Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:27

Oq uy: Tramp Vyetnamda Putin bilan uchrashmaydi


Tramp prezident kursisiga o‘tirganidan beri ikki etakchi faqat bir marta - iyulda Germaniyada bo‘lib o‘tgan G20 sammitida yuzma-yuz uchrashgan edi.
Tramp prezident kursisiga o‘tirganidan beri ikki etakchi faqat bir marta - iyulda Germaniyada bo‘lib o‘tgan G20 sammitida yuzma-yuz uchrashgan edi.

Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitida ishtirok etayotgan AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashmaydi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders bildirdi.

- Putin bilan uchrashish masalasiga kelsak, uchrashuv o‘tkazishga kelishilgani yo‘q, - dedi Sanders.

Sanders ikki prezident Vьetnamning Danang shahrida yoki Filippinda o‘tkaziladigan yana bir hududiy konferentsiya davomida norasmiy uchrashuv o‘tkazishi mumkinligini aytdi.

Ammo 10 noyabr kuni Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov uchrashuv uyushtirish harakatlari davom etayotganini bildirdi.

Bir kun avval Peskov Danangda ikki prezident APEC sammiti davomida bir-biri bilan u yoki bu tarzda uchrashishini aytgan edi.

Hafta boshida Kreml rasmiylari Tramp va Putin uchrashishini aytgan, 9 noyabr kuni esa AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bu masalada hali bir qarorga kelinmaganini ta’kidlagan edi.

Tillerson ikki yetakchi bir-biri bilan yo‘liqsa, chekkaga chiqib uchrashuv o‘tkazishi ehtimoldan xoli ekanligini ta’kidladi.

Moskvaning Ukrainadagi agressiyasi va Kremlning 2016 yilgi AQSh prezidenti sayloviga aralashuvi tufayli Moskva va Vashington o‘rtasida aloqalar sovub ketgan.

Tramp prezident kursisiga o‘tirganidan beri ikki yetakchi faqat bir marta yuzma-yuz uchrashdi.

Iyul oyida Germaniyada bo‘lib o‘tgan G20 sammitida Tramp va Putin Rossiya saylovga aralashgani haqidagi ayblovlarni muhokama qilib, o‘tmish haqida bahslashish o‘rniga kelajakka e’tibor qaratishga kelishib olishgan edi.

Ammo bu uchrashuvdan keyin Moskvaning saylovga aralashuvi hamda Trampning Rossiya bilan kelishib olgani yoki yo‘qligi bo‘yicha bir necha tergov o‘tkazildi va ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar yanada taranglashdi. Putin Moskva saylovga aralashganini rad etib keladi. Tramp esa Rossiya bilan hamkorlik qilmaganini ta’kidlab keladi.

Avgust oyida Tramp Kongress bosimi ostida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytiruvchi qonunni imzoladi. Natijada Moskva AQShni Rossiyadagi elchixona va konsulliklaridagi xodimlari sonini ozaytirishga chaqirdi. Bunga javoban Vashington ham o‘xshash choralarni ko‘rdi.

Qolaversa, Kreml Ukrainaning Qrim mintaqasini anneksiya qilib olib, mamlakat sharqida rossiyaparast ayirmachilarni dastaklab kelmoqda hamda Suriya urushidagi roli tufayli Moskva va Vashington o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarga hali barham berilgani yo‘q.

5 noyabr kuni Tramp Osiyo tashrifi davomida Putin bilan uchrashishi mumkinligini aytgan edi. 7 noyabr kuni Peskov ikki yetakchi uchrashishi “ehtimoli katta” ekanligini bildirgan edi.

XS
SM
MD
LG