Линклар

Шошилинч хабар
14 ноябр 2019, Тошкент вақти: 21:51

Ozodbek Nazarbekov hokimiyat "ko‘ngilxushi"ga aylangan televidenieni o‘zgartira oladimi?


O‘zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekov

O‘tgan hafta mamlakat prezidenti tarafidan ‘Yoshlar’ telekanaliga rahbar qilib tayinlangan 43 yashar xonanda Ozodbek Nazarbekov TVda "katta o‘zgarishlar"ni “juda tez suratda” amalga oshirishga va’da berdi.

Ayni paytda o‘zbek blogosferasi “qo‘shiqchining TV rahbari” bo‘lishiga salbiy munosabat bildirmoqda. O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davronga nisbat berilgan sahifalar osha sayr qilayotgan izohlardan birida "...TV otarchilar qo‘lida. Matbuot otarchilar qo‘lida! Ilohim, otarchilar tezroq o‘tarchi bo‘lsin!", - deb yoziladi. Boshqa izohlarda qo‘shiqchi “diniy ekstremist¸ maddoh¸ Ahmadboydan foiz olgan sudxo‘r¸ hamkasblari ustidan donos yozadigan chaqimchi” kabi epitetlar bilan siylanadi.

Tanqidchilar joriy yilning 5 iyun kuni Nazarbekov ham qatnashgan majlisdagi gapni ham esga olishdi.

“O‘zbekkonsert” idorasiga direktor qilib tayinlangan Azamat Haydarov esa o‘z so‘zida, “ramkadan” chiqib “siyosatga aralashadigan” san’atkorlar faoliyatini ma’qullamasligini aytgan edi.

“Hurmatli xonandalar, xalqimizda hamma o‘z ishini qilsin, degan gap bor. Siyosatchi siyosat bilan, dehqon dehqonchiligi bilan shug‘ullansin¸ sizlar esa faqat qo‘shiq bilan shug‘ullaninglar. Chumchuq so‘ysa ham¸ qassob so‘ysin"¸ degan edi qat’iy ohangda ashulachilarning yangi idorasiga raxbar bo‘lib kelgan eski amaldor.

Ayni majlisdan bir oy o‘tib bu gaplarning ziddi sifatida TVga rahbar bo‘lgan qo‘shiqchi Nazarbekov Xalqaro press-klubning yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan 3 iyul kungi anjumanda o‘ziga qaratilgan dashnomlarga javob qaytaridi.

“Men haqimda¸ buning televideniega nima aloqasi bor? degan gaplar bo‘layapti. Tosh otish uchun u odam haqida hech narsa bilmaslikning o‘zi yetadi"¸ degan qo‘shiqchi "Yoshlar" telekanalini juda katta o‘zgarishlar qilishini aytdi.

“ Juda ham katta o‘zgarishlar! Tez bo‘ladigan o‘zgarishlar qilaman. Telekanaldagi o‘zgarishlar sekin-sekin emas, juda tez bo‘ladi”¸ deya ta’kidladi qo‘shiqchi.

Taniqli jurnalist¸ "Amerika Ovozi" radiosi boshlovchisi Navbahor Imomova “shou biznes vakilining matbuot tizimiga rahbar qilib tayinlashini salbiy va ko‘p savollar tug‘diradigan holat"¸ deb baholadi:

- Bu holat O‘zbekiston rahbariyatining matbuotga axborot tarqatuvchi to‘rtinchi hokimiyat deb emas, balki hokimiyat nazoratidagi ko‘ngilochish vositasi deb qarashini anglatadi¸ deydi Imomova.

Навбаҳор Имомова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:14:03 0:00

Ozodbek Nazarbekovni 1994 yildan beri yaqindan bilishini aytgan "Surxon" musiqiy guruhi rahbari Ilhom Mamataliev Ozodlik bilan suhbatda qo‘shiqchini “yaxshi menejer va uzoqni ko‘ra oladigan strateg rahbar” deb atadi:

- Odamlar bor bo‘lsang ko‘rolmaydi¸ yo‘q bo‘lsang berolmaydi. Nazarbekovning qo‘shiqchiligi uni lavozim sohibi bo‘lishiga to‘siq bo‘la olmaydi. U yaxshi tashkilotchi rahbar ekanligini ko‘plab musiqiy loyihalarni amalga oshirish chog‘ida isbot qilgan. Qolaversa¸ TV ishlab turgan mexanizm. Bu mexanizmni menejerlik qobiliyatiga ega Ozodbek Nazarbekov bemalol uddalaydi. Ba’zi siyqa mulozimu jurnalistlardan ko‘ra¸ ko‘proq eplaydi¸ mana ko‘rasizlar¸ dedi Mamataliev Ozodlik bilan suhbatda.

Сурхон гуруҳи раҳбари Илҳом Маматалиев билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:51 0:00

Ozodbek Nazarbekovning ilk qo‘shiqlarini o‘tgan asrdan boshlab ommaaga tarqatib kelayotgan 47 yashar prodyusser¸ mamlakatdagi ilk xususiy studiyalardan biri “Beshyog‘och” studiyasi asoschisi Akmalbek “Ozodbek televidenieni byurokratiyadan ozod qiladi”¸ deyaishonch bildirdi:

- Ozodbek rostgo‘y¸ qo‘qonmanziratdan uzoq odam. Uni 1992 yildan beri yaqindan bilib, hamkorlik qilib kelaman. Prokurorlarga qarshi gapirgan bittta odam bo‘lsa, Ozodbek bo‘ladi. Qolaversa, bu kishi doimo hozirgi rahbarning qo‘llab-quvvatlashiida bo‘lib kelgan katta shaxsiyat. Televidenieni yangilaydi¸ yangilaganda ham¸ odam tanimaydigan qiladi¸ deydi Akmalbek.

Тошкентлик продюссер Акмалжон суҳбати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:19:37 0:00

2002 yildan "O‘zbeknavo" estrada birlashmasida yakkaxon xonanda sifatida faoliyat boshlagan Nazarbekov 90-yillarda diniy ayblovlar bilan bir muddat ozodlikdan mahkum qilingan.

Bu voqea tafsilotlarini gapirgan Akmalbek¸ “ Olloh buyrug‘ini bajarib nomozini o‘qigani uchun Nazarbekov eski tuzum (Karimov davri nazarda tutiladi-tahr.) tamg‘asi va tuhmati bilan oz muddat qamoq sinovida” bo‘lganini aytadi.

Shu oy boshida O‘zbekiston Xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning san’atkorlar xizmatidan tekin foydalanib kelayotgan prokuror va boshqa kuch ishlatar tizimlarini tanqid qilgani munozaraga sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG