Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:57

Trampning Eron bo‘yicha strategiyasini Kongress ma’qullamasligi mumkin


AQSh prezidenti Donald Tramp.
AQSh prezidenti Donald Tramp.

AQSh prezidenti Donald Trampning Eron yadroviy kelishuvini o‘zgartirish taklifini Kongress ma’qullashi masalasi qanday yechim topishi noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Tramp Eronning Yaqin Sharqdagi harakatlarini cheklashga qaratilgan qadamlarni e’lon qilar ekan,

- Eron tuzumi dunyoga hech qachon yadroviy qurol bilan tahdid sola olmasligi uchun ma’muriyatimga kelishuvning ko‘plab jiddiy kamchiliklarini ko‘rib chiqish uchun Kongress bilan yaqindan ishlashni buyurdim, - dedi.

Tramp nutqidan keyin AQSh Senatining xalqaro aloqlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi Bob Korker hamda yana bir respublikachi senator Tom Kotton 2015 yilda erishilgan kelishuvdagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun lozim bo‘lgan qadamlarni taklif qilishdi.

Senatorlar taklif qilayotgan qonun loyihasi Eron 2025 yilda uranni boyitishni qayta boshlasa, mamlakatga qarshi sanksiyalarni qayta joriy qilishga chorlaydi. Hozirgi kelishuv Eronga nisbatan sanktsiyalarning bosqichma-bosqich bekor qilishi evaziga Tehron o‘zining yadroviy dasturidan butkul voz kechishini ko‘zda tutadi. Ushbu bitimning uranni boyitish bo‘yicha cheklovlari 2025 yilda tugaydi.

Vakillar palatasi tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Ed Roys hamda Vakillar palatasining boshqa respublikachi yetakchilari Tramp rejasini qo‘llashlarini bildirishdi. Ularga ko‘ra, yaqin kunlarda Vakillar palatasi Eron yadroviy dasturiga bog‘liq bo‘lmagan sanksiyalarni joriy qilishni ko‘rib chiqadi.

Hozirda AQSh Senatiga respublikachilar yetakchilik qiladi. Ammo demokratlarning soni ham ko‘p bo‘lgani uchun respublikachilar biror qonunni qabul olishlari uchun ayrim demokratlar ham ularni qo‘llashi kerak bo‘ladi.

Shu kungacha Tramp muhim masalalar bo‘yicha barcha respublikachi va yetarlicha demokratlar qo‘llovini to‘plashga muvaffaq bo‘la olgani yo‘q.

Respublikachilar partiyasida ham Trampga qarshilar bor. Senator Marko Rubio Trampning Eron strategiyasiga “jiddiy shubha” bilan qarashini aytdi.

Aftidan, Kongressdagi aksar demokratlar ham Trampning rejasiga qarshi.

Senator Ben Kardin Tramp “bizni hamkorlarimizdan uzoqlashtiruvchi yangi bo‘hronni keltirib chiqardi”, - dedi.

Kordin kelishuvni imzolagan Yevropa davlatlari – Britaniya, Fransiya hamda Germaniya qo‘llagan qonunnigina dastaklashini aytdi.

Korker esa Kongress ma’qulligini olish qiyin bo‘lishini tan oldi. Ammo u demokratlar fikrini o‘zgartirishga umid qilishini qo‘shimcha qildi. Korker, shuningdek, AQSh rejasini mamlakatning Yevropadagi hamkorlari ham qo‘llashiga umid bildirdi.

XS
SM
MD
LG