По следам революции |Настоящее Время

To'ntarish izidan

1917 yildagi To'ntarish xotirasiga qurilgan obidalarning bugungi ahvoli

Surat va matn – Eymos Chappl

Sahifalash va dizayn – Voytek Groyets

Rossiyada 1917 yilda bo‘lgan to‘ntarish nafaqat bu davlat, balki butun dunyoda tarixni o‘zgartirib yubordi. O‘tgan 100 yil qulash, qayta tug‘ilish va imperiyaning yana qulashi kabi yirik voqealardan iborat bo‘ldi. Ammo, bu suratlardan ko‘rinishicha, Rossiyadagi ikki yirik poytaxt Moskva va Peterburg bu vaqt mobaynida o‘zgarmay qolayotir.

Ikkinchi rasmni ko'rish uchun bosing va torting, ikki marta bosing yoki slayderdan foydalaning

Sankt Peterburg

Qishki saroy

1914
2017

Imperator Nikolay II 1914 yilning 20 iyulida xalqqa murojaat qilmoqda. Bir necha kun o‘tib, u Serbiyadagi “slavyan-birodarlar” himoyasi uchun umumiy mobilizatsiya e’lon qiladi va Avstriya-Vengriya bilan ziddiyatga kiradi. Birinchi Jahon urushi shundan boshlangan edi.

O‘sha kezda balkon qarshisida turgan olomon podshoh jadallik bilan jar yoqasi sari ilgarilayotganini bilmas edi.

1914 yilgi surat: Yel universitetining Beyneke noyob kitob va qo‘lyozmalar kutubxonasi

Rossiya sanoati rivojlangan Germaniya bilan bir koalitsiya safidagi urushga yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagan edi. 1917 yilda Rossiya qurbon bergan odamlar soni qariyb 1 million kishiga yetgandi. Bularning aksariyati tinchlik vaqtida mamlakatning shahar va qishloqlarining iqtisodiy rivojini ta’minlashi mumkin bo‘lgan dehqon va ishchilar edi. Urush vaqtida Rossiyada oziq-ovqat yetishmasligi va ocharchilik tez-tez sodir bo‘ldi.

Rossiya jamiyatining yuqori qatlamlari yashagan shohona hayot quyi qatlamlarda allaqachon norozilik uyg‘otgan, urush vaqtiga kelib esa bu norozilik ko‘chalar va fabrikalardagi alamzada nutqlarda aks eta boshlagan edi. Xalqdagi norozilikning asosiy sababchilaridan biri, taxtda o‘tirgan nemis ayg‘oqchisi, deb ko‘rilgan imperator xotini Aleksandra Fyodorovna edi.

Российские войска на восточном фронте Первой мировой войны.
(Общественное достояние)

Rossiya sanoati rivojlangan Germaniya bilan bir koalitsiya safidagi urushga yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagan edi. 1917 yilda Rossiya qurbon bergan odamlar soni qariyb 1 million kishiga yetgandi. Bularning aksariyati tinchlik vaqtida mamlakatning shahar va qishloqlarining iqtisodiy rivojini ta’minlashi mumkin bo‘lgan dehqon va ishchilar edi. Urush vaqtida Rossiyada oziq-ovqat yetishmasligi va ocharchilik tez-tez sodir bo‘ldi.

Rossiya jamiyatining yuqori qatlamlari yashagan shohona hayot quyi qatlamlarda allaqachon norozilik uyg‘otgan, urush vaqtiga kelib esa bu norozilik ko‘chalar va fabrikalardagi alamzada nutqlarda aks eta boshlagan edi. Xalqdagi norozilikning asosiy sababchilaridan biri, taxtda o‘tirgan nemis ayg‘oqchisi, deb ko‘rilgan imperator xotini Aleksandra Fyodorovna edi.

