigan uy topib berishi, yoki shunday ikki xonali uy qurishga yetadigan tovon puli berishi kerak. Lekin bular qonunga tupurgan. Biz turgan uy juda yaxshi edi, park qurilayotgani uchun buzishayapti. Endi uning o‘rniga umuman sharoiti yo‘q, 2- 3 yildan so‘ng yana buzilishga tushadigan eski uylardan taklif qilishayapti. Bu uylarga biz rozi emasmiz desak, hokim ana lopatka, borib yangi uy qurib ol, deydi. 78 yashar onam, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xodim, mehnat veterani. O‘zim ham sobiq vrach bo‘lib ishlaganman. Jamiyatdagi qadrimiz shu bo‘ldimi, endi, deydi Dilya opa.

Termiz shahar hokimining kapital qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Shuhrat Rahmonqulov uylari buzilayotgan odamlarning iddaolarini Ozodlik muxbiridan diqqat bilan eshitdi va telefon nomerini yozib olgach, “Yaxshi, men kattaga aytaman, sizga chiqadi”, deb aloqani uzib qo‘ydi.

O‘rinbosar “katta” deb atagan shahar hokimi Isroil Xudoyqulov Ozodlik bilan aloqaga chiqmadi va 4 iyul kun davomida hokim bilan bog‘lanishga bo‘lgan harakatlar natija bermadi.

Uyi buzilishga tushgan fuqaroning qanday qonuniy haqqi bor?

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 27-moddasida “Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan uyi (kvartirasi) buzilishi lozim bo‘lgan fuqarolarni turar-joy bilan ta’minlash” tartibi mana bunday belgilab qo‘yilgan:

“Yer uchastkalari davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda mazkur fuqarolarga, ularning oila a’zolariga, shuningdek, ushbu uylarda (kvartiralarda) doimiy yashayotgan fuqarolarga ularning xohishiga binoan va taraflar kelishuviga ko‘ra barcha qulayliklari bo‘lgan avvalgisiga teng qiymatli uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi boshqa turar-joy mulk qilib beriladi hamda dov-daraxtlarning qiymati to‘lanadi yoxud buzilayotgan uy, boshqa imoratlar, inshootlar va dov-daraxtlarning qiymati to‘lanadi. Buzilayotgan uyning (kvartiraning) qiymati berilayotgan turar-joyning qiymatidan ortiq bo‘lgan holda bu farq mulkdorga kompensatsiya qilinishi lozim”.

XS
SM
MD
LG