Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:46

NYT: Yaqinlargacha yopiq va repressiv bo‘lgan O‘zbekiston dunyoga ochilmoqda!


O‘tgan bir yil ichida Shavkat Mirziyoev aksar qo‘shni davlatlar¸ shuningdek¸ Xitoy¸ Rossiya va Turkiyaga safar qildi.
O‘tgan bir yil ichida Shavkat Mirziyoev aksar qo‘shni davlatlar¸ shuningdek¸ Xitoy¸ Rossiya va Turkiyaga safar qildi.

AQShdagi nufuzli The New York Times gazetasi 25 oktabr kuni e’lon qilgan maqola shunday nomlanadi. Nashrning bevosita O‘zbekistonga safar qilgan muxbiri Andrew Kramer dunyoda eng uzoq qamoqda o‘tirgan jurnalist deb e’tirof etilgan Muhammad Bekjon taqdiri misolida Islom Karimov o‘limidan so‘ng mamlakatda boshlangan “muzlarning erishi” jarayonini tasvirlashga uringan.

Urganchga borib¸ umrining 18 yilini qamoqda o‘tkazgan Muhammad Bekjon bilan suhbatlashgan AQSh jurnalisti¸ “prezident Karimovni haqorat qilganlik”da ayblangan sobiq siyosiy mahkumning ozodlikka chiqishini Karimov o‘limidan keyin boshlangan “o‘zbek bahori” bilan bog‘laydi.

“Joriy yil davomida sekin-asta shakllana boshlagan “erish” oqibatida aholi ustidan o‘rnatilgan siyosiy nazorat sal yumshadi va bosqichma-bosqich siyosiy o‘zgarishlar ko‘lami sinovdan o‘tmoqda”¸ deb ëzadi AQSh nashri.

Muhammad Bekjonning bu jarayonga umid bilan qarayotganini qayd eta turib muallif¸ hukumat mahalliy kengashlar vakolatini kengaytirgani¸ inson haqlari kuzatuvchilari bilan uchrashgani¸ talabalarni paxta terish majburiyatidan ozod qilgani va matbuot ustidan nazoratni yumshatib¸ ayrim jonli tok-shoularga izn berganini Karimovdan qolgan “muzlarning erishi”ga misol o‘laroq keltiradi.

Sobiq ittifoqning aholi soni bo‘yicha uchinchi yirik davlati O‘zbekiston¸ Karimov davrida repressiya va qashshoqlikning “qora o‘pqoni” sifatida ko‘rilganini ta’kidlay turib The New York Times muxbiri¸ mamlakatdagi bu o‘zgarishlar tepasida 13 yil Karimovga bosh vazirlik qilgan Shavkat Mirziyoev turgani aksar siyosiy sharhlovchilarni hayron qoldirganini e’tirof etadi.

“Bu – umid onlari. Asosiy savol bu o‘zgarishlarning qanchalik strukturaviy va davomli bo‘lishidir”¸ deydi AQSh nashri suhbatlashgan Human Rights Watch tahlilchisi Stiv Sverdlov.

Ayni paytda muallif¸ O‘zbekistonda boshlangan “ochilish”ning ayrimlar tomonidan liberalizm tomon yolg‘ondakam harakat va mamlakatning asosiy eksport mahsuloti bo‘lgan paxtaga joriy etilgan savdo cheklovlari olib tashlanishi uchun o‘ylab topilgan aldov sifatida ko‘rilayotganini ham ta’kidlaydi.

“Iqtisodiy muammolar Mirziyoevni Karimov sistemasini noziklik bilan buzish lozimligi fikriga olib keldi. Ular siyosiy sohani ochmasdan faqat iqtisodni xorij sarmoyasi kelishi uchun lozim darajada ochishni o‘ylayotgan bo‘lishi mumkin”¸ deydi The New York Times muxbiri gaplashgan Jorj Vashington universitetining xalqaro munosabatlar bo‘yicha professori Sean R. Roberts.

Maqolada¸ O‘zbekistonning tashqi dunyo¸ xususan¸ o‘z qo‘shnilariga ochilishi mintaqaviy munosabatlarda ham o‘zgarishlar qilishi aytiladi.

Suv va chegara borasidagi kelishmovchiliklarning mojarolarsiz hal etilishi¸ o‘zaro savdoning kengayishi¸ nafaqat O‘zbekiston ¸balki qo‘shni davlatlar taraqqiyoti uchun ham muhimligini ta’kidlagan muallif¸ kelasi oy 2001 yilgi AQSh ishg‘olidan beri birinchi marta Afg‘oniston prezidentining O‘zbekistonga kelishi kutilayotganini mintaqaviy aloqalardagi o‘zgarish namunasi sifatida taqdim etadi.

Valyuta erkin konvertatsiyasidagi cheklovlardan ayrimlarining olib tashlangani¸ zamonaviy islom¸ ma’rifatli islom g‘oyalariga milliy tus berilayotganini qayd etgan AQSh nashri¸ ayni paytda¸ mustaqil nohukumat tashkilotlari yoki siyosiy partiyalarga yo‘l berilmayotganini ta’kidlaydi.

XS
SM
MD
LG