Rossiya qo‘shinlari Birinchi jahon urushida, sharqiy frontda (Jamoatchilik mulki)

Nikolay II frontda, Petrograddagi hokimiyat esa imperator Fyodorovnaning qo‘lida. Uning “rahnamosi”, sibirlik sirli dehqon Grigoriy Rasputin fohishalar ishtirokidagi mast-alast ishratbozliklari bilan nom chiqargan. Taxtda o‘tirganlarning obro‘si to‘kilib bormoqda.

Zamondoshlari ta’rificha, 1917 yilda Aleksandra Fyodorovna “umumxalq nafrati”ga duchor bo‘lgandi.
(Jamoatchilik mulki)
Grigoriy Rasputin. Taxtga yaqin bo‘lgan “chol” saroydagilarning fitnasi oqibatida o‘ldirilgan edi. (Jamoatchilik mulki)
Zamondoshlari ta’rificha, 1917 yilda Aleksandra Fyodorovna “umumxalq nafrati”ga duchor bo‘lgandi. Grigory Rasputin. Grigoriy Rasputin. Taxtga yaqin bo‘lgan “chol” saroydagilarning fitnasi oqibatida o‘ldirilgan edi. (Jamoatchilik mulki)

1917 yilning fevralida qalin yoqqan qor Petrograddagilarga un, ko‘mir va o‘tin tashigan minglab vagonlar yo‘lini to‘sib qo‘ygan edi. Bu imperator va uning atrofidagilarga nisbatan nafratga to‘lgan xalqning sabr kosasiga tushgan so‘nggi tomchi bo‘ldi.

22 fevral kuni (eski taqvim bo‘yicha) shaharda och-nahor aholining qo‘zg‘olonlari boshlandi. Odamlar “O‘zboshimchalar yo‘qolsin” va “Urush bitsin” kabi shiorlar bilan ko‘chalarga chiqa boshladi.

Nikolay II bu vaqtda podshohning poyezdida frontga ketayotgan edi. U xalq noroziligining naqadar jiddiyligini to‘g‘ri baholay olmadi va harbiylarga ko‘chalarni norozilardan tozalashni buyurdi. Harbiylar qurol qo‘lladi, ammo tez orada ma’lum bo‘ldiki, armiya ommaviy qirg‘inbarotga hozir emasdi. Askarlardan biri, o‘t ochish haqidagi buyruqni olgach, umumiy kayfiyatni shunday ifoda qildi: Bizning otalarimiz, onalarimiz, singillarimiz, ukalarimiz, qalliqlarimiz non so‘rayapti. Biz ularni otamizmi?”

Sankt Peterburg

Marsov maydoni

1917
2017

To‘ntarish qurbonlari dafn marosimi.

1917 yilgi surat: Shutterstock

Sankt Peterburg

Marsov maydoni

To‘ntarish qurbonlari dafn marosimi.

1917 yilgi surat: Shutterstock

Moskva

Qizil maydon

1917
2017

To‘ntarish tezlik bilan Moskvaga ko‘chdi. Bu surat Fevral to‘ntarishining ilk kunlarida Qizil maydonda bo‘lgan miting chog‘ida olingan.

1917 yilgi surat: Alamy

Tez orada Petrogradda askarlar norozligi boshlandi va Nikolay II da buning oldini olish uchun biror chora qolmagan edi. Xalq saroydagi imperator gerbini tashqariga otib, oshkora yoqa boshladi, podshohning poyezdining yo‘li esa poytaxtdan uzilib qoladi. Aynan shu poyezdda Nikolay II taxtdan voz kechishi haqidagi qog‘ozga imzo chekadi. Bir necha oydan so‘ng u va uning oilasi hibsga olinadi.

Petrogradda podshoh gerbining yondirilishi. (Jamoatchilik mulki)

Dvorsovaya maydoni

1917
2017

Askarlar mingan yuk mashinasi Petrograddagi Dvorsovaya maydonida bormoqda. Fevral to‘ntarishidan keyin bunaqa mashinalar, “ulkan quturgan tipratikanlar” kabi ko‘chalarni kezardi.

