Линклар

Шошилинч хабар
22 ноябр 2019, Тошкент вақти: 02:22

O‘zbekistonda kelgusi o‘quv yilida 43 ta nodavlat-pullik maktab ochiladi


2018-2019 o‘quv yilidan boshlab, respublika bo‘ylab barcha tuman va shaharlarda kamida bitta, Toshkent shahrida esa 27 ta nodavlat maktab ochiladigan bo‘ldi. Prezidentning 14 sentabrdagi qarori bilan ochiladigan bu ta’lim maskanlari pullik bo‘ladi va ularda 10 foiz o‘rin ehtiyojmand oilalar bolalariga bepul ajratiladi.

O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida e’lon qilingan "Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror 14 sentabrda qabul qilingan.

Qarorga binoan 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab, yuridik shaxslar tomonidan mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’iy nazar, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatishni litsenziya asosida amalga oshiriladi.

O‘zA agentligining xabar qilishicha, O‘zbekistondagi 43 ta nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktabi shunday litsenziyaga egadir va bu mavjud jami 9 ming 680ta maktabning 0,4 foizni tashkil etadi.

Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarining aksariyat qismi (27 ta) Toshkent shahrida joylashgan. Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida birorta nodavlat maktabi tashkil etilmagan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat ta’lim muassasalaridan 20 tasi boshlang‘ich ta’lim (1−4-sinflar), qolgan 23 tasi umumiy o‘rta ta’lim (1−9-sinflar) bosqichlariga mo‘ljallangan, ulardagi 330 ta sinfda 6 mingga yaqin o‘quvchi ta’lim-tarbiya oladi.

Prezident qarori bilan nodavlat ta’lim maskanlariga uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratiladi va unga tegishli xizmatlar bo‘yicha barcha soliq turlari to‘lovlaridan 2021 yilgacha ozod etiladi.

Ta’lim jarayoniga esa xorijlik o‘qituvchi va mutaxassislarni jalb etish va ularga viza, aviatransport, turar joy, mehnatiga munosib haq to‘lash va soliqlardan ozod qilish kabi imtiyozlar ko‘zda tutilmoqda.

XS
SM
MD
LG