Линклар

Шошилинч хабар
05 декабр 2019, Тошкент вақти: 22:27

“Putin askari” Ramzan Qodirov dindor o‘zbek yoshlari uchun qahramonmi?


Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning O‘zbekistonga ziyoratini UZ domenida qayddan o‘tgan o‘nlab islomiy saytlar oshig‘ich pafos bilan yoritishdi. “O‘zbek xalqi Ramzan Qodirovni din yo‘lida qilayotgan ishlari, mard va jasurligi uchun yaxshi ko‘radi”, deb yozdi islom.uz nashri.

Ijtimoiy tarmoqning o‘zbek segmenti ham dindor o‘zbek yoshlarining “Ramzanga sevgi izhorlari” bilan to‘lib toshdi. Ozodlikning Qurultoy eshittirishida “Ramzan Qodirov dindor o‘zbek yoshlari uchun qahramonmi?” degan savol javobini muhokama qildik.

Muhokamada qatnashgan sobiq o‘zbek mulozimi Anvarmirzo Husainov “Ramzan Qodirovni din himoyachisi¸katta ta’sirga ega siyosatchi ekanligini aytib o‘zbek iqtidorli yoshlariga homiylik qilayotganligini” ta’kidladi.

Chechenistonning rahbari Ramzan Qodirovning xos ziyofatlarida qo‘shiq kuylagan toshkentlik So‘g‘diyona (Oksana Nechitaylo) va o‘zbekistonlik Sanjey ismli qo‘shiqchi "Checheniston xalq artisti" bo‘ldi.

Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekistonda u qadar tanilmagan, hatto ijodini ko‘pchilik musiqa ixlosmandlari bilmaydigan Sanjey (asl ismi Sanjar) Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovni madh etganidan bahtiyor ekanligini izhor qildi.

Ramzan Qodirovni ulug‘lash men uchun missiya. Chunki tushimda menga aytilgan. Tushimda Chechnyaga kelibman uje. Machitga kiribman, machitni yonida katta dala bor ekan, shu yerda konsert beribman¸tushimda endi. Ertalab saharda oyimga aytdim, mana shunaqa tush ko‘rdim, nima qilay deb. Oyim aytdilar Chechenistonga bor, machitni ko‘r, yaxshi bitta qo‘shiq yoz, sovg‘a qilib kel¸ dedilar. Hazillashib aytdilarda. Chunki Hamma o‘ylaydi Chechenistonda tinchlik yo‘q, urush deb. Lekin Chechenistondek tinch joy yo‘q.Urush bo‘lgan deb Hech kim o‘ylamaydi.

Hazil-hazil bilan mana Chechenistonda yashayapman, qo‘shiqlar yozdim. Checheniston prezidenti bilan tanishdim¸ deydi qo‘shiqchi.

Qurultoyda qatnashgan psixolog Mahmud Yo‘ldoshev va blogger Bahrom Rahmon “barcha o‘zbek yoshlari Ramzonni sevadi” degan iddao asossiz ekanligini ta’kidlab Qodirovning salbiy ishlaridan bahs qilishdi.

Parijda istiqomat qilayotgan chechen taxlilchisi Mayirbek “O‘zbek yoshlari Ramzanni tushida ko‘rib sevib yurmasin¸ g‘aflat uyqusidan uyg‘osin. Ramzan zulmi bois mamlakatni nega 300 ming chechen tashlab qochganini taxlil qilsin” deya ta’kidladi.

Қурултой: Нега ўзбек ëшлари Рамзанни севади?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:35:27 0:00

Putinning "sodiq askari"

Ramzan Qodirov – Chechenistonning birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmad hoji Qodirovning o‘g‘lidir.

Ahmad Qodirov 2004 yil, 9 may kuni Checheniston markazi Grozniy shahri stadionida bayram tadbiri o‘tkazilayotgan paytda amalga oshirilgan terroristik huruj qurboni bo‘lgan.

1976 yil, 5 oktabrda tug‘ilgan Ramzan Qodirov 2007 yil 5 aprelidan buyon Checheniston rahbaridir.

O‘zini prezident Putinning “sodiq askari” deb ataydigan Ramzan Qodirov turli bayonot va aksiyalari tufayli musulmonparvar sifatida tanilgan.

Rossiyalik inson huquqlari faollari Qodirovni Chechenistonni inson huquqlarini o‘ta qo‘pol tarzda buzish evaziga boshqarib kelayotganlikda, ayblab keladi. Ularning fikricha, jurnalist Anna Politkovskaya, siyosatchi Boris Nemsovlarning o‘ldirilishi izi ham aynan Checheniston va Ramzan Qodirovga olib borishi mumkin.

XS
SM
MD
LG