Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:59

Andijonlik o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi. U 7 yashar qizchaga jinsiy tajovuz qilganlikda gumonlanmoqda


Illyustrativ rasm
Illyustrativ rasm

Andijon viloyat, Bo‘z tumanidagi maktablardan birining 30 yashar musiqa o‘qituvchisi 15 dekabrda 1- sinf o‘quvchisini darsdan keyin olib qolib, unga jinsiy tajovuz qilganlikda gumon qilinib, tekshiruv boshlandi.

Andijon viloyat huquq-tartibot idoralaridagi mulozimning 27 dekabr kuni Ozodlikka ma’lum qilishicha¸ “tekshiruv doirasida Bo‘z tuman xalq ta’limi bo‘limiga yuborilgan talabnoma asosida gumonlanuvchi ishdan chetlatilgan”.

O‘tgan haftada bo‘lgan voqea 27 dekabrdan boshlab Andijon viloyat hokimining yoshlar siyosati va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Serobiddin Ismoilov tarafidan nazoratga olindi¸ dedi viloyat xalq ta’limi boshqarmasining Ozodlik suhbatlashgan mulozimi.

Nima bo‘lgan edi?

Andijon viloyat huquq-tartibot idoralaridagi mulozimning Ozodlik muxbiriga aytishicha¸ 15 dekabr kuni Bo‘z tuman IIB siga shu tumanda yashovchi otasi birinchi sinfda o‘qiydigan qizini etaklab kelib, maktab o‘qituvchisi qizimga tajovuz qildi, deya ariza yozgan:

- Ariza yuzasidan tezda operativ amaliyot va ekspertiza o‘tkazildi. Maktab o‘qituvchisi (ism-familiyasi Ozodlikda mavjud - tahr.) ustidan tergovgacha bo‘lgan nazorat-surishtiruv boshlandi. Qizning otasi o‘z arizasida maktabning musiqa o‘qituvchisi qizning ko‘zini bog‘lab qo‘yib oral seksga majburlagani va qizning ishtonini yechib badanini paypaslagani yuzasidan shikoyat qilgan¸ dedi huquq-tartibot idoralaridagi mulozim.

Uning qo‘shimcha qilishicha¸ gumon qilinuvchi O‘zbekiston JK 118-moddaning "d" qismi (14 yoshga to‘lmagan shahsning nomusga tegish) va 119-modda "d" qismi (14 yoshga to‘lmaganini bilib turib jinsiy ehtiyojini zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bo‘yicha ishni malakalash uchun ekspertiza o‘tkazilgan:

- Surishtiruv voyaga yetmaganlar bo‘yicha IIB inspektori¸ prokuratura vakillari ishtirokida o‘tkazilgani va ekspertiza qilingani uchun ish sal cho‘zildi. Gumonlanuvchi 48 soat hibsda saqlanib¸ tumannni tark etmaslik sharti bilan uyiga qo‘yvorildi. Ertaga surishtiruv qismi tugab jinoyat ishi ochiladi¸ dedi Andijon viloyat huquq-tartibot idoralaridagi mulozim.

Андижонлик ўқитувчи ишдан бўшатилди. У 7 яшар қизчага жинсий тажовуз қилганликда гумонланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:41 0:00
Бевосита линк

Musiqa o‘qituvchisining tumanni titratgan "fokus-mokusi"

Farzandi Bo‘z tumanidagi maktabda ta’lim oladigan andijonlik ota (jabrlanuvchi qiz maktabdoshining otasi) Ozodlik radiosiga “tumanni titratgan voqeani” aytib berdi:

- Maktabda ishlaydigan musiqa o‘qituvchisi 1-sinfda o‘qiydigan kizni xonasiga olib kirib, "fokus ko‘rsataymi", deb ko‘zini bog‘lab qizning og‘ziga iflos ishini qilgan. Yechintirib u yoq¸ bu yoqlarini ham ezib ko‘rgan. Qizcha uyiga kelib ko‘ngli aynib behuzur bo‘lgan. Ayasi so‘raganda, "domlamiz fokus ko‘rsataman, deb ko‘zimni bog‘lab, og‘zimga bir nima tiqdi, ishtonimi yechdi", deb aytgan. Hozir Bo‘z tumanida xamma shuni gapiryabdi¸ dedi bo‘zlik.

O‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Voqea haqida Ozodlikka 27 dekabr kuni izoh bergan Bo‘z tuman xalq ta’limi bo‘limi mulozimiga ko‘ra¸ o‘qituvchi ishdan bo‘shatilgan:

- IIB dan kelgan talabnoma asosida maktabning musiqa o‘qituvchisi ishdan bo‘shatildi. Shu bilan birgalikda o‘qituvchilarning ma’naviy tarbiyasi bo‘yicha tarbiyaviy ishlar olib borilmoqda¸ dedi mulozim.

Birinchi marta emas...

Andijon tumanlaridagi maktablarda voyaga yetmagan qizlarni zo‘rlash birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Andijon viloyat, Baliqchi tumanidagi maktablardan birida o‘qiydigan 5- sinf o‘quvchisini muqaddam sudlangan 36 yashar yigit zo‘rlagani haqida Ozodlik xabar bergan edi.

2015 yilda Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan 343-sonli bolalar bog‘chasining qorovuli, 22 yashar yigit bog‘cha tarbiyalanuvchisi bo‘lgan 6 yoshli o‘g‘il bolani zo‘rlaganligi voqeasi ham qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

XS
SM
MD
LG