Линклар

Farhod Inog‘omboev: Yevrobond – investor jalb etish uchun O‘zbekiston hozircha foydalanmayotgan istiqbol!


Tojikiston Bosh vazirining 1-o‘rinbosari Davlatali Sayid Farhod Inog‘omboev tamsil etgan Oppenheimer sarmoya banki bilan muzokaralarga yetakchilik qilgan.

Tojikistonning birinchi xalqaro obligatsiyalar - yevrobond chiqarish jarayonida Wall Streetdagi sarmoya banki vakili sifatida bevosita qatnashgan o‘zbekistonlik Farhod Inog‘omboev¸ makroiqtisodiy vaziyati bo‘yicha o‘z qo‘shnilaridan ancha yaxshi ahvolda bo‘lgan O‘zbekistonning sarmoyadorlardan qarz olish imkoni hozirgacha foydalanilmay kelayotganini aytadi.

Asli o‘zbekistonlik Farhod Inog‘omboev Wall Street (Nyu Yorkdagi jahon moliya bozori) dagi Oppenheimer sarmoya bankining rivojlanayotgan mamlakatlar departamenti direktori.

Inog‘omboev Tojikistonning ilk xalqaro obligatsiyalarini chiqarish jarayonida Dushanbe hukumati bilan bevosita muzokara olib borgan sarmoya banki namoyandalaridan biri.

Financial Times gazetasining yozishicha¸ joriy oy boshida Tojikiston birinchi marta xalqaro obligatsiya chiqarib¸ uni investorlar uchun savdoga qo‘ygan.

500 million dollarlik obligatsiyalar 10 yillik muddat va 8 foizlik ustama bilan chiqarildi va xalqaro investorlar orasida qiziqish bilan qarshi olindi¸ deyiladi gazeta xabarida.

Aytilishicha¸ bu qarz Dushanbe hukumatining qariyb 4 milliard dollarlik Rog‘un GESi qurish rejasiga sarflanadi.

Xalqaro maydondagi eng nufuzli tizimlardan bo‘lgan Moody’s reytingi bo‘yicha Tojikiston kredit barqarorligi B3¸ S&P bo‘yicha B minus qilib belgilangan.

Yarim milliard dollarlik xalqaro obligatsiyalar bilan Tojikistonning xalqaro qarzi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 35 foizidan 50 foizga chiqdi.

11 sentabr kuni Ozodlik bilan suhbatda Farhod Inog‘omboev xalqaro obligatsiyalar nima ekani¸ ularning qaysi vaziyatda¸ qaysi maqsadlarda chiqarilishi¸ rivojlanayotgan davlatlar iqtisodi uchun ahamiyati¸ qolaversa¸ O‘zbekiston hukumatining bu moliyaviy vositadan foydalanish istiqbollari haqida gapirdi.

Farhod Inog‘omboev bilan suhbatni to‘lig‘icha quyida tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG