Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:38

Farg‘onada kollej o‘quvchilaridan yetimlar uchun pul yig‘ilmoqda


Pul yig‘ilgani haqida hujjat
Pul yig‘ilgani haqida hujjat

Farg‘ona tibbiyot kollejida o‘qiyotgan 4 nafar ota-onasi yo‘q va 203 nafar kam ta’minlangan o‘quvchilarga yordam berish uchun kollej direktori buyrug‘i bilan o‘quvchilardan pul yig‘ilgan. Farg‘onadagi Ozodlik mobil muxbiri bu haqda habar berdi va hujjatlarni taqdim qildi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mulozimi o‘quvchilar o‘z ihtiyorlari bilan kam ta’minlangan oilalarga yordam berayotganini aytdi.

Farg‘onadagi 1-son tibbiyot kollejining ismi sir qolishini istagan o‘quvchisi Ozodlik bilan suhbatda ulardan yetimlar uchun pul yig‘ilgani, lekin u kontrakt asosida o‘qyotgani bois “ixtiyoriy -majburiy” pul yig‘ishlar og‘irlik qilayotganligini aytdi.

-O‘quvchilardan kam ta’minlangan oilaga mansub o‘quvchilar uchun majburiy pul yig‘ishmoqda kollej direktori aytdi deb. Bu qanaqasi bo‘ldi. Nima kam ta’minlanganlarni davlat boqa olmaydimi? Men o‘zim kontrakt asosida o‘qisam pulni qaerdan yetkazib beraman¸ - deydi kollej o‘quvchisi.

Tibbiyot kolleji ma’lumotnomasi
Tibbiyot kolleji ma’lumotnomasi

Ozodlik radiosi tasarrufida Farg‘ona tibbiyot kolejida o‘quvchilardan pul yig‘ilgani haqidagi hujjat mavjud.

Bu hujjat ortidan Ozodlik muxbiri Farg‘ona viloyat xalq ta’lim boshqarmasi mulozimi bilan gaplashdi.

O‘zini tanishtirmagan mulozim Farg‘ona tibbiyot kollejida 4 nafar ota-onasi yo‘q va 203 nafar kam ta’minlangan o‘quvchi mavjudligi va bu o‘quvchilarga doimo g‘amxo‘rlik qilishini aytdi.

Mulozimga ko‘ra¸ kollej o‘quvchilari o‘z ihtiyorlari bilan yordam puli to‘plashgan va ularni hech kim majburlamagan.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ Farg‘ona tibbiyot kolleji o‘quvchilaridan temir-tersak yig‘ish¸ makulatura to‘plash¸ sinf xonalarini bezatish¸ ustozlar kunida o‘qituvchilarga sovg‘a olish va paxtaga mardikor yolllash bo‘yicha pul yig‘ilgan.

Shuningdek o‘quvchilar o‘zlari istamasa ham “Barkamol avlod” jamiyatiga a’zo qilinib ulardan oyiga 3 ming so‘mdan a’zolik badali olingan. 29 nafar o‘quvchidan pul yig‘ilgani haqidagi hujjat ham Ozodlikda mavjud.

Farg‘ona viloyat xalq ta’lim boshqarmasi mulozimi bu yig‘imlardan faqat metallom va makulatura yig‘ish masalasi rahbariyat tavsiyasiga ko‘ra tashkillashtirilganligini tan oldi:

“Metallolom yig‘ish haqida O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining maxsus qarori bor. Shu qarorni bajarish uchun ko‘rsatma berilgan” dedi suhbatdosh.

Mulozimga ko‘ra¸ qolgan yig‘imlar o‘quvchilarning o‘z inon-ihitiyorlari bilan kollej rahbariyati aralashuvisiz amalga oshirilgan. Mulozimga ko‘ra¸ o‘quvchilarning o‘zlari “Barkamol avlod” jamiyatiga a’zo bo‘lishgan.

Ozodlik suhbatlashgan kollej o‘quvchilari esa barcha yig‘imlar majburiy ekanini aytishdi.

Tibbiyot kollej o‘quvchilari 10 kun ichida 50 kilo temir topshirishi yoki 5000 so‘m to‘lashi lozim. Aks holda o‘quvchilarga o‘qishdan haydalishi bitiruv kursidagilarga esa diplom berilmasligi bilan tahdid qilingan.

O‘zbekistonda o‘quvchilardan metallolom, makulatura yig‘ish yoki uning o‘rniga pul talab qilinishi mamlakatning barcha kollej, litsey va maktablarida muntazam davom etayapti.

XS
SM
MD
LG