Линклар

16 декабр 2017, Тошкент вақти: 08:25

A.Farmonov: Jasliq ruhiy bosimning o‘ta mukammal turlari qo‘llaniladigan qamoqdir (VIDEO)


3 oktabr kuni 11 yarim yillik qamoq jazosidan so‘ng ozod etilgan A’zam Farmonov Ozodlikka bergan eksklyuziv intervyusida o‘zini nohaq qamalgan, deb hisoblashini aytdi. Ozod etilgani uchun prezident Mirziyoevga alohida minnatdorlik bildirgan huquq faoli o‘zi kabi nohaq qamalganlar taqdirini Karimov hukumatining xatosi, deb atadi hamda bu xato tuzatilishi kerak, deb ta’kidladi.

A’zam Farmonov O‘zbekistonda tovlamachilik aybi bilan qamalgan ilk inson huquqlari faollaridan biri edi.

Huquq himoyachisi 2006 yilda tovlamachilikda ayblanib, 9,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. 2016 yilning mayida uning jazo muddatiga qamoqxona ichki tartibini buzganlik aybi bilan 5 yilu 26 kun muddat qo‘shib berilgan.

Huquq himoyachisi mahkamalar jarayonida aybiga iqror bo‘lmagan va oradan 11 yil o‘tib aytishicha, qamoqda ham nohaq jazolanayotganini aytgani uchun qiynoqlarga tutilgan.

Quyida A’zam Farmonov bilan suhbatni tinglang:

Huquq himoyachisining ozodlikka chiqarilishini AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi olqishladi.

“Amerika Qo‘shma Shtatlari inson huquqlari faoli A’zam Farmonovning ozod etilishini olqishlaydi. Bu yangilik Muhammad Bekjonov, Murod Jo‘raev, Erkin Musaev, Jamshid Karimov va boshqa uzoq muddat qamoqda ushlangan vijdon tutqunlari ozodlikka chiqarilgani ortidan ma’lum bo‘ldi”, deyiladi A’zam Farmonovning ozod qilinishi munosabati bilan AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi bayonotida.

Hujjatda AQSh elchixonasi bunday ijobiy qadamlarni ma’qullashi, bu qadamlar kelgusida boshqa mahbuslarning ozod etilishi va fuqarolik jamiyatiga ochiqroq yondashuv uchun ishora ekaniga umid bildirilgan.

Ko‘plab xalqaro inson huquqlari guruhlari A’zam Farmonovning 2006 yili shubhali ayblovlar bilan uzoq muddat ozodlikdan mahrum etilganiga alohida ahamiyat berib keldi.

2013 yili BMT Qiynoqlarga qarshi komissiyasi ham Farmonovni ozod etishga chaqirgan edi.

XS
SM
MD
LG