Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:13

Mirziyoevning qaroridan keyin rassomlar Oqtoshdagi ijod uyidan mahrum bo‘ldi


Taniqli rassom Ne’mat Qo‘ziboev mo‘yqlamiga oid "Oqtoshdagi rassomlar uyi" asari.
Taniqli rassom Ne’mat Qo‘ziboev mo‘yqlamiga oid "Oqtoshdagi rassomlar uyi" asari.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Toshkent viloyat, Bo‘stonliq tuman, Soyliq qishlog‘ida joylashgan “Oqtosh” ijod uyi yaqinda tashkil qilingan “Ilhom” jamoat fondi tasarrufiga badalsiz o‘tkazib berildi.

Bu haqda Ozodlikka ma’lum qilgan toshkentlik san’atshunos Akmal Rizaevga ko‘ra¸ rassomlarning qalam haqidan chegirilgan pullar evaziga Sovet davrida bunyod qilingan ijod uyi o‘tgan hafta rassomlar uchun eshigini yopgan:

- Sovet davrida o‘zbek rassomlarining jamoaviy mulki sifatida tashkil bo‘lgan bu oromgoh rassomlardan so‘ramasdan¸ yaqinda tashkil bo‘lgan va maqsadlari o‘ta mavhum tashkilotga tekinga berib yuborildi. Bu holatdan rassomlar norozi¸ - dedi munaqqid.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining o‘zini "akademiya raisi Akmal Nuritdinovning o‘rinbosari", deb tanishtirgan mulozimi "Oqtosh” ijod uyining boshqa tashkilotga badalsiz berib yuborilganligini tasdiqladi.

- Bino va unga tutash yer maydoni O‘zbekiston prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi qaroriga asosan berildi. To‘g‘ri “Oqtosh” ijod uyi o‘zbek rassomlari gonorarlari chegirmasi hisobidan qurilgan kollektiv mulk edi. Ammo akademiyaga vazirlik maqomi berilgandan keyin bu mulk avtomatik tarzda davlat mulkiga aylandi. Davlat mulk egasi sifatida binoni jamaot tashkilotiga badalsiz berdi. Bu yerda yuridik nizo yo‘q¸ -deydi mulozim.

O‘zbekiston prezidentining "O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori to‘qqizinchi bandida “O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Oqtosh” ijod uyi yangi tuzilgan“Ilhom” jamoat fondi tasarrufiga o‘tkazilishi aytilgan.

Qarorga ko‘ra¸ bu ijod uyi bundan buyon yangi tuzilgan fond a’zolarining to‘laqonli dam olishi uchun xizmat qiladi.

O‘zbekiston bastakorlar¸ teatr arbooblari va jurnalistlar uyushmasi fond a’zolari sifatida qayd qilingan.

Toshkentlik san’atshunos Akmal Rizevning aytishicha¸ Sovet davrida bastakorlar¸ teatr arboblari va jurnalistlar uyushmalarining ham ijod uylari mavjud bo‘lgan:

- Rassomlardan farqli o‘laroq, bu tashkilotlar boshiga kelgan rahbarlar o‘z tashkilotlariga oid oromgohlarni shubhali sxemalar asosida sotib yuborishdi. Rassomlar tashkiloti esa o‘z ijod uyini asrab-avaylab kelishdi. Bugun bu ijod uyini rassomlardan olib aytaylik jurnalistlarga berilishi insofsizlik,- deydi munaqqid.

Rizevga ko‘ra¸ “Yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash” kabi mavhum maqsadni ko‘zlagan bu tashkilot ilk qadamlaridanoq mavjud resurslarni qayta taqsimlash yo‘liga o‘tgan:

- Bunyod qilish yo‘lidan emas¸ balki tortib olib egalik qilish yo‘lidan bormoqda bu tashkilot. Prezident qaroriga ko‘ra, "Mahalla" xayriya jamoat fondining 7 milliard so‘m miqdordagi mablag‘i Fond hisob raqamiga xayriya asosida o‘tkazilgan. Hayriya degani o‘z ixtiyori bilan degani. Lekin hayriya qilinsin deb qarorda yozilishini o‘zi savol uyg‘otadi. Shuningdek, Moliya vazirligi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Oliy sud noqonuniy yo‘l bilan topilgan va musodara etilgan daromadlar hisobidan Fondga 13 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirishi ham qarorda ko‘rsatilgan. Birovlardan qaqshatib olingan pul “Ilhom” jamoat fondi aurasini ijobiy qilmasa kerak¸ deydi munaqqqid.

O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan Bastakorlar uyushmasi, Teatr arboblari uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasining O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi tashkil etilgan edi.

XS
SM
MD
LG