Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:55

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida avtobus qatnovlari tiklanishi mumkin


Qirg‘iziston bilan O‘zbekiston o‘rtasida avtobus qatnovlarini tiklash borasida muzokaralar olib borilmoqda. Bu haqda Qirg‘iz Respublikasi hukumatining parlamentdagi vakili Ashirbek Temirbaev parlament majlisida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga qaraganda, Qirg‘iziston delegatsiyasining Toshkentga tashrifi doirasida 25 dekabr kuni O‘sh-Qo‘qon, O‘sh-Farg‘ona, O‘sh-Andijon, shuningdek, O‘zbekiston shaharlaridan Qirg‘izistonning Jalolobod va Qizilqiya shaharlariga avtobus qatnovlarni qayta tiklash masalasi muhokama qilindi. Tilga olingan yo‘nalishlarda Sovet davrida avtobus qatnovi mavjud edi.

Ashirbek Temirbaev shuningdek, bahor oylariga yaqin Toshkent-Bishkek-Baliqchi yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘l qatnovi ochilishini aytdi:

- Kelishuvlarga binoan, haftada bir marta O‘zbekiston temir yo‘llari poezdlari shu yo‘nalish bo‘yicha qatnaydi.

Bundan avval, 23 dekabrdan boshlab Air Manas kompaniyasi Bishkek-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha samolyot parvozlarini amalga oshira boshladi, samolyotlar haftada ikki marta parvoz qiladi. Shuningdek O‘sh-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ham parvozlar amalga oshirilmoqda.

XS
SM
MD
LG