Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 14:26

MXX yerto‘lasida qolayotgan jurnalistning onasi Mirziyoevdan yordam so‘radi


Jurnalist Bobomurod Abdullaev
Jurnalist Bobomurod Abdullaev

Qariyb 20 kundan buyon MXX hibsxonasida qolayotgan jurnalist Bobomurod Abdullaevning onasi - 69 yashar Gavharjon Madaminova O‘zbekiston prezidenti va Bosh prokuroriga ariza bilan murojaat qilib, ulardan o‘g‘lining ishini nazoratga olishni so‘radi.

Ozodlik bilan suhbatda Madaminova "agar, menga aytishganidek, qiynoqlar qo‘llanmayotgan bo‘lsa, o‘g‘limni bir bora menga ko‘rsatishsin", dedi.

Mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullaev 27 sentabr kuni qo‘lga olingan edi. O‘shandan buyon uni onasi - Gavharjon Madaminovaga ko‘rsatishmagan. Bu haqda Ozodlikka Madaminovaning o‘zi aytib berdi. 16 oktabr kuni Madaminova arz qilish uchun O‘zbekiston prezidenti devoniga va Bosh prokuraturaga bordi.

Har ikkala idorada uning arizasini olib qolishgan.

Madaminovaning aytishicha, xususiy advokatlar uning o‘g‘lini himoya qilishdan bosh tortmoqda va hozirda o‘g‘lini davlat tayinlagan advokat himoya qilishni boshlagan. Biroq ona bundan tasodifan xabar topgan.

Gavharjon Madaminova taqdim qilgan hujjat nusxasi
Gavharjon Madaminova taqdim qilgan hujjat nusxasi

Quyida Gavharjon Madaminova bilan suhbatni tinglang:

МХХ ертўласида қолаётган журналистнинг онаси Мирзиёевга мурожаат қилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:57 0:00
Бевосита линк

2017 yilning 27 sentabrida Toshkentda qo‘lga olingan 44 yoshli mustaqil jurnalist Bobomurod Abdullaev O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 159-moddasining 4-qismida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda (Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish) ayblanmoqda.

O‘zbekiston Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur’at Ikromov Ozodlikka taqdim etgan 1 oktabr kungi sud qarorida yozilishicha, "Abdullaev “O‘zbekiston Xalq harakati” funktsioneri sifatida shu harakat rahbari Muhammad Solihning ko‘rsatmasi bilan 2011 yildan buyon Usmon Haqnazarov taxallusi bilan Internetda mavjud konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga qaratilgan materiallarni tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan".

3 oktabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida "O‘zbekiston Xalq harakati" rahbari Muhammad Solih Bobomurod Abdullaev Usmon Haqnazarov taxallusi ostida maqolalar e’lon qilib kelgan jurnalist ekanini ma’lum qilgan edi.

XS
SM
MD
LG