1917 yilgi surat: Shutterstock

Sankt Peterburg

Dvorsovaya maydoni

Askarlar mingan yuk mashinasi Petrograddagi Dvorsovaya maydonida bormoqda. Fevral to‘ntarishidan keyin bunaqa mashinalar, “ulkan quturgan tipratikanlar” kabi ko‘chalarni kezardi.

1917 yilgi surat: Shutterstock

Sankt Peterburg

Aleksandrov saroyi

1917
2017

Nikolay II ning uch qizi va o‘g‘li Aleksey Sarskoye qishlog‘ida hibsda. Bir yildan keyin ular bolsheviklar buyrug‘i bilan otib tashlanadi va qurol tig‘i bilan tilka-pora qilinadi.

1917 yilgi surat: TASS

Nikolay II taxtdan voz kechganidan keyin hukumat tepasiga Vaqtli hukumat keldi. Askarlar va ishchilar siyosiy qarorlar – bularning ichida Rossiyaning urushdan chiqishi eng asosiylaridan biri - qabul qilinishida ishtirok etuvchi kengashlar tuza boshladi.

Sankt Peterburg

Marsov maydoni

1917
2017

Petrogradda 1917 yilning mayida bo‘lgan demonstratsiya. Rossiya o‘zini “dunyodagi eng erkin mamlakat” deb e’lon qildi. Ko‘chalarda namoyishlar tinmayotir.

1917 yilgi surat: Jamoatchilik mulki

V.I. Lenin. (Jamoatchilik mulki)

O‘sha kunlardagi muhim voqealardan biri Germaniyaning surgunda yurgan bir guruh rossiyalik revolyutsionerlar, shu jumladan, Leninni vataniga qaytarish qarori bo‘ldi. Rejaga ko‘ra, mabodo bu guruh hokimiyat tepasiga chiqa olmasa va Germaniya bilan sulhga erisha olmasa-da, mamlakatda Leninning bo‘lishi “o‘lat batsillasi”ning (Cherchil iborasi) tarqalishini ta’minlaydi va mamlakatda hukm surayotgan xaosni yanada chigallashtiradi.

Vaqtli hukumat nafaqat urushni davom ettirish, balki keng ko‘lamli hujumni uyushtirishga qaror qiladi va bu bilan xalqning noroziligini uyg‘otadi. Minglab odam hokimiyatni sovetlarga berish talabi bilan Petrograd ko‘chalariga chiqadi. Ammo, hukumat noroziliklarga qarshi tura oldi. Namoyishchilar ozchilik yetakchisi Chernovga qarata: “Hokimiyatni ol, zang‘arning o‘g‘li, agar senga shu kerak bo‘lsa!” deya baqirishardi.

В.И. Ленин. (Общественное достояние)

“Ozodlik yo‘lida germanizmga qarshi g‘alabaga qadar urush uchun”, “G‘alabasiz ozodlik yo‘q” va hokazo shiorlar ostidagi demonstratsiya. Ammo, iyun yurishi mag‘lubiyatga uchradi, harbiylar hayajoni so‘ndi.

1917 yilgi surat: Sputnik

Moskva

Qizil maydon

1917
2017

Ayollarni o‘lim bataloniga kuzatish marosimi. Bunaqa batalonlar armiyaning vatanparvarlik ruhini ko‘tarish va jang qilishdan voz kechgan erkak-askarlarni izza qilish uchun tuzilardi.

Qo‘shinlarni frontga tantanali jo‘natish marosimi. To‘ntarish armiyaning jangovor ruhini so‘ndirdi. Armiyadan qochishlar va norozilik buntlari kundalik voqeaga aylangandi. Qochoqlarni jazolashga uringan Vaqtli hukumat komissarini o‘lasi qilib kaltaklashdi. Iyul oyiga kelib tinchlikka erishish va xalq hokimiyatiga bo‘lgan umiddan asar ham qolmadi.

1917 yilgi surat: TASS

Sankt Peterburg

Nevskiy prospekti

1917
2017

Petrogradda bolsheviklar namoyishi.

