Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 13:20

Xorazm hokimligi “o‘g‘ri qiz”sazoyi qilingan videoni "dushmanlik" deb baholadi (VIDEO)


Sazoyi qilinayotgan qiz.
Sazoyi qilinayotgan qiz.

Ijtimoiy tarmoqlardan Rossiya telekanali dasturigacha tarqagan Urganch bozoridagi samosud videosi¸ Ozodlik suhbatlashgan urganchliklarga ko‘ra¸ shahar buyum bozorida¸ 7 oktabr kuni sodir bo‘lgan. Bunday voqeaning Xorazmda bo‘lmagani va bo‘lmasligini ta’kidlagan viloyat hokimligi mulozimi esa¸ uni "dushmanlar fitnasi" deb atadi.

Rossiyaning Ren -TV kanali O‘zbekistondagi do‘konlardan birida o‘g‘irlikda gumon qilingan qizning yalang‘och qilinib¸ kaltaklangani aks etgan videolavhani efirga uzatdi.

Bundan oldin ayni lavha internetning o‘zbek segmentida muhokama qilingan edi.

Bu videoni tomosha qilgan urganchlik do‘kon egasi voqeaning 7 oktabr kuni Urganch shahar buyum bozoridagi kiyim-kechak do‘konida sodir bo‘lganini aytdi.

Unga ko‘ra¸ taxminan 17 yashar kollej o‘quvchisi bo‘lgan qiz magazindan kiyim o‘g‘irlagan paytda ushlab sazoyi qilingan. Janjalning bo‘lganini Urganch buyum bozorida ikkita do‘koni bo‘lgan boshqa tadbirkor ham tasdiqladi.

Bu suhbatdoshga ko‘ra¸ “samosud qilingan ayolga jismoniy zarar yetmagan.”

Urganch shahar IIBsining buyum bozoridagi Tayanch punktida ishlovchi militsionerning aytishicha¸ o‘sha kuni bu voqea yuzasidan hech kim rasman shikoyat qilmagan.

Militsionerga ko‘ra¸ do‘kon egasidan o‘g‘irlik borasida yoki kollej o‘quvchisidan kaltak yeganlik borasida ariza tushmagan.

Ayni paytda bu mulozim¸ buyum bozorida bunga o‘xshash mayda janjalllarning har kuni bo‘lishi va tomonlar o‘zlari kelishib olgani bois¸ bu janjallar yuzasidan ish ochilmasligini ta’kidladi.

Nima bo‘lgan edi?

Urganch buyum bozoridagi “o‘g‘rini sazoyi” qilish haqidagi Ozodlikka etib kelgan uch daqiqalik videolavha (RenTV dagi ko‘rsatuvda ham shu videolavhadan foydalanilgan - tahr.) kiyim do‘konida yosh qizni tagiga bosib urayotgan do‘konchi ayollar tasviri bilan boshlanadi.

Tasvirda ko‘ringan sakkiz nafar ayol o‘g‘ri deya gumon qilingan qizni haqoratlab¸ tepib¸ kiyimlarini yechishadi. Videoda eshitilayotgan g‘ala-g‘ovurdan do‘konda yana ham ko‘proq odam borligini taxmin qilish mumkin. Videoni olayotgan yigit vaziyatni o‘zicha sharhlab¸ boshqarib turadi. Bu yigit keyingi paytda o‘g‘irlik ko‘paygani va o‘g‘rilar yalang‘och sazoyi qilinishi kerakligini videoni sharhlash davomida ta’kidlab turadi. Videotasvir¸ o‘g‘ri deb gumon qilingan qizni ko‘chaga itarib chiqara olmagan ayollar jazavasi bilan tugaydi.

Video turistlarni Xorazmdan hurkitish uchun tarqatildimi?

O‘zini Gavharjon Solaeva deb tanishtirgan Xorazmdagi turizm shirkatida ishlovchi ayol Ren TVdagi xabarni xavotir bilan tomosha qilganligini aytadi:

- Buni ko‘rgan SNGdagi turistlar Xorazmda shunaqa samosud qiladi ekan, deb kelmay qo‘yadi, deb qo‘rqdik. Yaqinda prezidentimiz kelib ketganida Xorazmni turistik jozibasini oshirish kerak, deb vazifa qo‘ygandi. Rahbarimiz viloyatning yangi hokimi Ilgizar Matyoqubovich bilan bog‘lanib, o‘z xavotirini bildirdi. Hokim yordamchisi bu ishni o‘z nazoratiga oldi¸ deydi turizm shirkati vakilasi.

Hokimlik radddiya bildirdi: Bu dushmanlar fitnasi

Ozodlik voqea yuzasidan izoh so‘rab Xorazm viloyat hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Shakarjon Xo‘janiyozovaga murojaat qildi.

Har safar o‘zini Xo‘janiyozovaning yordamchisi deb tanishtirgan bir necha mulozim kun bo‘yi Ozodlik muxbiriga izoh berishni paysalga soldi. Pirovardida viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisi Nigora Rajabova voqeani izohladi:

- Ren-TVda namoyish qilingan voqea hayotda bo‘lmagan. Dushmanlar o‘ylab topkan uydirma bu. Urganch buyum bozorida ham¸ dehqon bozorida ham samosud voqeasi bo‘lmagan. Umuman bunday voqealar hech qachon Xorazm viloyatida hech bir tarzda yuz bermagan. Viloyatda qonunlar ustivor va barcha bu qonunlarga og‘ishmay amal qiladi. Takrorlayman Ren-TV va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoni Xorazm viloyatiga mutlaqo aloqasi yo‘q¸ bu dushmanlar fitnasi¸ dedi Ozodlik muxbiri gaplashgan viloyat hokimligi mulozimi.

Хоразм ҳокимлиги “ўғри қиз”сазойи қилинган видеони "душманлик" деб баҳолади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:21 0:00

“Faqat qonungina insonni jazoga tortish huquqiga ega”

Joriy yilning iyun oyida Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi 20 yoshli yigit qarindoshlari tomonidan sazoyi qilingani oqibatida olamdan o‘tgan edi.

Otasi Rossiyaga ishlagani ketgach nazoratsiz qolgan yigit egri yo‘llarga yurib, onasiga bo‘ysunmay qo‘ygan. Bundan xavotirlangan ona qarindoshlarini chaqirib, o‘g‘lining aqlini kirgizib qo‘yishni so‘ragani haqida Ozodlik yozgan edi.

Qarindoshlar esa bebosh jiyanlarini chala qurilgan uyga qoziq qoqib bog‘lab qo‘ygan. Bir necha soat qo‘li bog‘liq holda qolib ketgan yigit nafas olishga qiynalib, jon taslim qilgan.

Marhum yigitni qonunga xilof ravishda, g‘ayriinsoniy usulda jazolagan qarindoshlarning jinoiy javobgarlikka tortilgani “Huquq” gazetasi xabar qilgan edi.

“Faqat qonungina insonni jazoga tortish huquqiga ega”, deb eslatgan edi o‘shanda prokuratura nashri.

XS
SM
MD
LG