Линклар

Шошилинч хабар
21 январ 2021, Тошкент вақти: 13:32

Xorazmlik videoblogger: Odamlar kameradan qo‘rqib qolgan...


Blogger Shuhdil

Sankt-Peterburgdan ona shahri Urganchga o‘tgan hafta ta’tilga borgan blogger Shuhdil Xorazm viloyatidan har kuni jonli videoblog tayyorlab, qisqa vaqt ichida o‘n minglab Internet foydalanuvchisi nazariga tushdi. Bloggerning Urganchdagi mashina bozoriyu sartaroshxonalaridan tayyorlagan videobloglarini har kuni 50 mingdan ziyod odam tomosha qilmoqda.

- Bunaqa qiziqish bo‘lishini kutmagandim, - deydi blogger Ozodlik bilan suhbatda.

Shuhdil (asl ismi Shuhrat) Xorazmda qaerga bormasin¸ videokamerasi yoniqligini aytadi.

Blogger yuzerlar iltimosiga ko‘ra Urganch markazidan oqib o‘tuvchi Shovot kanali tubiga suvdan himoyalangan videokamerasi bilan sho‘ng‘idi.

Bunday sarguzashtnamo videomateriallarni tayyorlash¸ Shuhratning e’tiroficha¸ O‘zbekistonda oson ish emas:

- Bu yerda odamlar videokameradan qo‘rqar ekan, ko‘pchilik o‘zini ob’ektivdan chetga oladi. Chunki yashirincha videoga olib, odamlarni har xir qiliqlarini qo‘yib yuborishlar bo‘lar ekan-da. Shundan odamlar qo‘rqib qolgan. Lekin men odamlarga tushuntirib, niyat yaxshi ekanligini aytib, ularning ruxsati bilan videolarni olayapman, tushunadiganlar ham bo‘layapti, - deydi Shuhrat.

O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi ortishi barobarida turli mavzudagi internet bloglar ham ko‘paymoqda:

- Mening videobloglarimga chet elda yashaydigan hamyurtlarimiz qiziqish bildirishayapti. Youtube analitikdan tekshirsam meni ko‘rayotganlarning 92 foizi Rossiyadan, qolgani Yevropa, Amerika. O‘zim Sankt-Peterburgda ishlayman. O‘zim ham xorijda ekan¸ vatanim O‘zbekistondan olingan eng so‘nggi videolarni internetda tomosha qilishni yaxshi ko‘rar edim. Shundan kelib chiqib, hozir qaerga borsam videoga olib, videoblog tarzida internetga joylayapman. Bu yerda yurib¸ qiziqarli hodisalarni ko‘rsatmoqchiman, - deydi Shuhrat.

Urganchlik blogger Shuhdil bilan to‘liq suhbatni bu erda tinglang.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:31 0:00
Бевосита линк

O‘zbekiston blogosferasida so‘nggi yillarda videoblogerlik bilan shug‘ullanuvchilar ko‘paydi.

O‘zbek tilidagi videoblogglar ichida o‘zbek milliy taomlari, moda, shuningdek futbolga taaluqli bloggerlar mashhur, deydi o‘zbekistonlik yangi media sohasi mutaxassisi Ravshan Hakimov.

-Youtube portaliga kirsangiz¸ o‘zbek tilida muntazam videobloglar beradigan o‘nlab bloggerlar bor. Bular¸ asosan¸ o‘zbek taomlari haqida yoki futbol. So‘nggi paytlarda futbol bo‘yicha videobloggerlar ko‘paydi, - deydi Hakimov.

Lekin, Hakimovga ko‘ra, erkin fikrli videobloggerlar O‘zbekiston ichida yo‘q:

- Deylik, bitta-yarimtasi O‘zbekistonda blog ochib¸ bu blogda O‘zbekiston haqida yoki O‘zbekistondagi organlar haqida biron tanqidiy maqola chiqsa va bu blog ko‘pdan beri bor bo‘lsa-da¸ bir-ikki kunning ichida darrov yopiladi. Agar u endi chiqqan blog bo‘lsa¸ bir-ikki haftada yopiladi. Endi menimcha buning senzurasi bilan shug‘ullanadigan odamlar bo‘lsa kerak, - deydi o‘zbekistonlik mutaxassis.

XS
SM
MD
LG