Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:39

OzodDayjest: Farg‘onada 60 yoshli ayol g‘ayritabiiy usulda jinsiy yaqinlikka majburlagan erini o‘ldirdi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Qashqadaryoda noyob archalarni kesgan shaxs ozodlikdan mahrum etildi. Toshkentda 26 yoshli yigitning o‘limiga “tez yordam” kechikishi cabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Buxoroda ishga qabul qilish evaziga pora talab qilgan mansabdor ushlandi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida xabar berdi.

_____________________________________________________________

O‘zbekistonda yetti oyi ichida 105 ta oilaviy qotillik ro‘y berdi

Joriy yil 20 avgust kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi 60 yoshli ayol 67 yashar erining joniga qasd qildi (“Postda”, 1 sentabr). Surishtiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, marhum er spirtli ichimliklarga mukkasidan ketgan bo‘lib, qirq yil bir yostiqqa bosh qo‘ygan rafiqasini mast holda muttasil kaltaklab, xo‘rlab kelgan. Qarib quyilmagan qariya xurmacha qiliqlari bilan mahallada ham otning qashqasidek hammaga ma’lum bo‘lgan. Qotillik ro‘y bergani kuni ham mushtumzo‘r er bo‘kib spirtli ichimlik ichgach, kampirini rosa kaltaklagan, keyin uni ma’nan ezib, g‘ayritabiiy usulda jinsiy yaqinlik qilishga majburlagan. Bu xo‘rliklarga chidolmagan ayol uxlab qolgan erini lom bilan urib o‘ldirgan.

IIV nashriga ko‘ra, joriy yilning 7 oyida oila-turmush doirasida 105 ta qotillik jinoyati sodir etilgan. Jumladan, 34 ta holatda er xotinining, 5 ta holatda xotin erining joniga qasd qilgan. Boshqa holatlarda esa qarindoshlar o‘zaro bir-birovining joniga qasd qilgan.

26 yoshli yigitning o‘limiga “tez yordam” kechikishi cabab bo‘lgani ehtimoli tekshirilmoqda

Toshkent shahri Yashnobod tumani “Tashselmash” mavzesida portlagan transformatorni ta’mirlash chog‘i hayotdan bevaqt ko‘z yumgan 27 yoshli yigitning o‘limiga “tez yordam” xizmatining kechikib ketgani sabab bo‘lishi mumkin (“Darakchi”, 7 sentabr). Voqeaga shohid bo‘lgan Sabina Qodirovaga ko‘ra, 8 iyulь kuni 12 lar atrofida transformatorda avval portlash, so‘ng yong‘in yuz bergan. Yashnobod tuman elektr korxonasidan ta’mirlash brigadasi kelib, texnika xavfsiz qoidalariga rioya qilmay, elektr energiyani o‘chirmasdan ta’mirlash ishlarini boshlagan. Soat 18 larga yaqin yana portlash ro‘y berib, to‘lqin elektr korxonasi xodimlaridan birini chetga uloqtirgan. Mahalliy aholi tez yordam (103) va xususiy “MDS” (1080) ga qo‘ng‘iroq qilgan. 30-40 daqiqadan keyin kelgan “tez yordam” jabrlangan yigitga yordam bermagani taxmin qilinmoqda. Toshkent shahar tez tibbiy yordam stantsiyasi bosh shifokori Davron Sultonovga ko‘ra esa tibbiy brigada zaruriy choralarni ko‘rgan, ammo urinishlar samara bermagan. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda “tez yordam” xodimlari mas’uliyatsizlik va harakatsizlikda ayblangan. Qayd etilishicha, ushbu holat bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan va surishtiruv olib borilmoqda.

Buxoroda ishga qabul qilish evaziga pora talab qilgan ta’lim mansabdori ushlandi

Buxoro shahri xalq ta’limi bo‘limida guruh rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan ayol pora bilan qo‘lga olindi. “Huquq” gazetasi xabariga ko‘ra, ismi oshkor etilmagan mansabdor huzuriga oliy ma’lumotli fizika-matematika o‘qituvchisi ish so‘rab kelgan. Xalq ta’limi rasmiysi esa ishga joylash evaziga o‘qituvchidan 300 AQSh dollari talab qilgan. Qayd etilishicha, ta’lim mansabdori porani olayotgan huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan ushlangan.

Noyob Zarafshon archalariga bolta urgan shaxs ozodlikdan mahrum etildi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani Qo‘shko‘l qishlog‘i hududida tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi o‘tkazgan reydlarda noyob archalarni kesish hollari aniqlandi (“Huquq”, 7 sentabr). Masalan, shu qishloqlik Abdumurod Ibatov 54 dona noyob Zarafshon archasini o‘zboshimchalik bilan kesib, do‘koni tomini yopishga ishlatgan. “Qashqadaryo tijorat-savdo” firmasida mudir bo‘lib ishlagan A.Ibatovning o‘simlik dunyosiga keltirgan moddiy zarari 68,7 million so‘m deb baholangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tumani sudi A.Ibatovni 2 yil ozodlikdan mahrum etgan. Ayni choqda, unga amnistiya qo‘llangani xabar qilingan. Bir necha yuz yil yashaydigan Zarafshon archasi noyob o‘simliklar sirasiga kiradi va usiz tog‘ tabiatini tasavvur qilib bo‘lmaydi, deb yozadi prokuratura nashri.

Matbuot: Kuyovlarda hamiyat qolmadi – yotoqdagi to‘shakkacha kelin olib keladi...

Samarqand shahri “Lolazor” mahallasidagi yosh oila kelinning kuyovga “Divanga qattiqroq o‘tirmang, bunga dadajonimning puli ketgan” degan ta’nasi sabab buzilib ketdi (“Hurriyat”, 6 sentabrь). Bu haqda mahalla raisi Hasan Tursunqulov ma’lum qilgan. Raisga ko‘ra, ayrim bema’ni marosim va odatlar oilalarning buzilishiga sabab bo‘libgina qolmay, ota-onalarga katta mashaqqat tug‘dirmoqda. “Samarqandda kuyovga somsa yuborish odati kimo‘zarga aylanib ketgan. Bunda qiz tomonidan har faslga moslab kuyovga yuborilayotgan sarpolar, parfyumeriya buyumlari, qaynona-qaynotalariga oltin taqinchoqlar, katta laganlarda somsa, shirinliklarning adog‘iga etolmaysiz. Bundan tashqari, kelin tomonidan tikib kelinadigan pardaning o‘zi besh-olti millionga aylanadi, mebelu uy anjomlarini qaerda ishlab chiqarilganiyu ne-ne mashaqqatlar evaziga kelganini gapirmasayam bo‘ladi. Shu bema’ni urf-odatlarni deb ota-onalar chetga ishlashga chiqib, kasalmand bo‘lib kelyapti... Kelin turmush o‘rtog‘ining uyiga yotog‘idagi to‘shagigacha olib borayotgani yigitlarimizning hamiyatiga tegmay qo‘ydi”, deydi mahalla raisi H.Tursunqulov.

XS
SM
MD
LG