1917 yilgi surat: Shutterstock

Sankt Peterburg

Nevskiy prospekti

Petrogradda bolsheviklar namoyish.

1917 yilgi surat: Shutterstock

Hokimiyatsiz qolgan bo‘shliqda Leninning bolsheviklari obro‘si to‘kilgan Vaqtli hukumatga muqobil real kuchga aylandi. “Non, tinchlik va yer” va’dasini askarlar va dengizchi matroslar quvvatladi, ularning miltiqlari tig‘i 1917 yilning yozgi xaosida yuzaga chiqqan hokimiyat uchun kurashda muhim rol o‘ynadi.

Sankt Peterburg

Qishki saroy

1917
2017

Bolsheviklar shturmidan bir necha kun avval Qishki saroydagi Vaqtli hukumatni qo‘riqlayotgan askarlar.

1917 yilgi surat: TASS

Iyuldagi tartibsizliklardan so‘ng Lenin Finlyandiyaga ketadi, ammo oktabrda hokimiyatni harbiy qo‘l bilan olish uchun Petrogradga qaytadi. Bolshevik targ‘ibotchilari yuzlab matros va askarlarning quvvatlovini qozonishga erishadi. Aslida, Oktabr to‘ntarishi davlat to‘ntarishi edi.

Sankt Peterburg

Isaakiyevskiy maydoni

1917
2017

Vaqtli hukumatga xayrixoh kazaklar tez orada g‘oyib bo‘ldi. Bu hukumatga tegishli muhim binolar va sanoat ob’ektlarini tez orada bolsheviklar egallab oladi.

1917 yilgi surat: Getty Images

Smolniy instituti

1917
2017

Uch askar Smolniy yo‘lini qo‘riqlamoqda. U yerda Oktabr to‘ntarishi shtabi joylashgan. 26 oktabr kuni Vaqtli hukumatning qochishga ulgurmagan a’zolari hibsga olindi. Ko‘chalar bolsheviklar nazoratiga o‘tmoqda.

1917 yilgi surat: Jamoatchilik mulki

Moskva

Gorkiy parki

1917
2017

Moskvada bolsheviklar qo‘shini. Noyabr oyi boshida shahar ularning nazoratiga o‘tadi.

1917 yilgi surat: Getty Images

Moskva

Gorkiy parki

Moskvada bolsheviklar qo‘shini. Nobyar oyi boshida shahar ularning nazoratiga o‘tadi.

1917 yilgi surat: Getty Images

Lenin hokimiyatga kelgach, va’da qilganidek mamlakatni urushdan chiqarayapti. Biroq, Brest-Litva kelishuv shartlariga muvofiq mamlakat Rossiya imperiyasi aholisining chorak qismi va sanoatining ham chorak qismidan ayrildi. Siyosiy kuchlarning sezilarli qismi Lenin va bolsheviklarga muxolif bo‘ldi.

Moskva

Teatralniy maydoni

1920
2017

Leninning Moskvadagi chiqishi. 1918 yilda to‘ntarish fuqarolik urushiga aylanib ketdi. Zo‘ravonliklar to‘lqini kuchayib bormoqda.

1920 yilgi surat: Jamoatchilik mulki

1918 yilning avgustida “Krasnaya gazeta” shunday yozdi:

“Shavfqatsizlarcha, ayamasdan o‘nlab, yuzlab dushmanlarimizni o‘ldiramiz. Ular minglab bo‘lsa-da, bo‘laversin. Ular o‘z qonlarida bo‘g‘ilib, o‘lsa ham mayli! Tabiiy emas, balki maxsus ommaviy qatliomlarni uyushtiramiz. Biz haqiqiy puldor-burjuylar va ularning malaylarini inidan chiqaramiz. O‘rtoq Uritskiy, jarohatlangan o‘rtoq Lenin, suiqasdga uchragan o‘rtoq Zinovyev, o‘chi olinmagan o‘rtoq Volodarskiy, Naximson, latishlar, matroslar uchun – burjuylar va ularning qullari qoni oqsin – qonlar daryo bo‘lsin!”